Video
16 june 2021

Avtobus-10. Avtobus ichidagi arab raqsi

Avtobusni traktor shatakka olgan holda ketyapti. Yo‘lda avtobus haydovchisi salonga yarim yalang‘och raqqosa qizlarni chiqarib oladi… “Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining 10-qismini taqdim etadi.

Chiptachi: Shu sho‘pir avtobusni haydayveradi, haydaveradi. Charchab qolmaydimi? Bechora 4 yildan beri dam olmaydi. Sho‘pirni hamma ëmon ko‘radi. Hatto magazinchi G‘aybulla akayam. Faqat men sevaman sho‘pirni.

Avtobus ichidagi televizorda arab raqqosalarga pul tutaëtgan hokim ko‘rinadi (video).

Chol: Bay-bay-bay! Bul parivashlar nuqul amaldorlar ënida xirom qiladi-ya.

Xonimchi: Yo‘lda to‘xtab, betonkadagi qizlarni avtobusga chiqarvolsak. Sho‘pirning ko‘nglini olsa. Becharaning ko‘ngli bo‘m-bo‘sh.

Sho‘pirning oldiga yalang‘och raqqosalar kelib raqsga tusha boshlaydi. Sho‘pir qizlarning ishtoniga pul tiqadi.

Mulla: (kinodan olingan ovoz) Hamma raqsga tushsin.

Sho‘pir. Oynonay, kapalaklarim. O‘ynanglar mening davrimda.

Chol: Bular juda yupun kiyingan-ku. Shamollab qolmaydimi?

Xonimchi: Bular shamollamaydi. Shamollatadi. Mana, to‘rt yildirki, Abdilla akaning ko‘kragiga shabada tegdi.

Mulla: “Dam bu damdir, o‘zga damni dam dema… (videodagi ovoz)

Ko‘zoynak: Yalang‘och raqqosaga pulni qaerdan olib berdi bu sho‘pir?

Olifta: Biz to‘lagan chipta pulini ishlatyapti.

Chol: Avtobusining g‘ildiragi yo‘g‘-u, arabcha raqs tushadigan raqqosalarga pul xarjlayapti.

Aël baqiradi: (videodan) Jonga tegdi korruptsiya!

Xonimchi: Ey prapesor, nima o‘qiyapsan?

Olifta: Avtobusni zo‘r haydaydigan Saakashvili haqidagi kitobni.

Chol: Gruziyada shunday sho‘pir bor ekan-u, bilmay yurgan ekanmiz-a. 

Abror: Men o‘qiganman bu kitobni… (videodan original ovoz)

Ko‘zoynak: Biz to‘lagan pulni raqqosalarga sarflagan sho‘pirni almashtirish kerak.

Chiptachi: Sho‘pir almashtirish masalasini kun tartibiga qo‘ymanglar. Adliya vazirining iltimosi bu.

Chol: Nima vaziri? Odalat vazirligi borakanmi adolatsiz yurtda? Bu mulozimlar bor ekan, arab raqs san'ati tanazzulga uchramaydi.

Chiptachi: Nima qipti raqsga tushgan bo‘lsa. Bu O‘zbekiston xalqi yaxshi ko‘radigan arab xalq raqsi. Avtobusimiz Arabiston bilan diplomatik aloqalar o‘ynatgan.

Mulla: Hamma raqsga tushsin. (Sho‘pir knopka bosadi).

Keling do‘stlar, o‘ynaylik,

Hech kim chetda qolmasin.

Kimning mayli kimda bo‘lsa,

Qo‘yabering – o‘ynasin!

Yalang‘och bo‘lib o‘ynasino,

Arab raqsiga o‘ynasin…

U yoniga tashlab o‘ynasino,

Bu yoniga tashlab o‘ynasin.

Sochiga osgan lentasini,

Yoniga tashlab o‘ynasin.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 may 2017
Joriy yilning mart oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi (O‘zbekiston tarkibidagi respublika) 39 yoshli huquq himoyachisi A'zam Farmonovni ozodlikdan mahrum ...
2 august 2017
30 iyul kuni «Tahlilnoma» ko‘rsatuvida Karimovning «to‘mtayib yurishlari», mamlakatdagi valyuta «qora bozori», qo‘shnilar bilan munosabat, chegara masalalarida yo‘l qo‘ygan ...
17 january 2024
Umri kresloda mudrab o‘tadigan falaj o‘zbek parlamenti ilkis «tirilib» ekologiya vaziriga qarab prezident aytmoqchi «vovullabdi». Kesakdan uchqun chiqishiga ishonsam ...
26 august 2019
Toshkent shahrida 23-24 avgust kunlari Shayxontohur tumani 4-ichki ishlar bo‘limiga «Malika» savdo majmuasidagi tayanch nuqtasiga soqolli erkaklar tutib keltirilib, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...