Asosiy mavzular
30 march 2018

Qizil daftar bilan urilgan bolakaylar videosi tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqda 30 mart kuni bog‘cha bolalarini urayotgan o‘zbek tarbiyachisi aks etgan navbatdagi video tarqaldi. «Eltuz» nashrining o‘rganishicha, bu muassasa Jizzax shahrining Zargarlik mahallasidagi «Navro‘z» nomli 39-bog‘cha bo‘lib, bolalarni urgan tarbiyachining ismi Mohiradir.

Feysbuk va instagram sahifalarida tarqalgan, «Eltuz» nashriga ham yetib kelgan videoda bog‘cha tarbiyachisi qo‘lidagi qalin qizil daftar bilan bolalarning yuziga, yelkasiga, ketiga uradi.

«O‘t joyingga!» degan tahdid bilan bolalarni urarkan, ayol chekkada o‘tirgan bolani qulog‘idan ushlab, xonaning boshqa burchagidagi kursigacha yetaklab olib boradi.

O‘zbekistondagi ta'lim-tarbiya muassasalaridagi bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabat aks etgan bu kabi videolar ilgari ham tarqalgandi.

Masalan, o‘tgan 2017 yilning 2 martida tarmoqda paydo bo‘lgan videoda qo‘liga katta pichoq ushlagan surxondaryolik bog‘cha tarbiyachisi yosh bolaning ishtonini yechib, uning «tilini va chukkini kesib olish» bilan tahdid qiladi.

Ushbu videodagi boshqa bir tarbiyachi ayol esa bu holni kulib kuzatib, bog‘chadagi holat haqida ota-onasiga gapirgan bolalarni jazolash uchun navbat bilan pichoq ko‘targan ayol oldiga olib keladi…

Keyinchalik «Eltuz»ga ma'lum bo‘lishicha, tahqirlangan bolalar duduq va siyg‘oq bo‘lib qolishgan.

O‘sha yilning 16 martida paydo bo‘lgan boshqa bir videoda esa Farg‘ona viloyatidagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining voyaga yetmagan bolalarni o‘quv quroli bilan urgani va haqoratlayotgani aks etgan.

Keyinchalik «Eltuz»ga bu videoni o‘sha sinfda amaliyot o‘tayotgan talaba suratga olib tarqatgani, o‘qituvchi ayolning «namunali darsi» barbod bo‘lgani bois o‘quvchilardan qasd olgani ma'lum bo‘lgan edi.

Bu videolar tarqalgach, bog‘cha bolalarini «pichoq» bilan qo‘rqitgan surxondaryolik tarbiyachi ayolga chora ko‘rildi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kitob bilan urgan farg‘onalik muallima ishdan haydaldi.

Voqealardan keyin ko‘p o‘tmay, 30 sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoev hatto Maktabgacha ta'lim vazirligini tuzish haqida alohida farmonni ham imzoladi.

Farmonga ko‘ra, bu vazirlik maktabgacha ta'lim sohasida raqobat muhitini yaratishi va mavjud boshqa ko‘plab muammolarni bartaraf qilishi kerak.

Biroq Jizzaxdagi bolalar bog‘chasidan olingan so‘nggi video O‘zbekiston ta'lim-tarbiya muassasalarida bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabat hamon eskicha davom etayotganini ko‘rsatmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 march 2019
Gulnora Karimovaning umumiy tartibdagi qamoqqa o‘tkazilishi va farzandlarining dunyoga sharmanda bo‘ldingiz deb jar solishi mavsum-mavsum bo‘lib davom etadigan serialni ...
10 january 2024
10 million dollarlik keys! Kuppa kunduzi toshkentlik boy otaning qizi va nevarasi o‘g‘irlab ketilib, ularning kallasi 10 million dollarga ...
15 october 2023
Qashqadaryolik 61 yoshdagi erkak jami 32 bosh echkiemarni tutib olib, ulardan 12 tasini so‘yib yegan. Qolgan 20 tasini keyinchalik ...
25 april 2018
Karimov davrida shahar chekkasiga chiqarib tashlangan Shomahmudovlar haykali yana eski joyiga qaytarilmoqda. Haykallar 9 may kuni «Istiqlol» (sobiq «Xalqlar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...