Asosiy mavzular
23 march 2021

14 yoshli qiz: «Meni zo‘rlab, nomusimga tekkan yigit hamon ozodlikda»

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi M.R. 2020 yil 8 iyul sanasida yaqin qarindoshinikidan chiqib ketganicha 3 kun uyiga bormagan. 

Ammasining uyidan qaytayotgan qiz karantin tufayli ko‘chada transport harakati cheklangani uchun taksida uyga yetib olmoqchi edi. Mashinalar kamligi tufayli ko‘chada duch kelgan taksiga minishga majbur bo‘lgan.

«Malibu 2» rusumli mashinaga minadi. Ammo mashina qizni manzilga emas, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi dala hovlilardan biriga olib boradi.

«Qarshilik qilishimga qaramay, ular dala hovliga olib borishdi,- deydi qiz.- Boshida menga indashmadi. O‘zlari o‘tirib ovqatlandi. Men dachaning boshqa xonasiga o‘tib, ustimdan qulflab oldim. 

Oradan biroz muddat o‘tdi. Qornim och qoldi. Majbur bo‘ldim ular bilan ovqatlanishga. Ular menga gazli suv berdi. Ichdim, boshim aylandi. Havo issiq edi. Yuzimni yuvgani tashqariga chiqdim. 

Hovuz bor edi. Unda yuzimni yuvganimni va boshim aylanib suvga tushib ketganimni eslay olaman. So‘ng kiyimsiz holda ertalab uyg‘onganimni bilaman. Ammo orada menga nima bo‘lganini eslay olmayman. 

Shu bo‘yicha dala hovlida 3 kun qolib ketdik. Bular bu yerdagilarni hech kimga aytmasang, uyinga eltib qo‘yamiz, dedi. Men hech kimga, hech narsa demadim. Chunki ularda meni yalang‘och holda tushirgan rasmlar bor edi».

Ayni shu sababli qiz uni qidirishga tushgan yaqinlariga ham bor gapni aytmagan.

Ma'lum bo‘lishicha, oradan ko‘p o‘tmay, yigit qizni menda narsalaring qolib ketgan, olib qol, deb qo‘ng‘iroq qiladi. Ko‘chaga chiqsa, berishini aytadi. Qiz chiqadi va yigit men bilan ketmasang, telefonimdagi rasmlarni internetga tarqatib yuboraman, degan shart qo‘yadi. Qiz u bilan ketishga rozi bo‘ladi.

Uydagilari qizni yana qidirishga tushadi. Hatto Rossiyada ishlab yurgan otasi ham O‘zbekistonga yetib keladi. Qiz bir haftadan ortiq vaqt mobaynida uyga kelmagan.

– Meni bu safar ko‘p qavatli uyga olib bordi,- dedi qiz.- U yerda 5 kuncha yashadik. Meni tinimsiz tahqirladi, nomusimga tegdi. So‘ng meni homilador bo‘lib qolgan bo‘lishi mumkin, deb o‘ylab o‘ldirib yubormoqchi bo‘ldi. Toshkent viloyatiga qarashli kimsasiz, tashlandiq joylarga olib bordi. O‘sha yerda ham mening nomusimni toptadi va tashlab qochib ketdi. Bir amallab, uyga yetib keldim. Barchasini dadamga aytib berdim. Dadam yozmagan joyi qolmadi. Ammo u hamon ozodlikda. Yigit meni badnom qilish bilan ovvora.

Qizning otasi D.R. qizini xo‘rlagan yigit haqida ma'lumotlarni jamlaydi, 2020 yil sentyabr oyining oxirlarida O‘rtachirchiq tumani ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qiladi.

Ariza o‘rganilgan va jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari boshlangan. Biroq bu harakatlarning oxiri hali ham ko‘rinmagan.

Qizning otasi o‘nga yaqin tashkilot va idoraga ushbu holat bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan. Ammo natija bo‘lmagan. Ish allaqachon yopib yuborilgan. Amaliy ko‘mak berilmagan. Yigitga hech qanday chora ko‘rilmagan.

Sodir bo‘lgan noxush holatdan allaqachon keng jamoatchilik ijtimoiy tarmoqlar orqali xabardor bo‘lishga ulgurgan.

Inson huquqlari, bola huquqlarini himoya qiluvchi tuzilmalarni huquqlari tuzilmalari esa bunga e'tiborini qaratmadi. 

«Eltuz» muxbiri Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova bilan telefon orqali bog‘langanda, ushbu holat bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topganini va ishni o‘z nazoratiga olganini aytib o‘tdi.

«Eltuz» qizni zo‘rlaganlikda gumonlanayotgan yigit bilan bog‘lanishning imkonini qila olmadi.

O‘tgan yili Farg‘ona viloyatining Quva tumanida yashovchi 18 yoshli Roziyaxon Sodiqovani ham o‘g‘irlab ketishib, uch kishi bir oy zo‘rlagani haqida xabarlar rosa shov-shuv bo‘lgan edi. 

Bu jinoyatni sodir etgan kishilarning shaxsi ham aniq. Oradan oylar o‘tib, Roziyaxon homilador bo‘lib qolgan va qiz farzandni dunyoga keltirgan edi. 

Roziya zo‘ravonlar ustidan IIBga, Xalq qabulxonasiga, “Mahalla” jamg‘armasiga, prokuraturaga ariza yozganini, biroq o‘zi kutgan xulosani olmaganini bildirgandi. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 may 2022
Andijonning Qo‘rg‘ontepa tumani buyum bozori viloyatning boshqa bozorlariga nisbatan ancha hamyonbop va gavjum. Shu bois, yo‘li uzoq bo‘lsa-da, boshqa ...
28 june 2016
O‘zbekistondagi matbuot va rasmiy statistika har yili O‘zbekistonda nikox holatlari ko‘payayotgani va ajralishlar soni kamayib borayotgani haqida yozadi. Balki ...
17 february 2018
O‘zbekiston telekanallaridan birida namoyish qilinaëtgan “Sevgi iztiroblari” ko‘p qismli filmi dushanba kunidan boshlab efir setkasidan tashlanadi. Bu haqda «Eltuz»ga ...
27 april 2020
Tarix takror sahnalardir. XVIII-XIX asrda Rossiya zodagon va bashanglari asosan frantsuz tilida gaplashishgan. Pushkinning tili frantsuzcha chiqqan va besh ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...