Asosiy mavzular
26 april 2021

Prezidentning avariyaga uchragan kuëvi Toshkentga qaytdimi?

Prezident Shavkat Mirziyoevning kenja kuyovi Otabek Umarov O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda aktyor Dilshodbek Kattabekov o‘zining Instagram sahifasida ma'lum qildi.

“Avvalo, nima bo‘lib o‘tgan bo‘lsa ham hammasi yaxshilikka deb qabul qiling. Hali yaxshi kunlar oldinda. Safimizga qaytganingiz bilan tabriklayman. Ramazon oyi sizga va butun o‘zbek xalqiga yana bir bor muborak bo‘lsin”, deb yozdi u.

Ayni paytda Dilshod Kattabekov e'lon qilgan rasm fonidagilarning paltoda turgani bois bu ma'lumot tekshirishga loyiqligi tushuniladi.

Bundan oldin turli manbalar Otabek Umarov 7 aprel kuni O‘zbekistonga qaytganini aytishgan, ammo bu ma'lumotlar o‘z tasdig‘ini topmagan edi.

Bu xabar ortidan o‘zining “ko‘cha”ga aloqasini yashirmaydigan MMA vitse-prezidenti Murod Xonto‘raev  tarmoqda chiqish qilib, prezident kuëvi hali Toshkentga qaytmaganini aytgandi.

O‘zbekiston prezidenti xavfsizlik xizmati (PXX) rahbari o‘rinbosari, 36 yoshli Otabek Umarovning avariyada majaqlangan ikki oëg‘i 4 mart kuni Janubiy Koreyadagi shifoxonada operatsiya qilingan edi.

Bundan oldin u pandemiya talabiga ko‘ra ikki hafta maxsus karantin ostida shifoxonada saqlangan. Bu haqda O‘zbekistondagi pogonlilarga bo‘ysunuvchi nashr bildirdi.

Unda aytilishicha, 13 fevral kuni soat 18 lar atrofida prezident xavfsizlik xizmati mulozimi Otabek Umarov boshqaruvidagi mototsikl Bobur Mamatov boshqargan oq rangli Chevrolet Epika avtomobilining orqa tarafidan kelib o‘ng qismiga uriladi.

Mototsikldan yiqilgan haydovchi yo‘lning chap tarafidagi beton bordyurga borib urilib, oëg‘idan lat yeydi.

Umarov ishtirokidagi avariya Toshkentning xalq orasida “prezident trassasi” deb ataladigan yo‘lida, Mustaqillik ko‘chasi, Pushkin metro stantsiyasi yaqinida yuz bergan edi.

Otabek Umarov bundan oldin ham bir necha avariyalarda asosiy figurant sifatida tilga tushgan.

Mirziëevning kenja kuëvi, prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Otabek Umarov o‘zi boshqargan “Tesla” elektromobilida soatiga 200 km tezlikda yurgani bois tanqidga uchragandi. Bu tanqidlar ortidan “poygachi kuëv” jarimaga ham tortilgandi.

Tungi poygasini Instagram sahifasida jonli ko‘rsatgan Otabek Umarov Toshkent markaziy ko‘chalarida “Tesla” mashinasini soatiga 201 km, mahallalar ichidan esa 148 km tezlikda haydaëtganini namoyish qildi. Oradan bir necha soat o‘tib, bu video tarmoqdan olib tashlangandi.

O‘zbekistondagi yo‘l harakati xavfsizligiga oid qonunchilikka muvofiq, shaharning katta trassalaridagi maksimum tezlik soatiga 70 km, mahallalar ichida esa 30 km qilib belgilangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 november 2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida 18 noyabrda bo‘lib o‘tgan taqdimotda mamlakatning Yevropa, Osiyo davlatlari va Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan mehnat ...
2 november 2024
“Biz uchun hamma san'atlar ichida eng muhimi kinodur” degan edi proletariat dohiysi Vladimir Ilich Lenin o‘tgan asrning 1925 yili. Bugun ...
6 january 2020
O‘zbekiston “Erk” Demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih 1992 yilning 16 yanvarida poytaxtning Talabalar shaharchasida sodir bo‘lib isyon va undan ...
10 october 2018
«Cuhbatimiz g‘ayritabiiy tus olayotganga o‘xshab ketyapti mening nazarimda, ya'ni melisa xodimi va mahkum o‘rtasi­dagi savol‑javob jurnalist bilan siyosiy sharhlovchi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...