Asosiy mavzular
14 april 2017

Karimov qamattirgan millioner qo‘shiq kuyladi (video)

Ko‘lankadagi o‘zbek millioneri 2010 yilda bir muddat qamalganidan keyin g‘oyib bo‘lgan «Paxtakor» futbol jamoasi va “Kapital-bank”ning sobiq egasi 51 yoshli Botir Rahimov kuylagan qo‘shiq Eltuz tasarrufiga kelib tushdi.

4 daqiqa davom etadigan va professsional ovoz ëzish studiyasida suratga olingan rolikda Gavana sigarasi chekaëtgan, “balzak” ëshidagi, soqoli qirilmagan ko‘zoynakli erkak (Botir Rahimov ekani ishoniladi) qog‘ozga qarab she'r o‘qiydi.

«Jonim, senga oshiqligimdan men yettinchi osmonda uchdim

Sen ham menga sodiqligingdan kerak bo‘lsa borimdan kechdim…,

Ana shundan keyin qo‘shiq boshlanadi.

Romantik sovg‘a?

Rolikni tomosha qilgan toshkentlik futbol sharxlovchisi va Rahimovni shaxsan taniydigan blogger xulosasiga ko‘ra, “Bu oddiy xoum video, ya'ni katta sahna muddaosidan xoli oddiy ko‘ngil hushidir”.

Bloggerning tag‘in aytishicha, bu video Rahimovning sevgilisi (balki turmush o‘rtog‘i) Diëra Usmonovaning tug‘ilgan kuniga atab ijro etilgan.

Klip oxirida 6 ëshlar atrofidagi qizaloqning “Onajon men va otam sizni sevamiz. Tug‘ilgan kun bilan” degan jumlasi ilova o‘laroq keladi.

Bu qizaloq 28 yoshli Diyora Usmanova (yoki Diyora Hoshimova)ning qizi ekanligi iddao qilinadi.

Yana iddao qilinishicha Diyora Usmonova O‘zbekiston prezidentining jiyanidir.

Uning xolasi Ziroatxon Maxmudovna Xoshimova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning rafiqasi ekanligi aytiladi.

Ayni paytda, Eltuz Diora Botirning xotini ekani haqidagi iddaolarning rasman tasdig‘iga ega emas.

Diëra Usmonova rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning jiyani 2013 yili avto avariyada halok bo‘lgan Bobur Usmonovning bevasidir.

Oddiy militsionerning sakkizta bolasidan biri bo‘lgan Botir Rahimov «Kapital bank», sug‘urta kompaniyasi, rangli metal qazib chiqaradigan konni ham o‘z ichiga olgan qator shirkatlardan iborat xoldingning sobiq egasidir.

“O‘zbekiston” mehmonxonasi, “Moya mechta” o‘simlik yog‘i va saryog‘, vino-aroq ishlab chiqaradigan zavodlar va Toshkentdagi qator restoranlarning ham Botir Rahimovga tegishliligi aytib kelinadi.

O‘tgan yili o‘lgan prezident Karimovning “O‘zbekistonda katta boylar bo‘lmaydi” degan baënoti ortidan, Rahimovning biznes imperiyasi ustidan chiziq tortilgan edi.

Botir Rahimov 2010 yil mart oyida “bir qator moliyaviy jinoyatlarni, daromadlarni yashirganlik va davlat byudjetiga soliqlarni to‘lamaganlik” aybi bilan O‘zbekiston MXX tergov hibsxonasiga qamab qo‘yilgandi.

Oradan ikki oy o‘tib u yetkazilgan zararni qoplash sharti bilan qamoqdan chiqarilgan.

2010 yil martida qamoqqa olingan Rahimovning keyinroq mamlakatni tark etgani aytiladi.

Bundan oldin uning ukasi Baxtiër Raximov Kuala Lumppurga qochgani aytilgan edi.

video: https://youtu.be/oowhC5Tl9es

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 april 2018
O‘zbekiston prezidentining diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonida soha rivojining ustuvor yo‘nalishlari xususida to‘xtalib o‘tilgan. Farmondan iqtibos: ...
30 december 2019
O‘zbekiston «Erk» Demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih 1991 yilning dekabrida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida qatnashgan edi. Ayni voqeagacha va ...
6 january 2020
O‘zbekiston “Erk” Demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih 1992 yilning 16 yanvarida poytaxtning Talabalar shaharchasida sodir bo‘lib isyon va undan ...
16 february 2019
Pul hamma narsani hal qiladi, deyishadi. Menimcha, siësat hamma narsani hal qiladi. Vaqtida berilgan va'da va odamlarni ishontirish san'ati. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...