Asosiy mavzular
24 november 2017

Turkiyada yashagan o‘zbek yigiti xotinini o‘ldirib qochib ketdi (video)

Istanbul shahrida yashaëtgan O‘zbekiston vatandoshi 27 yoshli Ma'bud Nosirov xotini 25 yoshli Zarifa Shokirovani pichoqlab o‘ldirdi. Foto: hurriyet.com o‘ngdan Ma'bud Nosirov, Zarifa Shokirova, Nodir Aslanov.

Bu juftlikni taniganlardan birining «Eltuz» muxbiriga aytishicha, Ma'bud Nosirov bundan 5 yil oldin Istanbulga xotini bilan kelib, fabrikada ishlay boshlagan.

Qo‘shnilarining bildirishicha, bu oila ko‘chib kelganidaëq kunora janjallashgan.

Ma'bud Nosirov bir-ikki marta xotinini kaltaklaganida qo‘shnilar kelib ajratgani ma'lum.

Eridan bezgan Zarifa Shokirova Istanbulda tanishgan do‘stining (erkak kishi bo‘lgan) uyiga borib yashay boshlaganini aytadi bu juftlikni tanigan o‘zbekistonlik.

«Ma'bud Nosirov xotinini uyga qaytarish uchun unga telefon qila boshladi, ammo Zarifa telefonlarga javob bermadi. Ma'budning Nodir Aslanov degan do‘sti bor. Tez-tez ularning uyiga borib-kelib turar edi. Ma'bud shu do‘stini ishga solib, bir tuzoq qurdi. Rejaga ko‘ra, go‘ëki Ma'budning Nodirdan qarzi bo‘lgan. Nodir Zarifaga telefon qilib: «Eringdan oladiganim pulni sen olib, kam ko‘stingga ishlat», degan. Bu gapga ishongan Zarifa eriga telefon qilib, pulni olish uchun vaqt belgilaydi», deydi suhbatdosh.

Qotillikka rashk sababmi?

Hikoyaning qolganini mahalliy turk matbuoti bayon etadi. «Hurriyat» gazetasida ëzilishicha, Zarifa Shokirova Istanbulning Marmara dengizi sohilidagi ko‘rfazga o‘sha erkak do‘sti bilan kelib, eridan pul olmoqchi bo‘ladi. Pul berish o‘rniga eri uning badaniga to‘rt marta pichoq sanchadi. Chavaqlangan Zarifa voqea joyida o‘ladi.

Ma'bud Nosirov voqea joyidan qochadi. Jinoyatni tekshirgan turk politsiyasi Nosirovning o‘rtog‘i Nodir Aslanovni hibsga oladi.

Aslanov qotilning jinoiy sherigi sifatida ko‘rilmoqda.

Zarifa erining uyidan qochib ketganidan so‘ng birga yashagan erkak kim va uning keyingi taqdiri nima bo‘ldi, degan savolga javob yo‘q.

Turk politsiyasiga ko‘ra, o‘z xotinini o‘ldirgan Ma'bud Nosirov chet elga qochgan. Ayni paytda Nosirovning Rossiyada ëki O‘zbekistonda ekanligi taxmin qilinmoqda.

Nosirovga nisbatan xalqaro qidiruv e'lon qilingan.

Turk matbuotida O‘zbekiston vatandoshlarining fohishalik, diniy ekstremizm, terror va qotillik jinoyatlari figuranti bo‘laëtgani tez-tez tilga olinadi.

Video: https://youtu.be/EoBUGyiGtM0

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 may 2018
Mirziyoevga «O‘zbekiston qahramoni» unvoni berish haqida ijtimoiy portalga qo‘yilgan Ibrohim Norovning taklifini 14 may kuni birdaniga bir necha o‘zbek ...
29 december 2023
Yangi yil, Kelaver qanday kelsang ham, Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi. Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam, Yo‘qlab kelganingni ...
4 april 2018
Bog‘chadagi bolalarni urgani videosi tarqalgan, Jizzax shahrining «Navro‘z» nomli 39-bog‘cha tarbiyachisi 37 yashar Mohira Mamatqulova ishdan bo‘shatildi. Uch nafar ...
26 november 2018
Haqiqatdan ham, “Yaxshiga qilsang yaxshilik ham aytadur, ham qaytadur ,- deydi, “yomonga qilsang yaxshilik, na aytadur, na qaytadur” deyishadi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...