Asosiy mavzular
8 april 2019

Sudda Shuhrat Dombrabadskiyga o‘n yil jazo so‘raldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudining yopiq majlisida o‘tgan asrning 90-yillarda Shuhrat Dombrabadskiy nomi bilan tanilgan 62 yashar avtoritet Shuhratilla Nosirov va uning Rossiya vatandoshi bo‘lgan akasi 63 yashar Shavkat Nosirov ustidan sud muzokaralari yakunlandi va ularga 8 aprelga belgilangan sud majlisidan so‘ng uzoq muddatli jazo hukmi o‘qilishi kutilmoqda.

Shuhratilla Nosirovning «Eltuz» muxbiriga intervyu bergan, bugungi kunda Shvetsiyaning Stokgolm shahrida yashayotgan jiyani va ayni paytda kelini Shahnoza Nosirova bundan ilgari 23 yildan ortiq qamoqda o‘tirib chiqqan qaynotasining yana bir bor uzoq muddatga qamalishini adolatsizlik, deya baholaydi.

«2018 yilning iyunida adamiz ro‘zador, og‘izochar berayotgan edik. Birdan chiroq o‘chdi. DXXning 15 tacha jangchisi bostirib kirib, adam va amakimning qo‘lini qayirib, kishan solib olib ketishdi. Dod-voy bo‘lib ketdi. Shu tomoshani ko‘rsatib, tag‘in uyimizda pishayotgan kaboblarni yeyishdi», deya eslaydi qanotasi va amakisining hibsga olinishi voqeasini Shahnoza Nosirova.

Toshkentda yopiq o‘tayotgan sudda aka-uka Shuhratilla va Shavkat Nosirovlar Jinoyat kodeksining 145, 165, 227 va 228-moddalari – vijdon erkinligini buzish, tovlamachilik, hujjatlarni soxtalashtirish kabi qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanishmoqda.

Nosirovlarning qamalishidan ko‘p o‘tmay, 2018 yilning 1 iyulida «O‘zbekiston-24» kanali ularni masjidni o‘zlashtirishga urinishda ayblab «Manmanlikning oxirgi bekati» filmini namoyish qildi. Shahnoza Nosirovaga ko‘ra, bu ko‘rsatuv respublika televideniesi tomonidan qaynotasiga nisbatan aybsizlik prezumptsiyasining yaqqol buzilishidir.

Boshqa bir epizodga ko‘ra, ishning sudga oshirilishiga Shuhratilla Nosirovning xolavachchasi Bahodir Sharopov bilan uy-joy mojarosi va uning bu yuzadan da'vosi sabab bo‘lgan.

Shahnoza Nosirovaning bildirishicha, qaynotasining akasi, asli Polshada tug‘ilgan, bir vaqtlar Rossiya deputati bo‘lgan, hozirgi kunda moskvalik tadbirkor, «Dialektik» shirkati rahbari, Rossiya vatandoshi Shavkat Nosirovga 9 oy tergov davomida qiynoqlar qo‘llanilgan va undan 20 ming dollar pora talab qilishgan.

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi attashesi K.Afanasev imzolagan, 2018 yilning 26 yanvarida yo‘llangan maktubda elchixona o‘z vatandoshining qamoqqa olinishi, sud yopiq eshiklar ortida o‘tayotgani yuzasidan tashvishlanib, nota tayyolaganini ma'lum qilingan edi.

Shuhrat Dombrabadskiy ilk bor 1993 yili bosqinchilikda ayblanib, bir nechta muddatni cho‘zishlar bilan umumiy 23,5 yil qamoqda o‘tirib, 2016 yilning 18 avgustida muddati tugagani bois ozod etilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 june 2018
Respublika prokuraturasida o‘tgan 5 iyun kungi brifingda sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ortidan 21 shaxs hibsga ...
29 january 2026
Stokgolmdagi ABBA muzeyi — bu shunchaki an'anaviy eksponatlar to‘plami emas, balki musiqa, texnologiya va nostalgiya uyg‘unlashgan interaktiv sayohatdir. 2013 ...
19 september 2016
«XXI asr» gazetasi (17.09.2016) Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal demokratik partiyasidan bo‘lajak davlat rahbari sayloviga vaqtinchalik prezident ...
14 february 2019
O‘zbekistonning birinchi prezidenti marhum Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimov Instagram sahifasida onasiga bosim o‘tkazilayotgani, shifokorlar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...