Asosiy mavzular
31 may 2019

RTdan va'z: Faqat xotinlar qolgan davlat

Prezident Shavkat Mirziëev Andijonga borganida televizorda uni nuqul aëllar o‘rab olgani ko‘rindi. «Besh bolam bor, uy bering» degan ham, «ikkita bolasini yetalab ko‘chada qoldim» degan ham, televizor orqali «uy oldim» deb sevingan va prezident ketganidan keyin teshik tog‘ora oldida qolgan ham aël.

Erkaklar qani bu mamlakatda? Odamlar o‘g‘il ko‘rsam, deb orzu qiladigan mamlakatning qaeriga qarama, aëllar, kampiru juvonlar.

Hokimlik oldini qamal qilib haqini so‘raëtgan ham, qora bozorda dollar sotaëtgan ham aël.

Ayni paytda qizi bor o‘zbek undan tezroq «qutulsam» deb orzu qiladi. Qiz bola xuddi qutulish zarur bo‘lgan og‘ir yukday.

Qizlar esa tezroq erga tegib, borgan joyida tosh bo‘lsam, deydi. Ammo daraxtni tepsang, qiz ëg‘ilsa ham tuzukroq er yo‘q.

Erkaklarning bir qismi Suriyaga ketib, o‘zini portillatib yuborgan bo‘lsa, qolgani Rossiyada SPID va sifilisdan qirilib ketdi.

Boy xotinga uylanib, «xotinining ketidan kun ko‘radigan» toifa bor-u, ammo bu alfons hojilar boy qizlarnigina ov qilishadi.

Shu ramazon kunlarida sovchi xolalar qizlarni erga berishning samarali usulini joriy qilishdi. Demak, siz «qiz»siz. Erga tegmasdan «uyda o‘tirib» pirduxtar bo‘lish tahlikasi bor, xudo ko‘rsatmasin.

Marketing tili bilan aytsak, siz tovarsiz, er esa iste'molchi. Har qanday tovar o‘z segmentiga reklama qilinadi. 

Reklama iste'molchi talabi asosida shakllanadi. Bugungi o‘zbek iste'molchisi uchun kelin degan tovarning «halol» degan tamg‘a urilgani kerak. Halol kolbasa kabi. 

«Muslima» kelin qilishni lyuboy drakon qaynona xohlaydi. Shu talabdan kelib chiqib, birinchi tryukni amalga oshiramiz.

Demak, siz «muslima » qiëfasiga kirasiz. Ro‘molni turkcha o‘raysiz. Qoshni dubaycha, kiprikni saudiyacha qilib qayirasiz. Ëningizga bir Sottiga o‘xshash xunuk va qaqildoq dugonani olib, boylar iftor qiladigan restoranga borasiz.

Iftor paytida past (ammo 10 metrdan eshitiladigan) mazoxist ovoz bilan qur'on tilovat qilasiz. Iftorda o‘tirgan potentsial qaynona sizni payqab, «voy shu qizni kelin qilsam», deydi. O‘shanda ëningizdagi Sottixon yugurib borib potentsial qaynona (ëki er)ga telefoningizni beradi. U ëg‘i oddiy marketing. Tovar o‘z egasini topadi. Teshik munchoq haqidagi maqol aytiladi shu yerda.

Ro‘zadan keyin to‘y mavsumi boshlanadi. Tak chto‘, mendan aytish pirduxtarlar. Shu o‘rinda yana bir gap. O‘zbekistonda aël va erkakning huquqi teng. Erkaklarning ham boy qizga uylanish huquqi bor¸
Nega qizlar oq «Bentli»da yuradigan milliarder boyga erga tegsa aybmas-u, ammo oltiariqlik kambag‘alning qashshoq o‘g‘li boy xotinga uylanib qaddimni ko‘tarib olay desa ayb?

Nega bu haqsizlik? Qashshoq bilan qashshoq qo‘shilsa, ulardan tug‘iladigan bolalar yemay-ichmay, yaxshi kiyinmay, o‘qimay, chuvrindi bo‘ladi. Suvga suvni qo‘shsangiz, suv bo‘ladi. Qatiqqa suv qo‘shsangiz, ayron bo‘ladi.

Yana bir o‘ylab ko‘raylik, azizlar, bizning chmo, urod, yaxshi yemay, oriqlab ketgan, ko‘chadagi viveskani ham o‘qiëlmaydigan darajada savodsiz, eshshakdan boshqa bilan ishqiy praktikasi bo‘lmagan yigitlarimizni boy qizlar shatakka olib botqoqdan chiqarsa, nimayam qilamiz. Bu haëtda kimdir pritsep, kimdir jip moshin. Sudrasin bir-birini.

Nima deysizlar, bekajon boy xotinlar? Ro‘za oyidagi marhamat va himmatning hikmati bisërdur.

O‘zbekistonda 95 foiz musulmon yashaydi, deyiladi. Moshalloh. Demak, ramazon oyida o‘g‘irlik, qotillik, bola sotish kabi jinoyatlar kamayishi kerak. Ammo statistikaga qarasak, hech narsa o‘zgarmagan.
Shu-shu ot, mol, mashina o‘g‘irlash. Qotillik. O‘z farzandini sotish. Qizlarni zo‘rlash.

Buxoro tumanining Shergiron MFYda yashovchi 22 yoshli do‘kondorning do‘kon eshigini buzib kirib, u yerdan pul, tamaki, aroq, vino  va oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlab ketishdi.

Talonchilar shu elning, qulog‘iga azon aytilgan musulmon farzandlari bo‘lib chiqdi. Ro‘za oyida o‘g‘irlik qilganlar Qorako‘l tumanining Tinchlik mahallasida yashovchi  uch yigit ekan.

Oldin o‘g‘ri deganda ko‘z oldimizga qo‘llariga nakolka urilgan, bir-ikki xodka qilib, afti bujmaygan qo‘rqinchli odam kelardi. Bugun tevarakka qarasam, manzara bo‘lak.

Oddiy munisu mushfiq Anjanning Jalaquduq tumanida yashovchi aël qo‘shnisining ochiq qolgan eshigidan iymanibgina kirib, «qo‘shniii, bormisiiiiz, uuuv», deb chaqirib, sekin ichkari uyga kirib, taxmon orasidagi 3100 dollarni sekin olib, lippasiga tiqib chiqib ketyapti. Chiqib ketaëtib, uchrab qolgan qo‘shnining 8 yashar bolasini sizlab so‘rashib ham qo‘ydi.

Sirdaryoning Mirzaobodida yashovchi hurmatli bir amaki esa ën qo‘shnisining darvozasi ochiq qolgan uyiga kirdi. So‘ridagi gilamni devorga suyanib turgan velosipedga yuklab oliiiiib, ketiiiib qoldi.

Hozir bu amaki o‘tiribdi tergovda, velosiped va gilam o‘g‘irlaganlikda ayblanib. Nuqul yig‘laydi, ëshim bir joyga borganda sharmanda bo‘ldim, deb. Namanganlik munisa aël qo‘shni qizning qo‘lidagi telefonni aldab olib qo‘yib sotvoribdi.

Quyichirchiqlik obro‘li aël to‘ytepalik tanish aëlni Koreyaga ishga yuboraman deb aldab, 4 400 dollar pulini olib qo‘yib, bez bo‘lib o‘tiribdi. «Pulga zaril edim, o‘sha pulni ehtiëjimga ishlatvordim, maqlay axir, pul zarur», deydi.

Bu salbiy gaplarni qayta-qayta aytgandan ne foyda, muammoga yechim dardga davo toping, Tuz og‘a, deyishadi.

Dard bor joyda mutlaqo davo ham bo‘ladi. Mana Namangonning Chust tumanida shifobaxsh suv otilib chiqdi. Bu suvni hokim ichsa, pora olmaydigan bo‘lib qolar ekan. Sudya ichsa, adolatli hukm chiqarar ekan. O‘g‘ri ichsa, to‘g‘ri bo‘larmish. Kal ichsa, soch chiqarmish.  33 millionlik millat dardiga davo.

Ba'zilar bu hech qanaqa shifobaxsh suv emas, shunchaki kanalizatsiya ërildi, deyishadi. Xo‘sh, nima bo‘pti? Agar ishonch bilan ichilsa, oddiy suv ham malhamga aylanadi. Shu desangiz, bir donishmand odam O‘zbekistonga kelib qolib, ilk uchragan odam bilan suhbatlashib qolibdi.

-Ilgari bu yurtda nima qilishgan?

-Daraxt ekishgan.

-Qani u daraxtlar?

-Gaz bo‘lmagani uchun kesib o‘tin qilib ëqvorishdi.

-Yana nima qilishgan?

-Traktor, samolyot ishlab chiqarishgan.

-Qani u zavodlar?

-Sotvorishdi.

-Kim sotdi?

-Inoyatov.

-Puli qani?

-Rossiyada tovuq ferma ochdi o‘rniga.

-Uni jazolashdimi?

-Yo‘q, Senatga ko‘tarib qo‘yishdi.

-Yana nima qilishgan bu yurtda ilgari?

-Temir yo‘l qurib, Sibirdan ëg‘och-taxta olib kelishgan.

-Qani u temir yo‘l?

-Odamlar temir yo‘l shpallarini kesib, pichoq va xanjar yasashdi.

-Nima qiladi u pichoq va xanjarlarni?

-Bir-birini so‘yadi.

-Nega odamlar bir-birini so‘yadi?

-Chunki bir-birini otgani o‘qi yo‘q.

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

video: https://youtu.be/63kLCBmGp8Q

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 march 2020
Koronavirus: Men ham kirsam maylimi? Eshikbon: Prezidentimiz koronavirusni kiritmanglar, deb buyurgan! Rassom Kirpi Eltuz.com
16 february 2021
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida o‘nlab fermer, bog‘bon va dehqonlar hokimlik tomonidan imzolangan yer bilan bog‘liq hujjatlarni noqonuniy, deya iddao ...
1 january 2026
Chiqindiga botgan tashlandiq bu maydon – Urganch shahridagi markaziy istirohat bog‘lardan biri. Hokimlik bayonotlarida Urganch mamlakatdagi ilk aqlli shahar ...
8 june 2025
«Ishonch» fondi atrofidagi savollar Toshkentlik faol Irina Matvienko, «Ishonch» jamg‘armasi huzuridagi fuqarolik jamiyati Maslaxat kengashi a'zosi sifatida, yaqinda muhim ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...