Asosiy mavzular
26 june 2018

Dilmurod Sayyid: Ayolim va qizim avtohalokati sabablari ochiqlansin

Huquq faoli Dilmurod Sayyid qamoqdaligida uni ko‘rishga borayotgan payti avtohalokatga uchragan qizi va rafiqasi ishi yuzasidan 25 iyul kuni bosh prokuror Otabek Murodovga ochiq xat yozdi.

«Men shikoyatimda beshta jihat haqida yozgandim: Avariyadan oldin prokuratura xodimlari tomonidan 5 yashar qizimga avariyadan oldin qilingan harakat, nimaga ularga chora ko‘rilmagan, ayolimga tegishli sim karta oradan ikki kun o‘tib, voqea joyidan 200 km naridagi «Dalnыy lager» degan joydan topilgan, ayolim olib kelayotgan hujjatlarning ko‘p qismi yo‘qolgan, keyin voqea sodir bo‘lgan joyda GAI xodimiman deya qo‘ng‘iroq qilgan shaxsning kimligiga aniqlik kiritilgan emas…», deydi Dilmurod Sayyid «Eltuz» nashriga bergan intervyusida.

Ochiq xatida u yaqinlarining sirli halokati yuzasidan prokuraturaga yo‘llagan shikoyatiga olgan javobidan qoniqmaganini bildirgan.

«Bu narsa yangi ish sifatida o‘rganilishi kerak edi. Ularning javob xatida go‘yo men ulardan tovon puli undirish haqida yozgan bo‘lib chiqyapman», deydi huquq faoli.

Fojea 2009 yilning 5 noyabrida yuz bergan. Qamoqdagi Dilmurod Sayyidni ko‘rgani ketayotgan yaqinlari o‘tirgan yengil avtomobilning yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi oqibatida rafiqasi Jumanova Barno va voyaga yetmagan qizi Saidova Ruhshona halok bo‘lgan edi.

«Masalan, men bu yerda uyushtirilgan degan fikrdan yiroqman, lekin ular uyushtirilmaganini ham isbot qilib bera olishmagan…», deydi huquq faoli «Eltuz» muxbiri bilan suhbatida.

Shuningdek, Dilmurod Sayyid bu xatni yoyinlashdan maqsadi prokuraturani yopiq qolayotgan ish tafsilotlarini ochiqlashga, qonunni hurmat qilishga chaqirishdan tashqari, voqeaga jamoatchilik e'tiborini qaratish ham ekanini aytadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 july 2018
64 yoshli sobiq siyosiy mahbus Muhammad Bekjon 16 iyul kuni AQShning Sietl shahrida oilasi, farzandlari va nabiralari bilan uchrashdi. ...
30 september 2016
Moskvadagi “Fuqaroviy ko‘mak” tashkiloti rahbari Bahrom Hamroevning Moskvadagi uyiga qo‘ng‘iroq qilgan eltuz.com nashri muxbiri, uning turmush o‘rtog‘i bilan gaplashib, ...
13 october 2015
Bugun internet sahifalarida nik ostiga yashirinib vohay o‘ldim deb zorlanaëtganlar o‘zgarish yo‘lida bir qadam tashlashga qo‘rqadilar. «Bundan ham ëmon ...
8 march 2019
​​Jallod deganda boshiga qop kiydirilib, kundaga qo‘yilgan kallani oybolta bilan chopadigan baquvvat odamni tushunishadi odatda. Lekin aslida vaziyat biroz ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...