Asosiy mavzular
17 january 2019

DXX kirdikorlari haqidagi iddaolar

DXX rahbari Ixtiyor Abdullaev, sobiq KGB mulozimlari bilan prezident Mirziyoev o‘rtasida tobora avj olgan ko‘rpaosti urushiga oid ushbu videodagi faktlar «Eltuz» nashriga Davlat xavfsizlik xizmatida ishlovchi alohida ikkita manbadan kelib tushdi. 

11 yanvar kuni yetib kelgan ma'lumotlarga va «Eltuz» nashrining o‘z ismlarini ochiqlamaslikni lozim ko‘rgan DXX xodimlari bilan yozishmalariga ko‘ra, o‘tgan oy oxirida prezident Mirziyoev ortidan kuzatuv o‘rnatgan DXX raisining birinchi o‘rinbosari 46 yoshli Jahongir Egamov va xavfsizlik xizmatining bu ishga aloqador yana besh nafar mulozimi hibsga olingan.

Ular orasida DXX Tergov boshqarmasi boshlig‘i Abror Abdullaev va DXX sirtqi nazorat tezkor xodimi Botir Hakimov ham bor.

Xavfsizlik xizmati mulozimlarining qamoqqa olinishiga Mirziyoev ortidan kuzatuv guruhi tashkil etilgani, shuningdek, ularning yirik miqdorda korruptsiyaga va qarindosh-aymoqchilikka yo‘l qo‘yishgani iddao qilinmoqda.

DXX tekshiruv bo‘limi xodimi yetkazgan ma'lumotga ko‘ra, tergov ishini DXXning Ichki xavfsizlik va shaxsiy tarkib faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Mirziyoev olib borayotir.

Ayni iddaolar yuzasidan «Eltuz» hozircha rasmiylar izohini ololgani yo‘q. Biroq bu faktlarning jamoatchilik uchun ochiqlanishi muhimligini e'tiborga olib, «Eltuz» olingan ma'lumotlarni nashr etishga va film tarzida taqdim etishga qaror qildi. Tahririyat muqobil ma'lumotlarni taqdim eta oladiganlar bilan ham gaplashishga tayyor.

Video: https://youtu.be/C3nkHsS1pb8

Tag‘in o‘qing
4 december 2025
Tarkovskiyning «Stalker» degan kinosi bor. Kino maxsus zona tunnelidan o‘tgan odamning tilagi ijobat bo‘lishidan bahs qiladi. Kino qahramoni tunneldan ...
13 october 2020
3 oktyabrda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani “Yangi hayot” mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligi rahbari J.N. ishchisi S.Sh.ni sazoyi qilib, ...
31 march 2017
Amnesty International tashkiloti 31 mart kuni «Qayda bo‘lma biz seni topamiz» deya nomlangan hisobotini chop qildi. Ayni hisobotida, inson ...
7 may 2019
O‘zbek tiliga kirib kelgan yana bir duragay so‘z ijtimoiy tarmoq yuzerlari tanqidiga nishon bo‘ldi. Feysbuk tarmog‘iga qo‘yilgan oddiy chinni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...