Asosiy mavzular
23 november 2022

EP46: Tabiiy gaz va elektr ta'minotida uzilishlar avj olmoqda

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta navbatdagi shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Buxoroning Shofirkon tumanidan.

Shofirkonda tok yo‘q

«Assalomu alaykum Eltuz. Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida tok yo‘q.
Soatlab tok ketishi natijasida zapravkalarda son-sanoqsiz navbatlar yuzaga kelmoqda.
Hurmatli energetika vaziri. Yozi bilan yallo qilib yurgan tizimingiz bilan qish mavsumiga tayyor emas ekansiz iste'fo bering. Tizimni yosh, ishchan, bilim va salohiyatli rahbarlarga bo‘shating. Shofirkondagi energetika xodimlarining 90 % i 50-60 ga kirgan qariyalar sanaladi. (Bu holat respublikamizda shunaqa)
1 soat emas, 4-5 soatlab tok ketyapti. Siz davlatdagi hamma tizimni:
Ta'lim, moliya-bank, tibbiyot, xususiy tadbirkorlik kabi yuzlab sohalarni izdan chiqarib bo‘ldingiz.» deya yozmoqda shofirkonlik shikoyatgo‘y.

«Chiroqsiz dars qilolmayapmiz…»

«Assalamu alaykum Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida Toshkent davlat Agrar universitetining Samarqand filiali 2020-yilda ochilgan. Ushbu dargohda hozirda bir yarim mingga yaqin talaba ta'lim oladi. Talabalarning asosiy qismi tumanning Daxbed shaharchasida mahalliy aholi xonadonlarida ijarada turadi. Hozirda semestr yaqinlashayotgani sababli ko‘pchilik talabalar mustaqil ta'lim va kurs ishlarini bajarishda qiyinchilik yuzaga kelayapti. Bunga sabab elektr energiyani haddan ortiq ko‘p o‘chirilayotgani yuzasidan murojaat qilyabmiz. Eltuz portalidan mutasaddilarga ahvolni yetkazib elektr bilan bog‘liq muammoni ijobiy hal qilinishiga yordam berishini so‘rab qolamiz.»

«Agar bartaraf etilmasa biz ham mitingga chiqamiz…»

«Assalomu alaykum! Men sizga Samarqandning Pastdarg‘omidan yozmoqdaman.
Vazirning qarori chiqqach, bizda bugun elektor tokini 20 daqiqa berib 1 soat o‘chirishmoqda. Telefonimni soat 12 da quvvatlantirishga qo‘ygandim, hali 75 % dan oshgani yo‘q, ertalabdan beri kamida 10 marta yonib o‘chdiyov. O‘zim uyda edim sanashdan ham adashib ketdim. Bizda gaz yo‘q, 13 yildan beri adashmasam. Mana tok ham bu ahvol, xalq norozi. Agar bu bartaraf etilmasa yaxshilikka olib kelmaydi. Chunki eshitishimcha Buxoroda ham vaziyat yaxshimas deyishdi…»

«Aholi ko‘pligidan chirog‘imiz tez tez o‘chayotgan ekan…»

«Assalomu alaykum. Men Farg‘ona viloyati Furqat tumani Yangi qishloq MFY Mustaqillik ko‘chasidan murojaat qilyabman.
Bizning ko‘chamizda har doimgidek yana svet yo‘q. Aholi ko‘pligidan elektr transformatori ko‘tara olmayabdi ekan. Bir necha bor tuman elektr tarmoqlari bo‘limiga murojaat qildik, keladi ilojini qilib ulaydi, ketgach yana o‘chib qoladi.
Oddiy xalq nima qilaylik ishdan kelsang shu ahvol. Biz tuman hokimligidan qolaversa, shunga mas'ullardan yechimini qilib berishini so‘rardik»

Chorbog‘da chiroqning cho‘g‘i past

«Chorbog‘ MFY Chorbog‘ qishlog‘i Chorbog‘ ko‘chasi fuqarolari nomidan.
Mana 4 xaftadan beri elektr liniyalarimiz nosoz bo‘lib bir faza bo‘lib qoladi 3 oy oldingni prizident kelishiga o‘rnatilgan biton stalbalarimiz hali ulanmagan, transfarmator quvvati aholiga nisbatan juda past ahvolda yetarli quvvat bilan ishlamayabti kuchlanishni ko‘tarolmasdan erib ketgan. Elektrenergiya inspeksiyasiga murojaat yo‘lladik hech qanday harakat bo‘lmadi, faqatgina ko‘zbo‘yamachilik qilishib dalolatnoma tuzilib murojaatga rasmli javob qilishib ketishgan halos. Mahalla raisi ham tuman elektr tarmoqlar korxonasiga boshlig‘i Narimonjon Meliqo‘zievga ham aytishgan chora ko‘rilmadi, telegram orqali shaxsiy profiliga murojaat yo‘lladim ham biror marta javob qaytarmadi bu vallomat oyog‘i yerdan uzilgan bularni. Iltimos svetimiz o‘chishi xam sutkada kamida 5 soat bo‘lmaydi shu masalada elektro energiya vazirligiga yordam berishi uchun mahallamiz nomidan murojaat qilaman.»

+++

Bu sizga o‘qib eshittirganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Turkumga kirmagan ko‘plab shikoyatlarni Eltuz Portalining telegram sahifasida o‘qishingiz mumkin. Ularga tegishli idoralar e'tibor qaratadi deya umid qilamiz. Eslatib o‘tamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
14 september 2025
1990 yilning 20 iyun kunini yaxshi eslayman. O‘sha kuni O‘zbekiston mustaqilligi haqida baënot qabul qilingan edi. Oliy kengashdagi «Erk» ...
24 november 2025
Men o‘zbek segmentidagi Facebook’ni juda yaxshi ko‘raman — haqiqiy yangiliklar portali: tsenzurasiz, to‘siqsiz, hech qachon hech kim ën bermaydigan  ...
16 december 2019
O‘zbekiston Ekologik partiyasi rahbari Boriy Alixonov Chernobil halokatiga sabab bo‘lgan atom reaktori bilan O‘zbekistonda qurilajak reaktorni “Moskvich” va “Lasetti” ...
30 january 2020
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoeva 29 yanvar kuni arizalariga ko‘ra lavozimlaridan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...