Asosiy mavzular
21 september 2019

Sumkasidan M.Solih kitobi chiqqan shoir tergovga borishdan bosh tortdi

Sumkasidan Muhammad Solih kitoblari chiqqani uchun ustidan jinoyat ishi ochilib, tergovga chaqirilgan xorazmlik 56 yashar shoir Mahmud Rajab 20 sentyabr kuni tergovga bormasligi haqida bayonot berdi.

«Eltuz»ga yetib kelgan xabarlarga ko‘ra, Mahmud Rajabni olib ketish uchun militsiya kapitani Bekchanov boshchiligida Xorazm viloyati IIB xodimlari kelishgan. Biroq shoirning mahalladoshlari uni militsiya olib ketishiga qarshilik ko‘rsatishgan.

«Mening xalq oldida ham, vijdonim oldida ham, hukumat oldida ham, qonun oldida ham hech qanday aybim yo‘q. Yo‘qligini isbotlashga tirishdim, lekin foydasi bo‘lmadi. Prezidentga uch marta murojaat yozdim. Respublika bosh prokuroriga, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga qayta-qayta murojaatlar yozdim.

Bular hammasi ko‘rib chiqilmadi. Ko‘pchiligiga javob ham berilmadi. Ichki ishlar xodimlari ustma-ust noqonuniy ishlar qilmoqda, lekin men hozirgacha noqonuniy ish qilmadim. Bundan keyin qiladigan ishim ham noqonuniy bo‘lmaydi. Vijdonimga ham, davlatga ham qarshi bo‘lmaydi. Lekin o‘z huquqlarimni himoya qilishga qaratilgan bo‘ladi.

Konstitutsion huquqlarimdan foydalanib, xarqaro va respublika qonunlari doirasida o‘zimni o‘zim himoya qilishga majbur bo‘laman. Endi men ana shu «jinoyat ishini» shu lahzadan boshlab butunlay rad qilaman. Ichki ishlar xodimlarining shu masalada men bilan bo‘ladigan har qanday muomalasidan voz kechaman. Bu masalada uyga chaqiruv qog‘ozi kelsa, qabul qilmayman. Bironta xodim kelsa, qabul qilmayman, gaplashmayman. Bundan keyin shu ishni olib borayotgan tergovchi bilan ham aloqani uzaman.

O‘zimni o‘zim insoniylik printsiplaridan kelib chiqib himoya qilaman. Chunki bu meni 5 yil qamashga qaratilgan, meni ko‘ra olmaydigan birovlarning ishi», dedi mahalladoshlari va videokamera oldida Mahmud Rajab.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Rajab shoir Muhammad Solih asarlarini O‘zbekistonga olib kirganlikda asossiz ayblanib tergovga tortilgan. «Eltuz» nashri shoir Mahmud Rajab taqdiri bilan bog‘liq voqealarni kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 december 2018
Filmning bu qismida “Rembo”ning hibsga olinishi haqida hikoya qilinadi. “Kontora” Remboga qarshi tuhmat uyushtirish maqsadida maxsus guruh tuzadi. MXX ...
20 august 2020
19 avgust kuni Turkiyaning Antaliya shahrida asli gurjistonlik “vor v zakone” Nodir Salifov otib ketildi. «Eltuz»ga yetib kelgan ma'lumotga ...
17 september 2018
Ikki janjal ortidan ijtimoiy tarmoq qahramoniga aylangan Sherzod Qudratxo‘jaev 17 sentyabr kuni tanqidlarga javob berdi. U rus ayoliga: «Uyat! ...
15 october 2023
Qashqadaryolik 61 yoshdagi erkak jami 32 bosh echkiemarni tutib olib, ulardan 12 tasini so‘yib yegan. Qolgan 20 tasini keyinchalik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...