Catira
12 april 2019

RTdan va'z: Bizning takyadagi o‘zbeklar

Bugungi kunda O‘zbekistonda bir-biriga potentsial dushman bo‘lgan va bir-birini shantaj qilishga tayër 33 million odam bor degim keladi.

O‘zini do‘st atagan kimsa ham siz bilan telefonda gaplashsa, albatta ëzib oladi. Mecsenjer ëzishmalari va SMSlarni skrin qilib qo‘yadi.
Mabodo telefoningiz birovning qo‘liga tushib qolsa, o‘sha birov jigaringiz bo‘lsa ham ichidagi sizga qarshi ishlatish ehtimoli bo‘lgan rasm va infolarni kopiya qilib o‘ziga o‘tkazib qo‘yadi.

Aka ukaga, kelin qaynonaga, er o‘z xotiniga, do‘st do‘stiga qarshi chaquv yig‘adi.

Maktab bolasi ham o‘qituvchi koyiganini telefoniga ëzib oladi. Uchrashuvga chiqqan qiz ham, sovchilikka borgan xolalar ham tinimsiz bir-birini «zapis» qiladi.

Ba'zi xotinlar esa to‘shakda eriga berganini telefonga olib qo‘yadi.
«Skrinlarni» yuboraymi», deb shantaj ohangida gapirish bularning qon-qoniga singib ketgan.

Odatda urush bo‘laëtgan paytda shunaqaga yaqin holatlar kuzatilgan. O‘zbekistonda urush bo‘laëtgani yo‘q-ku!

Nega hamma bir-biroviga choh qaziydi? Shu gaplarni mushohada qilib tursam, telefonim ting‘illab, «maktub keldi», dedi.

Oldingi safar maktub o‘qiganim odamlarga ëqibdi. Maktubni Moskvada ishlaydigan asli samarqandalik akamiz ëzibdilar. Bu aka prorabmi ëki ish tarqatuvchimi degan kasbda ishlarkan.

Firmalardan ish buyurtmasi olib, ishchilarga bajartirarkan. Menejer deydi buni hozir.

Xullas, shu yigit o‘zbeklardan gina qilib ëzibdi. Ëzganingiznio‘qib beraymi», desam, «Faqat anavi so‘kkan joylarimni bermang», deb o‘tindi menejer brat.

Mana o‘sha xat.

«Bizda farrosh bo‘lib ishlaydigan xotinlardan biri SPID bilan kasallanib, g‘ing demay urdirib yuravergan ekan erkaklarga.

Bir firmada ovqatdan zaharlanib, bir-ikkita bola o‘lganini o‘qigan bo‘lsangiz kerak.

O‘shanda «Rospotrebnadzor» hamma stroykalarni bosdi va stolovoylarimizdan ayb topib, 90 kunga pechatlab ketishdi va ishlaydigan ishchilarning hammasi tibbiy ko‘rikdan o‘tishini talab qilishdi.

Shu bilan haligi xotinning kasali jart etib o‘rtaga chiqib qoldi. Men uni o‘sha kuniyoq ishdan haydadim va boshqa farroshlarning oldida achchiq ustida: «16 kishi bitta uyda yashaganingdan keyin har balo bo‘lishing mumkin», dedim. Moskvada aksariyat o‘zbeklar rezinovaya kvartiralarda 20 kishidan turib oladi.

Qaysidir o‘zbek 2 xonali kvartirani 30 mingga arendovat qilib, 5000 odam boshi olaveradi, yotsa bo‘ladigan joy yetmay qolgunicha. Buni haligi fohishaga yetkazishgan va u menga tahdid qilishni boshladi telefonda.

Orqamdan 4 ta barzangini meni urdirish uchun jo‘natibdi. Men haligi barzangilarning oldiga chiqib, mendan uzoqroq turib gaplashinglar,dedim va haligi xotinning SPID bo‘lganini aytuvdim, nimaga kelishganiniyam esidan chiqarib qo‘yib, bir-biriga mulzam qarab qolishdi va chichib qo‘ygan boladay orqasiga qarab surishdi g‘o‘ldiraganlaricha… Anovi xotindan esa qaytib telefon kelmadi mengayam.

Bundan battar istoriyalar ham bor hali. Lekin bu voqealar davom etayapti. Yozib bulmaydi. Bandit bular».

«Bu enangdi eshak quvalagur o‘g‘rilarni nima qilish kerag-a, rassom og‘a», deya menejer akamiz hasratidan chang chiqadi. Uning ëzishicha, o‘zbeklar nuqul o‘g‘irlayverar ekan, kerakmas narsalarni ham.

Maktubning davomini o‘qisak:

«4 ta bolani bir skladga olib borib, mana shu xonani obdon musordan tozalanglar deb tashlab yuborish kerak bo‘lgan narsalarni bittalab ko‘rsatib, ataylab tayinladim. «Paketlangan hech narsaga qo‘llaringni tekkizmanglar!» deb.

Tayinlashimga karamasdan, 4 ta svetilnikni o‘g‘irlab ketibdi itdan tarqaganlar. Tayin-tayin aytdim bo‘lmasa, «Teginmanglar!» deb.

Kamiga, qolgan korobkalarniyam bittalab kesib, ochib ko‘rganiga nima deysiz endi…

Bir xabar olganimda, telefondan «xashr» surasini baland qilib qo‘yib olib, eshitib o‘tirishgan edi. Bu qanday musulmonlik bo‘ldi?

Ha, bular o‘g‘rilik qilmaydi, deb keskin fikrga kelibman, men ahmoq.

Bularning hammasi 94-97 yillar orasi tug‘ilgan bolalar. Hali go‘dak. O‘g‘rilik qachon bularning qoniga kirib ulgurdi, bular nimaga bunaqa och? Oladigan puli yomon pul ham emas, qiladigan ishi uchun 6 soatga 25 dollar oldi-ketdi. Kechga kelib qarasam, mana shu ahvol. He, enalarini eshshak quvalasin, bu o‘g‘ri millat, qaysi millat bo‘lsayam.

Agar shular o‘zbek bo‘lsa, men o‘zbek emasman, agar shular inson bo‘lsa, men hayvonman. Ming la'nat bu marazlarning ota-onasiga, malimlariga, mahallaqo‘miyu og‘ayni, qarindosh urug‘iga.

4 ta svetilnikni men shu firmaning o‘ziga qaytadan oldiraman. Uzr so‘rab, ofitsialnыy pismo yozaman firmaning kattalariga. Ular oladi yetmaganini. Hech narsamas ularga. Lekin men o‘z ishini bajara olmaydigan, ehtiyotsiz xodim bo‘lib ko‘rinaman baribir. Balki o‘shalarga sherik deb ham o‘ylashar.

Bu gostinitsaning tualetlarida patalo‘kka bog‘lanadigan svetilnik. Tualetning dizayniga moslab tanlangan. Patalok va devorlarning rangiga moslab tanlangan. Xiraroq, oydinlatma berib turadi. Buni bu tupoylar qaeriga iladi ekan endi? Og‘iliga oborib osadimikan yo darvozaxonasiga iladimikan? Uyiga kelganlarga ko‘rsatib, Rossiyadan mana shuuunchaga olib kelganman, deb maqtansayam kerak hali…»

Xullas, Moskvada menejerlik qiladigan o‘zbek akamizning dardi-hasrati edi bu. Eh, tuyadan so‘rabdirlar nega bo‘yning egri deb. Tuya esa qaerim to‘g‘ri, deb javob beribdi.

Dunë olimlari rasadxona minorasi durbinlaridan falaklarga boqib, koinot tuynugini kashf qilib turg‘an bir paytda bizning takyadagi chilimxo‘rlar «avqotmi bu, atalami bu» deya tortishmoqda. Bular sog‘ bo‘lsalar, Vyatkin qazib topgan Ulug‘bek madrasasini yana qaytadan ko‘madirg‘on to‘da urchitib berodurlar.

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Video: https://youtu.be/XqHP4CUjD6U

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 february 2017
O‘zbekistonning ikkinchi prezdenti Shavkat Mirziyoev, 30 yanvarida davlatning buyuk raxbari Islom Karimov tug‘ilgan kunini nishonlash haqida qaror imzoladi. Afsuski, ...
7 june 2018
Uchko‘prik tumani hokimligi majlislar zalida Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti Svetlana Yegorova ishtirokida majburiy mehnatning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening ...
27 march 2017
O‘zbekistonda shu paytgacha ko‘klarga ko‘tarilib maqtalib kelingan ta'lim tizimining asl ahvoli to‘g‘risida achchiq haqiqatlar oshkor bo‘layotgani, ommaviiy axborot vositalarida ...
14 december 2025
Mashhur o‘zbek satira ustasi, aktyor Obid Asomov 2018 yilning 14 dekabr kuni Toshkent shahrida 55 yoshida olamdan o‘tdi. Karimov ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...