Asosiy mavzular
9 december 2017

Mirziëev: Men 10 ming mahkumni ozod qilmoqchi edim (Video)

Konstitutsiyaning 25 yilligiga bag‘ishlab 7 dekabr kuni qilgan chiqishida prezident Mirziyoev 2700 odamni avf qilganini bildirdi.

«Hozir 57 ming odamimiz qamoqlarda yotibdi. Men 10 ming odamni (avf qilishni) reja qiluvdim. Topolmadik», dedi u.

Ekstremizm tamg‘asi ostida qamalgan mahkumlar haqida gapirarkan, «adolatsiz qamoqqa tashlashganlari uchun ular adolatsiz xalqqa ham, adolatsiz jamiyatga ham dushman bo‘lishgan», dedi prezident.

«Kim u? Yomon yo‘lda yuribdi, ekstremist! Ekstremistni kim qilgan? Mahalla qilgan, qo‘shnilar qilgan, jamiyat qilgan, davlat qilgan…»

Avf qilinganlar to‘la oqlanishini ta'kidlarkan, kelgusi yildan qonunga bu yuzadan o‘zgarish kiritish haqida topshiriq berganini bildirdi.

«Bu tariximizda birinchi bor avf qabul qilinishi. Uni amnistiya bilan chalkashtirmaslik kerak», dedi u.

Prezident 17 ming odamdan 16 mingini qora ro‘yxatlardan o‘chirganini aytdi. Shuningdek, u jamiyatning ilmdan, ma'rifatdan, tarixdan uzoqlashgani bois bu kabi illatlar kelib chiqayotganini urg‘uladi:

«Bizda ekstremizm yo‘q deb aytish bilan uning yo‘q bo‘lishi o‘rtasida katta farq bor. Bizda katta fojea bor – o‘qimay qoldik biz!»

Video: https://youtu.be/9zOXS8sonkk

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 may 2017
Joriy yilning mart oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi (O‘zbekiston tarkibidagi respublika) 39 yoshli huquq himoyachisi A'zam Farmonovni ozodlikdan mahrum ...
23 march 2017
Prezidentning topshirig‘iga labbay deb javob berayotgan partiyalar deputatlari shu kunlarda tumanma-tuman chopib yuribdi. Bu partiyalarning nashrlari ham mazkur safarlar ...
15 february 2021
O‘sha qadim, qadim zamonlarda davlati boy, odamlari erkin, baquvvat, oilalari baxtiyor, adolat ustun bo‘lgan mamlakatga to‘satdan yov bostirib kelibdi. ...
11 june 2025
Toshkent shahri Chilonzor tumanida 33 yoshli sartarosh yigitga shilqimlik qilgan 41 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi. 2 iyun kuni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...