Asosiy mavzular
24 august 2020

Sobiq hokim: Yerni xususiylashtirib berish vaqti keldi

Respublika iqtisodini ko‘tarish uchun, eng avvalo, yer xususiylashtirilishi kerak, deya hisoblaydi Navoiy viloyatining Konimex tumani sobiq hokimi, qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov.

«Dunyo o‘zgaryapti. Avtoritar, diktatorlik rejimlari hammasi yiqilyapti. Oddiy odamlar bilan hisoblashmasa bo‘lmaydi. Mehnatkashlarning sharoiti juda og‘ir. Yer adolatli tarzda taqsimlab berilishi kerak», deydi o‘z qishloq xo‘jaligida ko‘p yillar mehnat qilgan Ismoil Ospanov o‘z videosida.

U yerga egalik masalasida O‘zbekistonda sovet davridagi eski siyosat hamon saqlanib qolayotgani, shu bois, unumdorlik pastligi, shaxsiy manfaatdorlik yo‘qligini aytadi.

«Erkinlik bo‘lmagan joyda iqtisodiyot yo‘q. Paxtadan, g‘alladan bugungi kunda faqat monopolistlar foyda ko‘ryapti. Agar fermerga yerga egalik huquqi berilsa, bunday nohaqliklar bo‘lmaydi. Nima ekib, kimga sotish masalasini dehqonning o‘zi hal qiladi», deydi Ismoil Ospanov.   

Video: https://youtu.be/tVAnsR1EjIc

Tag‘in o‘qing
23 april 2023
Yaxshiyam, o‘sha qurib- qaqshagan dengizimiz bor. «Orol quridi», deya 30 yildan beri gapirishga mavzu bor. Yana bir 30 yillik ...
18 december 2022
Avtobus ketib bormoqda. Birdan avtobus ichida chiroq o‘chadi. G‘ala g‘ovur. Voy svet o‘chdi. Batareya ham muzday. Qalbimiz bo‘ldi kuzday.
21 january 2016
O‘zTV jurnalistlari Zafar va Diër Imomxo‘jaevlar olib borgan “Sokker klub” va “Futbol sharhi” ko‘rsatuvlari efirdan olib tashlandi va ularning ...
27 march 2019
Ilk bor fazoni zabt etgan sovet kosmonavti Yuriy Gagarin va Seryoginning UTI MiG-15 uchog‘i, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 1968 yilning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...