Asosiy mavzular
11 november 2017

«Jasliq» mahkumining onasi o‘g‘lini BMT vakilidan yashirishganini aytmoqda

Jizzaxlik Mahkam Jo‘raeva 18 oktyabr kuni «Jasliq» qamoqxonasida jazo muddatini o‘tayotgan o‘g‘li Furqat Jo‘raevni ko‘rgani borganida uni BMTning inson huquqlari bo‘yicha vakili Ahmad Shahiddan yashirishganini eshitganini bildirdi.

Uning aytishicha, «Jasliq» koloniyasida bo‘lgan jami 19 nafar mahkum BMT komissiyasi kelishi arafasida Toshkentga etap qilingan.

Jizzaxlik 35 yoshli Furqat Jo‘raev 2015 yilning 3 sentyabr kuni viloyatning Paxtakor shahridagi bozor oldidan niqobli kimsalar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan edi.

Oradan bir kun o‘tgach esa uning do‘stlari Aramais Avakyan, Bektemir Umrzoqov, Akmal Matmurodov va Dilshod Alimov ham kuppa-kunduz kuni niqoblilar tomonidan o‘g‘irlangan va oradan 40 kun o‘tgach, bu beshovlonning Milliy xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hibsxonasida saqlanayotgani ma'lum bo‘lgandi.

Hibsga olinganlar qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Jinoyat kodeksining “Konstitutsion tuzumga tajovuz”, “Qo‘poruvchilik”, “Taqiqlangan tashkilotlar tuzish va ularga a'zolik” kabi og‘ir moddalari bilan sudga tortilgandi.

Sud majlislarida bu besh yigit ayblovlarni tan olmagan. Tergov davrida o‘ta noinsoniy qiynoqlarga tutilganliklarini bildirishgan. Sud ularni turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilgandi.

Mazkur ishning noinsoniy qiynoqlar bilan o‘tgan tergov jarayoni va adolatsiz mahkamasi “Aramais Avakyan ishi” nomi bilan Amerika va Yevropadagi yetakchi inson haqlari tashkilotlari va bir qator siyosatchilarning, shuningdek, dunyo armanlari xalqaro tashkilotlarining e'tiboriga tushdi.

12 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Furqat Jo‘raev 2016 yilning 9 aprelidan buyon O‘zbekistondagi eng og‘ir sharoitli “Jasliq” qamoqxonasida jazo muddatini o‘tayapti.

O‘g‘lining nohaq ayblanganligini isbotlash uchun ikki yil davomida harakat qilib kelayotgan ona uning «Jasliq» qamoqxonasida ham muttasil qiynoqqa solinganini aytadi.

Mahkam Jo‘raevaning so‘zlariga ko‘ra, qiynoqlar tufayli o‘g‘li jiddiy jismoniy jarohatlar olgan.

Mahkam Jo‘raeva qamoqdagi o‘g‘lining hayoti xavf ostida ekanini aytar ekan, videomurojaatida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevdan nohaq qamalganlar qatorida o‘g‘li Furqat Jo‘raevning ham ozod etilishini iltimos qiladi.

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 april 2018
9 aprel kuni feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘lgan, O‘zbekiston davlat bayrog‘i fonida to‘pponchani mushukka tirab turgan erkak fotosi mushuksevarlar ...
26 may 2020
Dissertatsiya qo‘lyozmasi toshqinda yaroqsiz holga kelganini iddao qilgan 28 yashar sirdaryolik Kamola Abrorxonovaga prezident topshirig‘i bilan doktorlik darajasi berildi. ...
26 january 2022
Xolli qabristonni o‘ychan qiëfada tark etdi. Bir chekim nosni til tagiga tashlab, o‘yga cho‘mgan xolda, shahar bo‘ylab moshinani boshqarib ...
3 may 2019
Ko‘rib turganingiz uy oddiy o‘zbek mulozimining uyi. Uy egasi davlatdan aniq summadagi maosh olgan va tijorat bilan  shug‘ullanishi qonunan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...