Asosiy mavzular
27 april 2022

Xivada lazgi festivali boshlandi

Xorazm viloyatining Xiva shahrida 25 aprel kuni Lazgi xalqaro raqs festivali boshlandi. Dunyoning 30 dan ziyod mamlakatlaridan kelayotgan mehmonlar mingan uchoq Urganch aeroportiga qo‘narkan, jozibador lazgi raqsi bilan kutib olindi.

Urganch qo‘nalg‘asidan Eltuz muxbiri jo‘natgan dastlabki videolarda ajnabiy mehmonlarning ham xorazmlik raqqosalar bilan birga lazgiga tushayotganini ko‘rish mumkin.

“Uchoq trapidan tushishimiz bilan raqsga tusha boshladik. Bu jozibani so‘z bilan izohlash qiyin. Yorqin milliy liboslar va jozibador raqs ko‘zni qamashtiradi. Haqiqatan ham bayram jonli va samimiy boshlandi” dedi baxtli tasodif tufayli festivalda qatnashish sharafiga muyassar bo‘lganini Eltuzga bildirgan chet ellik mehmonlardan biri.

Keyin mehmonlar sharafiga Xivaning Ichon qal'asi darvozasi tantanali ochildi. Qadimiy Xorazm poytaxtiga kelgan mehmonlarning alifbo tartibida qal'aga kirishiga «izn berildi».

Bu yil Xorazmda ilk bor o‘takazilayotgan Lazgi festivali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 sentyabrdagi PQ-4843-son qaroriga asosan har ikki yilda bir marotaba 25-30 aprel kunlari o‘tkazilishi rejalangan.

Festival doirasida Xalqaro ilmiy amaliy konferentsiyasi va raqs tanlovi tadbirlari o‘tkaziladi. Tanlovda 18 mamlakatdan 160 raqqosa va raqqoslar ishtirok etadi, san'atkorlar mahoratini 6 davlatdan kelgan hakamlar hay'ati baholaydi. Tanlov g‘oliblari turli esdalik va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Festival doirasida faol ijrochilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida ta'sis etilgan «Eng yaxshi raqs», «Eng yaxshi xoreograf», «Eng yaxshi yosh raqqosa (raqqos)» kabi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi sovg‘a va mukofotlar bilan taqdirlanadi, deydi festivalni  kuzatayotgan Eltuz muxbiri.

Format¸ mafkura¸ til o‘zgardi ammo Lazgi o‘zgarmay bizgacha yetib keldi. Lazgi kodi Da Vinchi kodidan ham qadimiy. Bu kod to‘rt raqam va ikki xarfdan iborat. Bu kodni uyida ming yillik karvuchdan terilgan qudug‘i bo‘lgan xorazmlik biladi. Xivadagi Lazgi festivali esa 30 aprelga qadar davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 june 2018
Respublika prokuraturasida o‘tgan 5 iyun kungi brifingda sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ortidan 21 shaxs hibsga ...
26 march 2018
Prezident Mirziyoev 23 mart kungi yig‘ilishda matbuotni maqtamaslikka, bor haqiqatni ko‘rsatishga chaqirdi. «Maqtamanglar. Maqtaydigan davrlar o‘tib bo‘lgan. Raislar bilan ...
17 december 2025
17 dekabrda qanday  olamshumul voqealar yuz bergan va qanday buyuk shaxslar tug‘ilgan? Bugun bu haqda eng qisqa satrlarda Eltuzning ...
6 january 2026
Men Nikolas Maduro haqida nimadir yozishni juda xohlagan edim, lekin avvalo shundan boshlaymanki, O‘zbekiston uni Venesuelaning qonuniy va legitim ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...