Asosiy mavzular
20 april 2018

Chex politsiyasi o‘zbek UBER kirakashi faoliyatini to‘xtatdi

An'anaviy taksiga muqobil, oddiy kirakashlarga boyish imkonini beradigan Uber taksi xizmati shu kungacha dunëdagi minglab o‘zbeklarni badavlat qildi.

Shu bilan birga, biznesning bu turi bois ko‘ngilsizliklarga yo‘liqaëtgan o‘zbeklar ham talay.

Chexiya poytaxtida 100 dan ortiq o‘zbek Uber taksi haydaydi, shulardan biri 31 ëshli Haëtullo Boyboevdir. 19 aprel kuni Praga aeroportida politsiya uni to‘xtatib, xalqaro nusxadagi haydovchilik guvohnomang yo‘q, deb so‘roq qildi.

Boyboevning so‘zlariga ko‘ra, uning qo‘lida O‘zbekistonda berilgan haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan.

«Eltuz» muxbiri Praga politsiyasi bilan ham gaplashdi. Politsiya hodimiga ko‘ra, qonun xalqaro haydovchilik hujjatini talab qiladi.

Boyboev «Eltuz» muxbiri bilan suhbatida chex politsiyasi unga qo‘pol munosabatda bo‘lganini aytdi.

Biroq chex politsiyasi xodimining «Eltuz»ga bildirishicha, qo‘pol munosabatni Boyboevning o‘zi boshlagan va politsiyachilarga qarab baqirgan.

«Shunga qaramasdan, chex tilini bilmagani bois biz savollarimizga javob bera olmagan bu o‘zbek huquqbuzari bilan maksimium xushmuomala bo‘ldik, so‘roq paytida videokamera ishlab turgan, istasangiz ko‘rishingiz mumkin», dedi Pragadagi Vaslav Havel nomidagi aeroport politsiyasi xodimi.

Politsiyaning Uber taksichilariga bo‘lgan bunday munosabatiga yana bir sabab Chexiyada an'anaviy taksichilarning Uber kirakashlariga qarshi surunkali davom etayotgan noroziliklaridir.

Sal oldin raqobatga chiday olmagan mahalliy taksichilar Boyboevning mashinasi faralarini sindirishgan, shuningdek, unga tahdid ham qilishgandi. Haëtulla bagajida olib yuradigan yarim metrlik xanjari ërdamida tajovuzkorlarni haydaganini aytadi.

Boyboev unga solingan 2000 dollar miqdoridagi jarimani qanday to‘lashini bilmaydi, mashina esa unga Pragada yashaydigan asli buxorolik tadbirkor tarafidan ijaraga berilgan edi.

Biroq baribir u muammolarini hal qilib, chex tilini o‘rganib, chex guvohnomasini olib, Pragada Uber taksichilik qilmoqchi, chunki bundan-da serdaromad ishni ko‘rmagan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 december 2025
Jinoyatchi Akmal Shukurovni qamoqdan chiqarib yuborgan porakash sudyalarga xizmat tekshiruvi tayinlandi.
9 march 2018
O‘tgan o‘n besh kun ichida O‘zbekistonda Rashid Qodirovning hibsga olinishi ortidan prokuratura tizimidagi korruptsioner amaldorlarning birin-ketin ushlanishi kuzatildi. Jumladan, ...
10 august 2016
Mustaqillik kuni arafasida archalarning bo‘yalishi haqidagi navbatdagi rasmni eltuz.comga rassom Adolat yo‘lladi. Bunda quyoshda sarg‘ayib qurigan archani bo‘yayotgan farrosh ...
8 june 2021
Rassom Elsevar
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...