Asosiy mavzular
19 february 2019

“Biz qo‘ylar podasi emasmiz!”

Bu gap poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi rus tilli aholining Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev bilan 18 fevral kungi uchrashuvi paytida aytildi.

600 kishi qatnashgan majlis ishtirokchilari shahar markazidagi qadimiy g‘ishtin uylar buzilib, o‘rniga Mirzo Ulugbek City qurilishi rejasini qattiq tanqid qilishdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchilardan biri bo‘lgan keksa aël «Toshkentning tarixiy qiëfasini qandaydir takasaltang tujjorlaru bir soatlik xalifalar pul sug‘urish maqsadida buzmasin!» deya hayqirdi.

«Bizning dardimiz umumiy — biz o‘z Toshkentimiz tarixi saqlanishini xohlaymiz… Biz Ts-2da yashaymiz va biz tumanimizni saqlab qolishni istaymiz. Biz uchun bizning konservatoriyamiz, 50-maktab, o‘ta sifatli qurilgan uylar qadrli. Biz ahmoq emasmiz. Bizni tinglashingizni istaymiz», — deya xitob qildi ayol.

Yig‘ilishda toshkentliklar orasida “Akfaboy Joxa” deya nom chiqargan va yaqinda u haqda e'lon qilingan maqolaga ishonilsa, o‘rta ma'lumoti ham bo‘lmagan Toshkent hokimi, senator Jahongir Ortiqxo‘jaev so‘z oldi.

“Mirzo Ulugbek Business City rejasiga kirgan hududda joylashgan uy egalarining roziligisiz hech kim binolarni buzmaydi”, dedi hokim.

Ayni paytda shahar rahbari bu hududning buzilish istiqbolini ham yashirmadi.

«Agar buziladigan bo‘lsa, u holda biz sizning tumaningizga katta majmuani joylashtirish niyatidamiz, u yerda hokimlik va sarmoyadorlarning vakillari ofisi ishlaydi. Siz ular bilan individual tartibda uchrashishingiz va tushuncha olishingiz mumkin. Siz nimani istaysiz, derazangiz qay tomonga qarasin, qaysi qavatdan bo‘lsin, qancha farzandingiz bor, qanday yashashni istaysiz, hovlingizda hovuz bo‘lishini istaysizmi? Har bir odam bilan alohida, uning manfaatlaridan kelib chiqib kelishiladi. Ular ish rejasi tuzishadi. Agar siz rozi bo‘lsangiz, albatta. Shunchaki hech kim buzmaydi ilgarigidek», —deya go‘zal va'da berdi Jahongir Ortiqxo‘jaev.

Yig‘ilish so‘nggida qatnashchilar hokimning “Uylaringizga sizning ruxsatingizsiz hech kim tegmaydi», degan so‘zlarini chapaklar bilan qarshiladi.

Video: https://youtu.be/U9sx3xaixdI

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 january 2018
O‘zbek muxolifati lideri, “Erk” demokratik partiyasi raisi Muhammad Solih “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda MXX raisining lavozimidan ketishini “O‘zbek xalqi ...
9 november 2023
Izboskan tumani Andijon viloyati tarkibida ta'sis etilganiga 97 yil bo‘lgan. Ammo, Eltuz suhbatlashgan izboskanliklar, tuman tarixida biron hokim Serobiddin ...
18 june 2018
Joriy oy so‘nggida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (O‘YoI)ning navbatdagi qurultoyi bo‘lib o‘tadi va unda mazkur tashkilot rahbari, prezidentning yoshlar siyosati ...
20 january 2026
Falastinlik qochqinlarini olib kelib O‘zbekistonning chekka qishlog‘iga joylashtirishibdi. Oradan hafta o‘tib, BMT vakillari ahvolni tekshirgani kelishsa: «Bizni orqaga qaytaringlar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...