Asosiy mavzular
5 august 2022

RTdan va'z: Varroq al-tavalit

Bugungi juma va'zini qisqa yangilikllar bilan boshlasam. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida 2 avgust kuni zavod ishchilaridan biri bo‘lgan 47 yoshli ayol ustiga benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi.

MS: O‘ldimi? Nega ëqibdi o‘zini.

RT: Yo‘q og‘ir ahxvolda kasalxonada ëtibdi. Ishdan bo‘shatishganiga isën qilib, o‘ziga o‘t qo‘yibdi xotin boyaqish. Bizda oilani xotin boqadiku axir.

MS: erkaklar qani?

RT: Ular qulku. Putinqul. O‘risqul. Arabqul. Qozoqlaram bilab, o‘zbek erkagini ko‘rib qolsa shartta qul qilib qo‘yadi. Mana Olmaotada o‘n nafar o‘zbekistonlik qullikdan qutqarildi. Shunga ham shukur.

MS: O‘zbek erkaklarini kamsitmang og‘am. Ular gardkam deb qimor o‘ynaydi. Rometanda zapravkachi savdodan kelgan 300 million so‘mni qimorda yutqazdi.

RT: Buxoro neftebazasiga qarashli Rometan tumanidagi 7-sonli AYoQShning  Sanat ismli operatori uch yuz milliondan ortiq savdo pulini 1-xbet qimoriga tikib, yutqazib yuborgan. Buni neftebaza rahbarlari bilsa-da, imi jimida yopib yuborishdi, deydi Eltuz insayderi. AYoQShda bir kunda bir tonna benzin sotiladi. 300 million so‘mga bir oydan ko‘p vaqt ketadi.

Shu kunlarda nafaqat tabiat, balki siësatning ham darajasi oshdi. Tolibon terrorchilari Tojikistonni bir haftada bosib olamiz deb tahdid qildi. Rossiya ëshullilari Medvedev  va Shoygu  SSSRni qaytaraman deb po‘pisa qildi.

MS. Tuz og‘a, anjanliklar  rosa siësatni his qilar ekanda. Medvedovu Mana Shoygu gapirishi bilanoq, «bolalik ta'mi!» deya SSSR nomli muzqaymoq chiqara boshlashibdi. Lyubaya biznes xorosha-mi yoki SSSRga qaytish istagi ustunlik qilmoqda-mi?

RT: Andijonlik muzqaymoqchilar mustqil o‘zbekiston emas, balki Rossiya siëati bilan uxlab shu siësat bilan uyg‘onaëtgan o‘zbeklarning ërqin misoli. Ular O‘zbekistonni Mirziëev emas, balki kreml boshqaradi deb his qilishadi. O‘zbek siësatini yo‘q deb o‘ylaydi ular. Rivojlangan davlatlarni doimo siësatchilar boshqarganligini ko‘ramiz.

MS: Siësatchi kim? Uning populistdan farqi nima? Davlatchilik nima?

RT: Britaniya iqtisodini orqaga tortgan ko‘mir konlarini shaxterlarning ko‘z ëshlarga qaramay ëpib tashlagan temir xotin Margaret Tetcher siësatchi edi. Davlatning  butun byudjetini mamlakatni to‘la qamraydigan temir yo‘l qurishga sarflagan Mustafo G‘oziy Poshsho Kamol Otaturk ham buyuk siësatchi edi. Bular ëniga Li Kuan Yu, Yegor Gaydar va Mixail Saakashivilarni qo‘shish mumkin. Ular bag‘ritosh jarrox kabi millat badanidagi keraksiz o‘simtalarni bemorning ko‘z ëshiga qaramay, kesib tashlagan shifokor siësatchilar edi. Siësatchi xalqqa ëqadigan emas balki xalqqa foydasi tegadigan ishni qiladi. Shu ma'noda u populistdan farqlanadi.

MS: Populistdan farqi nima amaldagi siësatchining?

RT: Populistlar odatda muxolifat ichida  bo‘ladi. «Nonni bir so‘m, aroqni 4 so‘m gugurtni esa bir tiyin qilaman. Banklar bergan kreditini kechvorsin» deydi populist. Bu esa ongsiz biomassaga juda ëqadi. Keyingi 5 yilda O‘zbekiston yangi rahbariyati populist muxolifat rolini ham o‘z zimmasiga oldi. Oqibatda davlatchilik ziën ko‘ra boshladi. Davlatchi nima degani? Davlatchi rahbar davlat xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yadigan siësatchi.

MS: Tuz og‘a, anavi o‘lib ketgan O‘zbekiston prezidenti Karimov. Shu siësatchimi edi?

RT: Islom Karimovning tashqi siësatida davlatchilik alomatlari bor edi. Kreml siësatidan masofa ushlash davlat mustahkamligi uchun kerak edi. Keyingi 5 yilda esa O‘zbekiston tashqi siësati to‘laligicha kreml tasarrufiga berildi. Oqibatda tolibon Samarqandga kelib to‘nqaydi. O‘zbekiston ichida sovet ramzlari va tolibon kayfiyati atayin parvarishlandi. Nega shunday bo‘ldi? Chunki mamlakatni siësat o‘rniga populizm boshqarmoqda. Davlatchilik o‘rnini esa ta'magirlik va oddiy hiënat egalladi. Xulosa esa Napolenning gapi kabi oddiy. O‘z armiyasini boqolmagan xalq begona  armiyani boqadi.  O‘z haqini bilmagan¸ bitta kvartiraga ustozini sottishga tayër notavon taviyalar to‘dasining soni nufuz raqamlarga yaqinlashgan davlatda  tanazzul ham mantiqli ko‘rinadi.

MS: Tuz og‘a, unda O‘zbekistondan ketib, rivojlangan mamlakatlarga borib yashay qoliylik. Mana meni samarqandlik tanishim Amerikada trak shirkati ochib, oyiga 30 ming dollar olmoqda. Toshkent sitidagi hay tek kvartiralardan sotib oldi. Tsiolkovskiy tarafda zo‘r uchastka qurdi.

Chetga surish orzusi

Qamoqda «sro‘k motat» qilaëtgan odam erkinlikka chiqishni orzu qiladi. Bu – o‘ta tabiiy istak. O‘zbekistondagilar esa «chetga chiqishni» orzu qiladi.

«Bedapoyani Las Vegasingga, molxonani Parijga, atrofi brezent bilan o‘ralgan tualetimni Londonga almashtirmayman», deb shig‘ir ëzadi. Ammo, 6 sekund o‘tmay, qanday qilib, bu «molxonadan» ketish yo‘llarini qidirib boshlaydi. Chet do‘latda «jit qivotgan» o‘zbeklarga xat ëzadi: «Oka, meni obketing bu yerdan. Londondagi lesbi xolani itini boqishgayam roziman».

Juda bo‘may ketsa, «chet elga ketish» degan shou uyushtiradi. Qarz havola qilib, Istanbul ëki Dubayga bilet oladi. Bir haftalik tur putyovka. Keyin «Toshkent-Istanbul» degan biletni Insta ëki FBga qo‘yadi.

«Oka moro bo‘sin. Survossmi? Meniyam obketing», degan komentlarni huzur qilib o‘qiydi. Mabodo, bu odam arts ëki umuman shou biznesga aloqador bo‘lsa, «Palonchi Istanbulga (Dubayga) ketyapti» degan «maqola» ham chiqadi. Keyin bu kishi  yo‘lga chiqaëtib do‘mini oldida enasi, xotini, qaynanasidan «duo olaëtganini» layf video qiladi. Keyin aeroport ichidagi aynakdan ko‘ringan uchoq fonida biletini ko‘rsatib, yana rasm qo‘yadi. Diniy ritorikadagi «etkazganiga shukr» degan gaplarni ëzib tashaydi. Keyingi kartinada bu birat ëki juvon opa uchoqning  ekonom klass bortidagi kresloda o‘tirgani aks etgan rasm paydo bo‘ladi. Go‘ë butun uchoq bu biratniki. Keyingi rasm Istanbul ëki Dubaydagi ko‘p qavatli bino oldida tushiladi.

«Nega bizada mashnaqa yo‘q?» degan taqqoslovchi post qo‘yiladi. Keyin patnisi 10 dollar turadigan arzon yemaklar rasmi qo‘yiladi. Buni Insta ëki FBda ko‘rganlar «o‘o‘o‘o‘v» deb, hayajonli yurakchalar rasmini qo‘yadi. Keyin kulminatsiya. «Dengiz va men» degan rasm qo‘yiladi.

Shundan keyin janr talabi bo‘yicha «Toshkentni sog‘indim. Men o‘zi uch kundan ko‘p chet do‘latda yurolmiyman», degan post qo‘yiladi.

Toje mne blin «nostalgiya». Koshki bu birat ëki juvon opaning «sho‘ttta uzoroq qolishni ilojisi yo‘qmi», deb, saksonta odamga ëzganini bilmasam.

Janr talabiga ko‘ra, keyingi post «Vatanimga yetib keldim. Anu shaharingni molxonamgayam almashtirmayman. Tezak hidi menga farang isli suvidan aziz, bla bla bla»  Shu bilan bu birat «o‘chadi» – qarzni qaytarishi kerak.

Tirikchiligini qimasa, ozib-to‘zib ochdan o‘lish xatari ham bor.

Ammo roppa rosa bir yildan keyin «Chet do‘latga surish» shousini aynan qayta namoyish qiladi.

MS: Chet do‘latga borish bilan borishni farqi bor. Mana Nensi Pelosi Tayvanga borgan  videosini e'lon qilib, mana bu izohni yozdi:

«Men Kongress delegatsiyasini Amerika Tayvan fuqarolari va barcha inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlovchilar bilan birga ekanini yaqqol ko‘rsatish uchun olib keldim».

Xitoyga enasini ko‘rsatgan enam

MS: Tuz og‘a, nega o‘zbek putinparastlari ham arabqul dindorlar hatto ismini ëzolmaydiganlar ham Xitoyni maqtab Amerikani qarg‘ab ëtibdi?

RT: Izohlarda Xitoyni ëqlab, Amerikani qarg‘ab ëtgan ko‘rmuridlarga nasihat qilmayman. Zotan bukrini go‘r tuzatadi. Ammo siësat haqida bilishni istaganlar uchun oddiy qilib tushuntirsam. Har holda tajribam bor, 5 yil qishloq maktabida mallimlik qig‘anman.

MS: Xullas, seshanba kuni Tayvanga borgan Pelosi kim?

RT: Pelosi Amerika boshqaruvidagi rasman uchinchi odam va prezident unga buyruq berolamydigan darajada mustaqil. Tasavvur qilishingiz uchun O‘zbekistondagi Tanzila opayam qonun chiqaruvchi organ rahbari o‘laroq ijro hokimiyati kattasi Mirziëvdan «mustaqil»dir. Tanzila opa, qonunga ko‘ra, prezidentga aytmasdan Urumchiga uchib borib, o‘sha yerdagi ezilgan uyg‘urlarning boshini silashi mumkin. Ammo Tanzila opa buni qimaydi. Yurak yo‘q. Jismonan bor, ammo siësiy iroda yo‘q. Pelosi bu huquqdan foydalanib, Tayvanga bordi. Xitoydagi yajuj-majujlar lashkar tortib, zambaraklarini Pelosiga qaratsa ham, bu oxirgi xitoyi ogohlantirish, deb, tomoq yirtsa ham, AQSh siësatining urg‘ochi arslonini parvoyiga ham kelmadi.
Mard bir marta o‘ladi. Qo‘rqoq har kuni!!!

MS: Pelosi  nega unoqa qildi?

RT: Bizdagi imomberdilar va ularning gala-gala ko‘r muridlaridan farqli ravishda Pelosi Xitoyni ëmon ko‘radi. Uyg‘urlar haqqini talab etib keladi.

Pelosi Kongressdagi o‘ttiz yildan ko‘proq faoliyati davomida Xitoyning ashaddiy tanqidchilaridan bo‘lib kelgan. Bir paytlar u Pekindagi Tyananmen maydonida 1989 yilgi demokratiya uchun namoyishlarni qonli bostirishda halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan ëzuvni ko‘targandi.

Nensi Pelosining 2019 yil Gonkongdagi demokratiya uchun bo‘lgan noroziliklarni qat'iy tarafdori bo‘lgani ham uni Pekinning tanqid nishoniga aylantirdi.

Pelosi o‘tgan hafta Kongressda «Tayvanni qo‘llab-quvvatlash biz uchun muhim» deya ta'kidladi.

Bu Tayvan prezidenti Tssay Ing-ven Pekin tahdidlariga qarshi chiqib uzatgan qo‘li istiqboliga uzangan AQSh siësatchisining qo‘li edi.

Tayvan muhtarami demokratik qadriyatlar va Pelosining qalbiga yaqin liberal siyosatni qo‘llab-quvvatlashini bildirgani bois qars ikki qo‘ldan chiqdi.

MS: Nega Pelosining borishi Xittoyga ëqmavotti ?

RT: Xitoy Tayvanni o‘z hududi sifatida ko‘radi va, agar lozim bo‘lsa, kuch bilan qo‘shib olinishini aytib keladi. Pekinning so‘nggi yillardagi harbiy faolligi shunga qaratilgan.

Pekin Taypey va Vashington o‘rtasidagi barcha rasmiy aloqalarga e'tiroz bildiradi va muntazam ravishda javob berish bilan tahdid qiladi. 1995 yilda Tayvanning o‘sha paytdagi prezidenti Li Teng Xuyning AQShga qilgan tashrifiga javoban Xitoy Tayvan yaqinida dengizda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazib, raketalar uchirgandi.

Ammo to‘qson beshdagi Xitoy bilan hozirgi Xitoyning farqi bor. Hozir ancha kuchaygan.
Xo‘sh, hozir orolni lak-lak askar bilan o‘rab olgan Xitoy Pelosi tushgan uchoqqa bo‘mba otib po‘rtillatadimi? Yo‘q. Zinhor unaqa qilmaydi. Chunki zo‘rdan zo‘r chiqsa, «zo‘r» agar u Xitoy bo‘lsa ham ko‘tini qisadi.

Xitoy Pelosining AQShga uchib ketishiga to‘sqinlik qilish uchun kuch ishlatmaydi. Xitoy AQShdagi tijoriy manfaati uchun harakatsizlikka mahkum.  

Payshanba kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Xitoy yetakchisi bilan gaplashganda Si Tszinpin «Maylin okam, tirikchikka zarar yetmasa bo‘ldi. Shundog‘am pska ko‘zimizani battar qisib, ko‘rmaganga solib turamiz», deganga o‘xshash gapni xonsu tilida aljiragan.

Bayden ma'muriyati ham otga bir qamchi urib, keyin og‘ziga bir siqim arpa tutgan aravakash kabi Amerikaning Xitoy bilan munosabatlarini bir tekisda saqlab qolishni istashini aytib, anularni tinchitgan.

MS: Pelosi nega hozir bordi?

RT: Pelosi Tayvanga aprel bormoqchi edi, ammo koronavirus yuqtirganidan keyin atmen bo‘luvdi.

MS: Tayvan kattalari  nima deb ëtibdi?

RT: Tayvan prezidenti Tssay Ing-ven «ayni muddao, kelsa, uyimiz to‘ri uniki», dedi
Pelosining kelishi Xitoyning Tayvan hukumati bilan hisoblashishdan bosh tortishi va muttasil diplomatik izolyatsiya kampaniyasiga qarshi bir imkoniyat ekanligini Tayvan muhtarami biladi. Tayvan jamoatchiligi Xitoyning birlashish haqidagi talablarini qat'iyan rad etib keladi.

Bu matndan chiqadigan uchta xulosani daptaringizga ëzing. Keyingi darsda so‘rayman.

1. Demokratik davlatda qudratlar ajraladi. Qonun chiqaruvchi qudrat ëshullisiga ijro hukumati ëshullisi bo‘lgan prezident «sen palon joyga bormay tek o‘tir», deyolmaydi. Bu prezidentlarning o‘zi xon – ko‘lankasi maydon bo‘lib, tarvaqaylib ketishdan asraydi.

2. Davlat odamida davlatchi siësat va azmu qaror bo‘lishi kerak. O‘zining siësiy irodasini ko‘rsatib bilishi kerak. Aytib qaytadigan, siydigi yer teshmaydigan, Putinga mo‘ltirab qarab o‘tiradigan iston ëshullilari falajligini ko‘rib turibsiz. Demak, ikkinchi xulosa – bu «Siësiy iroda».

3 . Davlat siësati qamchi va qand tizimidagi murosani ham unutmasligi kerak. Pelosi xola qamchi bilan qarsillatib soldimi? Ja achishib ketmasligi uchun  Bayden doyi «sen o‘zi unaqayam ëmonbassan», deb, shirin gapirib qo‘ygani davlatchilik uchun muhimdir. Tagi yahudiy bo‘lgan ulug‘ ingliz siësatchisi Dizreeli aytgani kabi «davlatning abadiy dushmanlari yo‘q¸ davlatning abadiy manfaatlari bor».

Shu hafta shonli Amerika Qo‘shma Shtatlari davlatchilikdan ikki dars berdi: bittasi, toliblar qo‘ynida asragan terrorchi Aymon Zavoxiriyni bo‘mba bilan o‘ldirib, anëqqa yuvorvordi; ikkinchisi esa, ko‘rshapalakxo‘r xitoylarga enasini ko‘rsatgan Nensi enamiz jasorati. Har bir ena qariganda qancha farishtali bo‘lsa, ëshligida sohibi jamol bo‘ladi. Kennedini ko‘zini o‘ynatgan Nensi Palosi ham «bir mahallar ësh bo‘gan», ammo yuvvosh bo‘magan. Kennedining jasorat olovidan yuragi ëngan bu aël kunimiz qahramoni.

Uyg‘urlarni ezib xor qilaëtgan Xitoyga siësiy iroda nimaligini ko‘rsatgan Amerika Qo‘shma Shtatlariga sharaflar bo‘lsin.

Davlat shunday bo‘lishi kerak. Davlatni boshqaraëtganlarda aniq hadaf bo‘lishi kerak. To‘rtta kuchuk vovullasa qaroridan qaytib chuchvarani atmen qiladigan iston rahbarlariga o‘rnak bu manzara.

Mana bugun qalblarni g‘ururga to‘ldirib AQSh Kongressi Namoyandalar palatasi spikeri Nensi Pelosi uchog‘i Tayvandagi «Sunshan» aeroportiga qo‘ndi.

Pelosi Tayvandagi demokratiya tarafdorlari bilan uchrashishib bir piëla choy  ichadi. Gap bir piëla choyda emas. Gap siësiy irodada.

O‘zbekiston tarixidagi ilk erotik qissalardan biri «Oq bino oqshomlari»ni ëzgan ëzuvchi Nurilla Otaxanovning  Toliblarni oqlashga urinib ëzishi e'tirozga uchradi. Har qanday «mo‘'tadil dindor» qulay iqlim paydo bo‘lishi bilan IShID va Tolibon formatidagi radikalga aylanishi mumkin degan farazga Otaxonov, Mubashshir va yana ba'zi bir «balogir»larning ëzganlari isbotday bo‘ldi.

Dunë bugun paydo bo‘lmadi.  Bizdan oldin ham odamlar yashagan va ko‘rganlaridan hulosalar qilgan Tamaddunning kamida 5 ming yillik tarixi kitoblarda aks etgan. Shu uzoq tarix yetishtirgan faylasuflardan biri Volterdan iqtibos.

«Diniy fanatizm dunëdagi barcha kelishmovchilik va nizolardan ko‘ra ko‘proq jinoyatlarga sababchi bo‘ladi»

Mana bu gapni esa rus faylasufi Aleksandr Gertsen aytgan

«Nafratga va bu nafrat ortidan eng qabix zo‘ravonliklarga o‘ta bu moyil odamlar bular «ultradindorlardir» Samarqandga zamonamizning ulug‘ biolog olimi, Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar kelganida birov bilgani ham yo‘q. Terrorchi toliblar kelganida o‘ynashini ko‘rgan ma'shuqa kabi og‘ushiga talpingan olamonni ko‘rib nima deydi xozirgi faylasuflar.

MS:  «Samarqanddagi xalq tolibon uchun emas, juma namozini muftiy bilan birga o‘qish uchun yig‘ilgan edi» degan alibi parvarish qilinmoqda uzun kun davomida.

RT: Xo‘sh nima bo‘pti? Farqi nima? Nuriddin do‘mla bilan Tolibon mafkurasi orasida fiqxiy ëki taqvoviy farq bormi? Yo‘q. Agar samarqandga Ilon Mask ëki Bil Geyts keluvdi ilmga tashna olomon uni ko‘rishga chiqqan edi deyilsa boshqa gap. Buxoro axli Jirinovskiyga qanday mexr bilan talpingan bo‘lsa, Samarqanddagi tolpa ham Tolibon terrorchilariga shunday mexr bilan talpindi. Buni bilamizku. Ashi mubashshiru xattoblar ichidamiz. Ular kechalar tushida toliblar bilan ashir nashir bo‘lib konchat qivorganini ham bilamiz. Toliblar Kobulni olgan kuni «aliluya» deb bayram qilganlarini ham bilamiz. Tak chto mavzuni haspo‘shlashga shashmang aka. Tosh pastga qarab og‘ib tursa. Saldan keyin pastga qarab enadi. Avomning tolib va IShIDga moyilligini bilamizku. Besh samolet to‘la  Suriyadan qaytarilgan o‘zbek xotin halaj ashag‘ga Toshbolta oshiqni ko‘rgani emas, mujoxid biratlarga sevgisi bois ketgani ham o‘rtada.

Varroq al-tavalit

MS: Tuz og‘a, bilasizmi o‘sha tolibon ketini artadigan tualet qog‘ozi O‘zbekkstonda ishlab chiqariladi. O‘zbek biznesmenlari tolibon ko‘tini o‘rniga og‘zini artmasin deb tualet qog‘ozi ustiga «Bu tualet qog‘ozidur» deya arab imlosida ëzib qo‘yilgan. Bu qog‘oz o‘rikzorda ham sotiladi.

RT: Mahammad Shokir degan cho‘pchakchi arabqul «tualet qog‘ozi ustiga arabcha ëzilgan bo‘lsa, sotib olish joiz emas», deb, «moral kochat» qip tashadi. ورق التواليت – bu arabchada varroq al-tavalit degani. Saudiyadan tortib Misrgacha barcha arab mamlakatlarida ishlatiladigan tualet qog‘ozi ustidagi ëzuv. Har bir tovar ustiga ëziladi. Hatto to‘ng‘iz go‘shti bo‘lsa «Lahmi xinziyr» deb ëziladi. Ëzuv – bu ifoda belgisi. Borliqdagi barcha narsa ëziladi. Hatto Pornhabning arabcha sahifasida barcha seks pozalarning arabchasi ëzilgan. Bundan tashqari arab nasroniy, majusiy va surëniylari ham shu ëzuvda sunniylar nazaridagi shirk matnlarni ëzishadi.

O‘zi bu arabqul do‘mlaning gapi yangi emas. Bundan 100 yil oldin «Qog‘ozga ko‘t artmaslik kerak. Chunki u yerga xudoning kalomi ëziladi «, deya ko‘tni kessakka artilishini joiz qilishgandi. Yuz yildan beri muhokamada bir santimetr ham ilgari siljimabmiz. Yana yuz yildan keyin ham bu do‘mlalar varroqul tuvaletni muhokama qilishadi Vallohi a'lam.

Toliblar Bomiëndagi qadimiy haykalni vayron qilishuvdi, IShID bo‘lsa Halabdagi obidalarni. O‘zbekistondagi qadimiy obidlarni buzish uchun bachchaboz tolib ham vaxshiy IShID ham kerakmas. Poraxo‘r xokim va kadastrchilar bo‘lsa mingta tolibdan ko‘proq vayron qiladi.

MS: Pul bersang lyuboy xokim onasini go‘riniyam sotadi. Bo‘libam Namongonda. Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani mansabdor madaniy meros ob'ektini uy-joy qurish uchun noqonuniy berib yuborilishi oqibatida qadimiy obida vayron qilindi.

RT: Madaniy meros yodgorligi hisoblangan Yangiqo‘rg‘on tumani «Gaiston» mahallasida joylashgan “Gaistontepa” arxeologiya yodgorligiga oid hujjatlar tuman kadastr va qurilish bo‘limi boshliqlari tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda yer uchastkalarini berish masalasini ko‘rib chiquvchi komissiyaga taqdim etilib, ob'ekt noqonuniy ravishda qashshoqlarga  dala hovli qurish uchun ajratilgan.

Oqibatda, “Gaistontepa” arxeologiya yodgorligi 2020-2021 yillar davomida qashshoq Z.M. tomonidan buzib tashlanib, o‘rniga uy-joy qurilgani natijasida tarixiy ob'ektga 80 mlrd. so‘m jiddiy zarar yetkazilgan.

Tekshirish natijasiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Parajanov

Ulug‘ rassom va buyuk kinochi Sergey Parajanov «Sovet hukumatiga qarshi chiqqan» dissident deya qamoqqa tashlangan edi. Qizig‘i shundaki, Tiflisda tug‘ilgan etnik armanini Sovet hukumati «Ukrain millatchisi» deya aybladi.

U suratga olgan «Olis ajdodlar sasi» degan filmi ukrain tilida bo‘lgani va ukrain tarixini xolis ëritgani hozirgi Putinning dodalariga ëqmagan edi. Parajanov qamoqda ëtganida ulug‘ italyan kinorejisseri Federiko Fellini unga xat ëzadi.

Qamoqdagi «vor zakon»larga bo‘ysunuvchi «bratva» Parajanovdan «Fellini kim», deb so‘raydi. «Kaberiya oqshomlarini» suratga olgan italiyan kinochisi, deydi Parajanov.

Bratva volyadagilarga fonar orqali savol yuborishadi. «Rostmi», deb. «Rost», degan javob keladi. Ular nazarida Parajanovning obro‘si oshadi.

Ammo Kuzya degan o‘g‘ri aptini burishtirib, «Fellini biz uchun frayer. Sitsiliya mafiyasi bo‘sa boshqa gap edi», deydi. Shundan keyin Parajanov bo‘lgan voqeani uni qamoqqa ko‘rgani kelgan Andrey Tarkovskiyga aytib beradi. Tarkovskiy Felliniga telefon qilib bildiradi. Fellini bo‘lsa, AQShdagi do‘sti Frank Sinatro bilan bog‘lanib, «yordam berish kerak biratga», deydi.

Sinatro Sitsiliya mafiyasi bilan et-tirnoq edi. Xullas, sal o‘tib, Parajanov jazo o‘taëtgan qamoqqa Sitsiliya mafiyasi xoch otalari imzolagan maktub va ichida choy kofe va sigaret to‘la bo‘lgan posilka keladi.

O‘g‘riboshilar sxodka qilib, rostdan ham bugorri anëg‘idagi bratvadan xat kelganini aniqlashadi. Shundan keyin Sergey Parajanov qamoqdagi bratva himoyasiga o‘tadi. Kimga tashqaridan posilka kelsa, Parajanov bilan bo‘lishishi shart qilib qo‘yiladi.

Parajanov ish qilmay, rasm chizib, qamoqdagi qolgan sro‘kni motat qiladi.

O‘sha paytda u qamoqda chizgan rasmlar va unga kelgan xatlar Yerevandagi Parajanov muzeyida saqlanmoqda.

Assalom O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
8 september 2020
Turkiya sudi 2017 yil 1 yanvar kuni Istanbuldagi tungi klubda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipovni umrbod qamoq jazosiga hukm ...
29 june 2018
O‘zbekistonda 27 iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlandi. Shu kuni hukumat rasmiylari o‘zlari «zo‘r sanagan» ...
22 june 2016
Rassom Tuz va Elsevarlar qatoriga Kirpi taxallusi bilan ijod qiladigan ësh rassom ham qo‘shildi. Shu kunlarda Toshkentda istiqomat qiladigan ...
20 september 2018
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida 25 sentyabrga rejalangan Rauf Parfining 75 yilligi tadbirining taqiqlanishi ortidan feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...