Catira
4 april 2018

O‘pishganlarni poylagan TV jurnalistlariga dakki berildi

3 aprel kuni O‘zbekiston Adliya vazirligi «Mening yurtim» telekanalini xalqaro va mahalliy qonunchilik me'yorlarini buzganligi haqida rasmiy ogohlantirdi.

Telekanalga dakki berilishiga 1 aprel kuni efirga uzatilgan, yoshlarning istirohat bog‘larida qo‘l ushlashib yurgani, o‘pishgani qoralangan «Yashirin kamera» ko‘rsatuvi sabab bo‘ldi.

O‘zbek jurnalistlarining o‘zini tutishi mashhur «Fleyta uchun unutilgan kuy» filmi qahramonlari harakatiga mengzaydi.

Ko‘rsatuvda odamlarning shaxsiy hayotiga daxl qilingani haqida «Eltuz» nashri 2 aprel kuni xabar bergan edi.

Adliya vazirligi boshqarmasining ijtimoiy tarmoq orqali «Eltuz» nashriga yetib kelgan xatida, jumladan, ko‘rsatuvda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 12-moddasi buzilgani qayd etiladi.

Ushbu norma, vazirlikka ko‘ra, respublika milliy qonunchiligiga to‘liq implementatsiya qilingan.

Shuningdek, maktubda Konstitutsiya bandlariga ko‘ra, «har kimning erkinlik va shaxsiy daxlsizligi, shaxsiy haëtiga aralashishdan himoyalanish huquqi kafolatlangani” ta'kidlanadi.

Telekanal rahbariyatiga “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun moddalariga asosan, «jismoniy shaxslarning roziligisiz ularning shaxsiy haëtiga taalluqli axborotdan foydalanilishi»ga yo‘l qo‘yilmasligi eslatiladi.

“Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun moddalariga ko‘ra, «shaxsning huquq va erkinliklarini hurmat qilish shart”ligi uqtiriladi.

Nodavlat radiotelekanallar xartiyasi va O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi axloq kodeksidan iqtibos keltirib, vazirlik «teleradioko‘rsatuvlarni ommaga uzatishda ruxsat etilgan chegarani va kasbiy etikani e'tiborga olishi» kerakligini jurnalistlarga eslatadi.

2 aprel kuni «Eltuz» nashri chop etgan maqolada «Yashirin kamera» ko‘rsatuvi boshlovchisining yoshlarga nisbatan harakati yuzasidan ijtimoiy tarmoq yuzerlari fikrlari yoritilgandi.

Ko‘rsatuvda uning boshlovchisi 22 yashar Badriddin Husniddinov yoshlar oldiga kamera bilan qo‘qqisdan borib so‘roqqa tutadi.

Toshkentlik bloger Xurshid Yo‘ldoshev va ijtimoiy tarmoqlarning boshqa yuzerlari «Eltuz» nashriga bergan izohlarida bu holatni shaxsiy hayotga aralashish deya baholashgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 june 2020
Farg‘ona viloyatida davlatga qarashli mol-mulkning talon-taroj qilinishi, ya'ni atayin arzon narxlarda xususiy qo‘llarga o‘tishida viloyat hokimi Shuhrat G‘anievning ham ...
4 june 2021
Surxonga nur yog‘di, jonlandi olam, Go‘yo farishtalar bo‘lganidek jam. Otamiz keladir mard tashlab qadam, Surxonga jannatdan shamol yeladi, Ey ...
10 august 2018
«Uchinchi zarbada og‘riqdan, boshqa og‘riqlarga qaraganda «farqli» og‘riqdan «voh!» deya o‘rnimdan sakrab turganimni o‘zim ham sezmay qolaman. Bu safargi ...
9 november 2021
O‘zbekiston rasmiylari mamlakatda afg‘on qochqinlari borligini rad etishmoqda. Huquq faollari esa, o‘z navbatida, ularning soni yuzlab ekanini aytishmoqda. Termiz ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...