Asosiy mavzular
21 april 2021

AVTOBUS-2

«Abdulla G‘arip Prodakshn», Rassom Tuz, rassom Elsevar va «Eltuz» namoyish qiladi.

(IKKINChI QISM)

Avtobus o‘nqir-cho‘nqir yo‘ldan ketyapti. Cirtiga “O‘zbekiston – buyuk kelajak”, deb yozib qo‘yilgan.

Konduktor ayol e'lon qiladi: Aziz yo‘lovchilar, keyingi bekat “Saylov” qishlog‘i. Bekatda avtobus yog‘i almashadi, benzin olinadi. Hamma tushadi nafas rostlagani!

Chol: Har astanopkada benzin olaverar ekanda-a, bu shopir!

Sallali, takasoqol mulla: Shopir bo‘lgandan keyin oladi-da. Shopirning haqqi bor. Shopir o‘lib-netib qolsa, shu avtobusdagi benzin bizga qoladimi?! Qoladi!

Shofyor: Shu benzinni avtobus to‘xtab qolmasin, chet ellik muhtaram mehmonlarga qulay bo‘lsin, deb sotib olamiz. Men o‘zim ishdan bo‘sh paytimda doimo piyoda yuraman.

Chol: Ja ishandik! Benzinni shopirning shotirlari boshqa avtobusdagilarga sotib yuboryapti.

Semiz yigit turib cholning soqolidan tutadi: San shopirimiz halolligiga shubha qivossanmi?  Shopirga til tekkizma.Chundingmi, xarip?

Yozuvchi: To‘g‘ri aytasiz. Muhtaram shopirimiz avtobus haydashda inqilobiy  o‘zgarishlar qilyaptilar.  

Kampir: Haq gap. Rosa inqil… inqil… Ashanaqa qilyapti.

Chol: Lekin oldingisi benzin sotib olmasdi. Dangasa yo‘lovchilar borib, boshqa avtobuslardan obkesin, derdi.

Avtobus o‘nqir-cho‘nqir yo‘ldan o‘tib boryapti. Shofyor rulni asabiy buryapti u yoqdan bu yoqqa.

Deputat: O‘ttiz yildan buyon shu avtobusda qatnayman. Lekin hozirgidaqa mahoratli haydovchini ko‘rmaganman. Ofarin, muhtaram shopir!

Muxolifatchi:  Bekor aytibsiz, bu shopir haydashni eplay olmayapti. Bu gal men shopir bo‘laman!

Konduktor ayol: Shofyorlikka nomzod bo‘lish uchun avval prava olish kerak.

Kampir: Keyin bunda 20 ta yo‘lovchining imzosi bo‘lishi shart.

Semiz yigit: Chetdan turib gapirish oson. Avtobusga xiyonat qilyapsan, vatangado!

Ziyoli: Men pravayam olaman, imzoyam to‘playman.

Konduktor ayol:  Avtobusni haydash senga trali vali emas.

Yozuvchi: Artist qo‘shig‘ini aytsin, o‘qituvchi darsini bersin. Davlat bilan o‘ynashmalaring!

Sallali, takasoqol mulla: Oxirgi paytlarda shofyor bo‘laman deganlar ko‘payib ketdi. Bularni chetdagi buzg‘unchilar gij-gijlayapti.

Semiz yigit: Orqalarida Soros va masonlar turipti. Maqsadlari avtobusdagi tinchlik va osoyishtalikni buzish!

Bo‘yi past yigit: Qalbimizga xitirlik yo‘llari bilan kira olmaysanlar.

Shofyor avtobus magnitafoni murvatini buraydi. Yulduz Usmonovaning “Hech kimga bermayman, seni O‘zbekiston!” degan qo‘shig‘i yangraydi.

Shu payt birdan GAI hushtagi chalinadi.

Avtobus g‘iyq etib to‘xtaydi.

Pastda Putinga o‘xshagan GAI xodimi turibdi.

GAI xodimi: Stoy, tы kuda yedesh?

Shofyor qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib: Zdraaasti. Idu domoooy, tavarish nachalnik.

2-QISM TUGADI.

Tag‘in o‘qing
18 february 2017
«Qonun himoyachilarining o‘zi jinoyat sodir etsa, oddiy odam dardini kimga aytishi kerak?» – dedi Mirziyoev 9 yanvarda militsiya xodimlari ...
30 december 2020
Xalq hukumatning isitish mavsumiga shu qadar sust tayyorgarlik ko‘rganidan g‘azabda. Rasmiylar esa bunga javoban vaziyat haqida xabar berishga urinayotganlarni ...
28 december 2023
Sizga aytmoqchi bo‘lganim voqeani «Otalar so‘zi aqlning ko‘zi» degan  TV formatda hikoya qilsam. Tasavvur qiling, bir ko‘zoynak kiygan marg‘ilon ...
9 august 2023
Bir xil alkashlar aroqqa to‘ygach, hovlidagi so‘ri yoki ayvonda kelini, qizi ko‘zi o‘ngida bitta yupqa ishtoncha – trusida uxlaydi, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...