ART-DURBIN
16 may 2022

Gimnastikachi ayol suratiga yubka kiydirildi

Toshkentdagi gimnastikachi ayol suratiga yubka kiydirildi. Bu «ma'naviy tahrir» Toshkent shahar hokimligi «ijodi» bo‘lishi mumkinligi haqida mahalliy bloger Nikita Makarenko tarmoqda ëzdi.

Toshkentda inkuzart nomi bilan tanilgan ko‘cha rassomi Abdurahmonning yana bir grafiti asari, afsonaviy sportsmen, Oksana Chusovitana aks etgan rasmini «bo‘yab o‘zgartirish»di.

13 may kuni tarmoqda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bir necha bor O‘zbekiston uchun olimpiya oltinlarini qo‘lga kiritgan 47 yashar gimnastikachi ayol Chusovitinaning odatiy sport kiyimiga «yubka» ilova qilingan.

«Shahar hokimligi tag‘in o‘zini ko‘rsatdi! Bilmayman, bunga Kengash aralashganmi? Ehtimol! Yana kimlar bo‘lishi mumkin? Oksana Chusovitinaga yubka chizishibdi. Toshkentga «Tolibon» harakatining rasmiy tashrifi kutilayotgan ekanmi? Yoki sportsmen ayolning oyoqlari bilan kimningdir tuyg‘ularini tahqirlashdan qo‘rqayapmizmi?» deya izohladi bu voqeani jurnalist Makarenko.

Uning tag‘in yozishicha, rassom inkuzart bu holni qisqa qilib: «Manaviyat, bl@d» deya izohlagan.

Toshkentlik mahalliy rassom Xasan Maycheev o‘z instagram sahifasida bu ishni yuqoridagilarning iltimosi bilan “bajargani”ni tan oldi.

Rassomning yozishicha, unga sportsmen ayolning rasmini “saqlab qolish” iltimosi bilan chiqishgan, o‘z iltimosini asar muallifi inkuzartning – kartinani o‘zgartirishga rozi bo‘lmagani bilan izohlashgan va Maycheev bilan “maslahatlashishgan”. Shundan so‘ng rassom “ishga kirishgan”.

Maycheev tag‘in begona asarni buzish niyati bo‘lmaganini pisanda qilgan: “Men shaxsan kasbdoshimdan kechirim so‘rashga tayyorman. Men ishni boshlashdan oldin, muallifning imzosi, shuningdek asarning butunligicha saqlanishiga intildim.”

Bundan avval Abdurahmonning bir qancha ko‘cha asarlarini oqlab o‘chirib tashlashgan yoki ular mahalliy vandallar hujumiga uchragan edi. Shunday rasmlar qatorida rassomning niqob taqqan Mona Liza asari ham bor.

Mahalliy ma'murlar ko‘pincha, devorlardagi rasmlarning ohak bilan “ta'mirlanishi”ni, rasmlar ustida paydo bo‘lgan “kalyaka malyaka” yozuvlar, ba'zan hatto giyohvandfurushlarning reklamalari paydo bo‘lishi bilan izohlashadi.

Abdurahmonning izohiga ko‘ra esa, u ma'muriy binolar egalaridan rasmlarni o‘chirmaslikni, vandalizm elementlari paydo bo‘lsa u kelib qayta tiklab berishi mumkinligini taklif qilgan. Ko‘pincha bunday kelishuvga ular rozi bo‘lishgan.

Masalan, Toshkent ko‘chalaridan birida diskobol otishga chog‘lanayotgan qadimiy yunon erkak sportsmeni Mironning to‘la yalang‘och badani aks etgan rasmi o‘chirilmagan. Shu o‘rinda, poytaxt ma'murlarining klassitsizm davri erkagi rasmidan farqli, zamonaviy sport libosida aks etgan sportsmen ayol rasmidan nega bunchalik qo‘rqishayotgani savollar paydo qiladi.      

Gimnastikachi ayol rasmini Abdurahmon 2021 yilning avgustida chizgan. Chusovitina 2020 yil Tokioda o‘tgan olimpiada musobaqalarida so‘nggi bor ishtirok etib qaytganidan keyin katta sportni tark etganini bildirgan edi.

Oksana Chusovitina yettita yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan dunyoda yagona o‘zbekistonlik ayol gimnastikachi bo‘lib hisoblanadi.

Zamonaviy san'atga nisbatan o‘zbek hukumati va jamiyatining yuqoridagi kabi munosabati esa keyingi yillarda ilk bor kuzatilayotgani yo‘k.

O‘tgan yili internetning o‘zbek segmentidagi dindor konservativ qatlam bosimi ortidan “Aqlvoy” telekanalida “uyat rasm qo‘ygan” xodim jazolangani haqida telekanal ma'muriyati xabar bergan edi.

Voqea Italiya Uyg‘onish davri san'atining buyuk namoyandasi, rassom Sandro Botichelli (1445 —1510) mo‘yqalamiga mansub “Veneraning tug‘ilishi” asarining “Aqlvoy” kanalida namoyish qilingani bilan bog‘liq.

2018 yilda Qo‘qon rasmiylari buyrug‘i bilan teatr devoridagi asar “islomga zid” deya topilib, freska personaji bo‘lgan malaklarga hijob kiydirilgan edi.

Rassom Bahodir Jalol Eltuz  bilan suhbatda bu voqeani “vahshiylik” deya atagan va hodisaga isën sifatida o‘z ko‘rgazmasini to‘xtatganini bildirgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 may 2016
Maqolada yozilishicha, Andijon viloyatida fermerlar g‘o‘zaga ishlov berishda katta tajriba to‘plagan bo‘lib, bugun bu kuzdagi mo‘l hosil garovi bo‘lib ...
9 may 2017
Bolaligimizda Do‘stjon dadamning Ulug‘ Vatan urushi ishtirokchisi ekanligidan faxrlanardik. Har 9 may bayrami arafasida dadamni maktabga va boshqa majlislarga ...
11 april 2021
Prezident Shavkat Mirziyoev o‘zining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rustam Qosimovni ishdan “sharmanda qilib” haydadi. ...
1 may 2023
Salom qadrli muxlislar, bugun 1 may e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi. +++ O‘zbekiston Respublikasi referendumining dastlabki ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...