ART-DURBIN
7 november 2025

7 noyabr – inqilobning unutilgan to‘yi

Inqilob bo‘lgan kun – 7 noyabr SSSRning eng asosiy bayrami edi.

Bugun O‘zbekistonda bu tantana mutlaqo unutilgan, ba'zi qari-qartanglargina arang eslaydigan sho‘ro bayrami.

Kalendarning qizilga bo‘yalgan kuni sifatida Sovet Ittifoqining boshqa bo‘lgalari 7 noyabr kuni dam olsa, O‘zbekistondagilar paraddan chiqib paxta terishga yo‘l oladigan kun edi.

Serxarajat bu bayram harbiy paradlar, sovet tizimi “mehnatkashlar”ining parad va namoyishlaridan tarkib topar edi.

Lenin haykali oldidan o‘tgan sobiq sovet fuqarolari “Yashasin sovet hukumati!” degan chaqiriqqa javoban “ura-a” deb baqiradigan kun edi.

7 noyabr bayrami millionlab pul, turli kasbu maslakdagi kishilarning zahmati va ko‘p kunlik repititsiyalardan iborat ma'raka edi.

Dabdabali va serchiqim paradlarga oshiq bo‘lish sovetlarga chor armiyasidan meros edi, desak yanglishmaymiz.

Graf Arakcheev davridagi harbiy shoular sovet paradlarining katta bobosi kabi tuyuladi.

Ko‘z-ko‘z qilish va mahobatning virtuoz cho‘qqisiga chiqarilgan bu xo‘jako‘rsin tadbir mehnatkashlarning ommaviy aroqxo‘rligi bilan tugaganini ko‘plar eslaydi.

Sovet davlati va shu kunlarda Rossiya armiyasi tashrif qog‘oziga aylantirilgan bu “bayram” bolshevizm sarqiti sifatida bugun ham yashamoqda.

Eltuz.com mushtariylariga 1966 yilda O‘zbekiston SSRning Buxoro shahrida 7 noyabr bayram qilinganiga oid tasvirlarni taqdim qilamiz.

Suratlar o‘sha kuni Buxoroni kezgan sayyoh N.Frensiz (N.Francis)ga oid.

Video: https://youtu.be/Y8zNU97sj-A

Akmal Rizaev,
o‘zbekistonlik muallif taxallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 may 2020
Bir manzara hech esimdan chiqmaydi. Adashmasam, 1996 yillar edi. O‘rda bozorida paypoq olaman deb, rastalar oralab yurgandim. Bir joyda ...
11 october 2025
Assalomu alaykum, Qudrat Bobojon! Omonmisiz? Uydagilaringiz yaxshimi, aka? Eskidan sizlarni kuzatib boraman, bilasiz… Men Ishtixon tumanida yashayman. 2021 yildan ...
19 january 2016
«Devona farishta», «Qo‘rg‘oshin» va «Jodugar» filmlarida o‘ynab tanilgan artist Otabek Musaev «O‘zbekkino» Milliy agentligi raisi etib tayinlandi. Bu haqda ...
17 december 2025
17 dekabrda qanday  olamshumul voqealar yuz bergan va qanday buyuk shaxslar tug‘ilgan? Bugun bu haqda eng qisqa satrlarda Eltuzning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...