Asosiy mavzular
3 july 2018

Garov evaziga Toshkentga qaytgan Bahromovlar DXX hibsxonasida qolishmoqda

Toshkent tumain hokimligi kafolati bilan Turkiyadan qaytgach, 26 iyunda hibsga olingan yirik tadbirkorlar Obid va Olim Bahromovlar Davlat xavfsizlik xizmatining «Gvardeyskiy»dagi hibsxonasida qolishmoqda.

Advokat Farhod Tursunovning «Eltuz»ga bildirishicha, 3 iyul kuni ham ahvol o‘zgarmagan va ularning oldiga yaqinlari qo‘yilmayapti.

«Kuniga ikki martadan prokuraturaga boryapman. Jinoyat ishi kelib tushgan, biroq tergovchi hali aniqlanmaganmish», deydi Tursunov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mijozi oldiga hamon na uni, na qarindoshlarini qo‘yishayotgani yo‘q. So‘nggi bor Bahromovlarga uning yaqinlari faqat «peredacha» – kiyim-bosh va oziq-ovqat kiritishga muvaffaq bo‘lishgan.

Tursunovga ko‘ra, Bahromovlarning qamoq jazosi garov to‘lash sharti bilan almashtirilganidan keyingina ular 7 iyun kuni Toshkentga qaytishgan edi.

Biroq dastlab ish prokuraturaga oshirilgan, keyin tag‘in Davlat xavfsizlik xizmati tergovchilariga qaytarilgan.

Undan keyin esa DXX xavfsizlik chorasi sifatida ularni hibsga olishga qaror bergan.

Kriminal doiralarda «Obid karam» va «Obid vagon» nomini olgan Obid Bahromovning Xusan Moskovskiy (Husan Ziyomuhammedov)ning sherigi ekani aytiladi.

Biroq Bahromovlar bilan birga ishlagan yaqin qarindoshlari «Eltuz» muxbiriga bu gaplar xavfsizlik xizmati o‘ylab topgan tuhmat ekanini aytdi.

Ularning aytishicha, Bahromovlarning kenjasi Ravshan 2015 yili 17 yilga qamalganidan so‘ng akalari qochishga majbur bo‘lishgan edi.

2018 yilning martida prezidentning biznesmenlarni vatanga qaytarish haqidagi gaplari ularni Toshkent tumani hokimligi kafolatini olish uchun harakat qilishlariga undagan.

Ayni paytda Bahromovlar noqonuniy valyuta ayirboshlash, soliqdan qochish, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, pora berish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi jinoyatlarda ayblanib, 15 yilga qamalishlari mumkin.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 october 2017
9 oktyabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Tanzila Norboeva, (foto: chapdagi rasm) nuz.uz nashri orqali bergan bayonotida tibbiyot xodimlarini ...
15 october 2015
Bundan bir qancha muddat avval Farg‘ona viloyatiga bosh vazir kelishi munosabati bilan paxta dalalarida terilgan paxta qayta chanoqlarga yopishtirib ...
29 november 2017
Ijtimoiy tarmoqda «boshqa dinga kirdi» deya xotinini pichoqlagan o‘zbek zaharxanda qilingan memlar paydo bo‘ldi. Qozog‘istonning Sayram tumanida yashovchi 34 ...
23 february 2018
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xodimi 23 fevral kuni telefonda «Eltuz» muxbiriga sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovning hibsga olinmaganini, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...