Asosiy mavzular
14 march 2022

Toshkent rossiyaliklar panohgohiga aylanyapti

Toshkentdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda minglab rossiyaliklar gala-gala bo‘lib Rossiyaga nisbatan qo‘llanilayotgan sanktsiyalardan qochib, O‘zbekiston poytaxtiga ko‘chib kela boshlaganlar. 11 martning o‘zida Toshkent aeroportiga Moskvadan 6 ta samolyot uchib kelgan. Rossiyaning turli mintaqalaridan Toshkent aeroportiga kecha ja'mi 12 parvoz bo‘lgan. Ko‘chib kelayotgan rossiyaliklarning aksari o‘ziga to‘q oilalardir. Ularning ko‘pi harbiy xizmat yoshidagi informatsion texnologiyalar mutaxassislari, o‘rtahol tadbirkorlar va pensiya yoshidagi qariyalardir.

Bunday ko‘cha-ko‘chlar Toshkentda yangi qurilgan uylar narxining ba'zi hollarda ikki baravarga ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan. Toshkent Sitida qimattligi uchun huvillab yotgan kvartiralar allaqachon sotib bo‘lingan. Metr kvadrati nisbatan arzon – 500 dollar bo‘lgan kvartiralar narxi birdan 1000 dollargacha qimmatlagan. Shunda ham maklerlarning qo‘li qo‘liga tegmayotir. Ba'zi puldor rossiyaliklar birato‘la bir necha kvartira sotib olmoqda.

Aftidan, sanktsiyalarga yuz tutgan Rossiyadan o‘z pulini olib chiqishning yo‘li – bu O‘zbekistonga o‘xshagan Rossiyaga dushman kayfiyatda bo‘lmagan, Rossiya fuqarolaridan viza talab qilmaydigan mamlakatlarga bo‘lyapti, deydi o‘zbekistonlik tahlilchilardan biri.

Toshkent mehmonxona va hattoki xostellarida ham joy yo‘qligi aytilmoqda.

Ko‘plab rossiyaliklar birato‘la yil oxirigacha kira haqi to‘lab arenda kvartiralarga joylashmoqda.

Tungi Toshkentda jomadonini sudrab borayotgan ruslarni ko‘rish odatiy holga aylandi, deydi poytaxtda taksistlik qiluvchilardan biri.

Toshkentdagi restoranlar ham mushtariylarga to‘lib toshgan. Ularning aksari rossiyaliklardir.

Ayni paytda, Rossiyadan kelgan mutaxassislar O‘zbekiston migratsiya organlarida iliq kutib olinmoqda. Ularga ko‘p hollarda bir kunning o‘zida mehnat vizasi va ishlash uchun ruxsatnomalar tayyorlab berilmoqda.

Tag‘in o‘qing
14 september 2025
O‘zbekistonning kelajagi bog‘chalardagi bolalarning sog‘lom va to‘laqonli ulg‘ayishiga bog‘liq. Ammo bu muqaddas dargohlarda bolalar ovqati bilan bog‘liq muammolar jamoatchilikning ...
14 july 2017
Oshkoralik va shaffoflikni o‘ziga shior qilib olgan O‘zbekiston hukumati bug‘doy o‘rim-yig‘imi mavsumida yuz berayotgan qonunbuzarliklar haqida ommaviy axborot vositalarida ...
18 april 2024
Germaniyadan O‘zbekistonga borgan xalqaro tashkilot rahbari Umida Niëzova ëllangan bloger tomonidan haqorat qilindi. 18 aprel kuni Farg‘onada xizmat safarida ...
16 april 2020
Rahmatli otam Madaminbeg Begjonbeg o‘g‘lining Ikkinchi jahon urushida olgan besh-oltita nishoni bor edi. Ulardan ikkitasi – katta kumush tanga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...