Asosiy mavzular
14 january 2023

RTdan va'z: Anomal sovuq teatri

RT: Bugungi juma va'zi qisqa bo‘ladi.

MS: Navchun og‘o, so‘qishdingizmi ë? O‘din oz bo‘lsom gap ko‘p dar adila xonqolilo.

R.T: Matchonboy, bugun ulug‘ ukrain satirigi Nikolay Gogolning “Revizor” spektakliniing yangi talqinini qisqa qilib qo‘yib bersam.

M.S: Ovong og‘o. Bilamiz revizorni. Bir voxtlar Nabi Rahimov Xlestakovni o‘ynagan Hamza teatrida. Keyin esa xivali brat Baxrom Matchanov o‘ynavadi. Shu bilan mustaqil O‘zbekistonda revizor qo‘yilmadi isop.

R.T: 1999 -yili Xorazmdagi Ogahiy teatrida“ Revizor” spektakli qo‘yildi. Bu spektaklda o‘z basharasini ko‘rgan zamhokim Botir Rahimov «davay, to‘xtat bu masxarabozlikni. Avtor oldimga kirsin» dedi. Shunda teatr ijodkorlari avtor 1852- yili o‘lib ketgan deganda bu savodsiz zamhokim «taak » deb o‘sal bo‘lgandi. Shundan keyin Botir Rahimov teatrdan o‘ch olishga qaror qildi. Teatr rahbari dramaturg Quronboy Matrizoevni afisha ëpishtiruvchi xotindan pora oldi deb qamattirdi. Gapning qisqasi bugungi ahvolimizga Botir Rahimov kabi manqurt rahbarlar sababchi

MS: Doniymon vu yetimni. Sigondon botir chiqsa kapasini o‘t qo‘yadi diydilar. Top o‘zi. Sovod- povod yo‘q. Zaporojda taksichilik atar adi. Keyin akasini domkranti bilan xohimlika o‘tvadi. So‘ng xozorapsida hokim bo‘lib urilib getdi mongloyi qoro. TV. EY .EL SI.ni ham shu ëpvadi¸ tabiat va xalq dushmani vu. Qani og‘o, boshlong tiëtrni. Zamon zo‘rniki, tomosha ko‘rniki.

ANOMAL SOVUQ

(Besh ko‘rinishli komediya)

Basharang qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkalama (Xalq maqoli)

Rollarda: Abdulla G‘aribov, – shahar hokimi

Sabzavot Baqlajonovna – hokimning xotini

Sharmandaxon – hokimning qizi

O‘lsinqul Sotilganov – Ta'lim vaziri

Noziqurg‘ur Ëtibberganova – vazirning xotini

Ozodbek Qo‘shiqaytganov – ashula vaziri

Ozodbo‘lgan Qodirov – Sudya.

Sepkilboy Minibyuraverarov – Diniy tujjorlar noziri

Ayvonboy Ustunboev – Pochta vaziri

Pulxo‘r Do‘mbillaganskiy – bloger

Ochopat Bobbilaganskiy – bloger

Aëz Eshako‘ldirganov – Peterburgdan kelishi kutilaëtgan anomal sovuq

Shabada – uning o‘ynashi

Bekzod Bachakushov – shahar bosh tabibi

Firdavs Andreevich Lo‘likov – ko‘chada diafilm ko‘rsatib yuradigan shoumen

Kim Chin Rastakovskiy – Bog‘cha vaziri

Murod Bilding Korobkin – uy quradigan usta

Qamag‘dan chiqqan va endi qamoqqa ketishga tayërlanaëtgan chinovniklar, shaharning pochetnыe o‘ris og‘alari.

Fazliddin Yumuruq – qashqaldoq otuvchi boksyor

Hushtak Ismatov – go‘zal go‘shadagi bloger

Xurkit Irkit – hokimni maqtaydigan shoir

Amaliy Karkidoniy – eshakshunos,

diniy bloger

Urong‘ich Qirchong‘i – hokim eshigida turadigan milisa

G‘arib Abdulin – savdogar

Tanozil Petrovna – shahar kengashi spikeri

Maymunaxon – hokimning shar'iy nikohdagi ikkinchi xotini.

Absattor – hokimiyatda bloknot ushab turadi

Salim Abduvaliev – Hokimning sho‘pri Komediyada

Rossiyadan kelgan parazitlar¸ kidat qilingan investor va uy so‘rab temir daptarga kirtishni talab qilgan gadoylar galasi ham qanashadi.

XARAKTYeRLAR VA KOSTYuMLAR

Rollarni o‘ynaydigan aktyorlarga nasihat o‘rnida

Shahar hokimi o‘z lavozimida hali 10 yil ham o‘tirmagan bo‘lsa-da qarib qolgan. So‘zida turmaydi. Aytadiyam qaytadiyam. Qimmat kostyum kiyib, olcha gulli galstuk taqadi. Kalboshligi bilinmasligi uchun mo‘ylov qo‘ygan. Sabzavotxon Baqlajonovna – Hokimning xotini. Yaqinda operatsiya qilib ozgani uchun ko‘zlari kirtayib qolgan. Parxonacha aktsentda gapiradi agar gapirsa. Asosan jim turadi. Qora uzun jemper kiyadi tovus rasmi yo‘g‘idan. Anomal sovuq – bu keyingi 7 yilda har yili keladigan havo harorati. Asosan Rossiyadan keladi. Basharasi juda xunuk. Birinchi ko‘rinish Ayvonboy Ustunboev pochta vaziri shahar hokimiga qarab: «Shahrimzga anomal sovuq kelmoqda» Sabzavot Baqlajonovna, hokimning xotini: «Kelsa, Shovvozsoyda mehmon qilib, to‘n kiydirib, yana kuzatvoramiz» Sharmandaxon, hokimning qizi: «Anomal Sovuq aka juda chiroyli yigit bo‘sa kerak. Bahonada tanishib olaman» O‘lsinqul Sotilganov, Ta'lim vaziri: «Maktabarni ëpib turamiz. Mehmon xijolat bo‘masin»

Ozodbek Qo‘shiqaytganov, Ashula vaziri: «Ashi mehmon men g‘aribni bitta o‘psin»

Noziqurg‘ur Ëtibberganova, vazirning xotini: «Nega seni o‘parkan ,kal? Mana biza turibmiz ochilib -sochilib»

Bekzod Bachakushov, shahar bosh tabibi: «Shamollab qolmang, yanga. Anomal sovuq aka bilan achomlashaman deb».

Fazliddin Yumuruq, qashqaldoq otuvchi boksyor: «Qashqaldoqni otaman keyin esa ëtaman»

Sharmandaxon, hokimning qizi: «Voy man bilanmi?»

Abdulla G‘aripov, shahar hokimi: «Nima qilamiz endi?»

Tanozil Petrovna, shahar kengashi spikeri: «Otrabotaem»

Eshik qoqiladi, «Taq, taq, taq».

Kim Chin Rastakovskiy, bog‘cha vaziri: «Petrburgdan maxsus ërliq bilan anomal sovuq tashrif buyurdi. Kutib oling.»

(Sahnaga Aëz Eshako‘ldirganov o‘ynashi Shabadaxon bilan kirib keladi.)

Aëz Eshako‘ldirganov: Tata tam. Mana men…

(Soqov sahna. Hamma sovuqdan qotib qolgan.)

Parda tushadi. Qarsaklar Aziz tomoshabin. Komediyaning keyingi ko‘rinishlarini sizning nazaringizda nimalar yuz beradi?

MS: Duz og‘a, indi bu satira bo‘libdi. Real bo‘lg‘on voqeani ham otib barsangiz

MADANIYaT KO‘ChASIDAGI JINOYaT

Matchonboy, senga hikoya qilmoqchi bo‘lgan voqea 2023- yil ,2 -yanvar tungi soat birda yuz berdi. O‘sha tun sirli edi. Shu qadar sirli ediki, har bir odam yo‘ldan ozgisi kep ketardi. Buxoroning Kogon shahridagi “Madaniyat ”ko‘chasi o‘z tarixida qancha qonli voqealarni ko‘rgan. Ammo bu safargisi… “Madaniyat” ko‘chasidagi 35 yashar xotinning uyiga 40 yashar tanish erkak yarim kechasi aroq ko‘tarib keladi. Bu xotin «bayram o‘tib ketdi-ku, xay. “Araq xo‘rdanba sabab nest-ku» desa, anavi erkak: «Qanay bo‘lib bir marta anomal sovuq kelopti, shunga ichmasak qachon ichamiz,» deydi. Logika – beton. Birinchi qadah yangi yil sharafiga ichildi. «Kogon, Olot, Kegayli, bir safar indamasdan ichgayli» deb, ikkinchi qadahni tostsiz urishdi. Birdan bu xotinning esiga bir narsa tushib qoldi: «Uch yil burun juda dag‘al bir ish qilib eding menga, ko‘rsataman endi senga». Xullas u «anaqa» dedi¸ bu “manaqa” dedi. Kogonlik xotinlarning jahli tez bo‘lishini lyuboy buxorolik biladi. Xullas bu xotin shartta pichag‘di olib, bu erkakning qorniga tig‘ib-tig‘ib oldi. (Tergov hujjatida 6 marta tiqqani ëzilgan. Erkagam “o‘lmas koshshey” ekan – tirik qoldi). Hamma ëq qora qon bo‘ldi. Ammo bu xotin hayajonda qilib qo‘yg‘an ishidan pushmon bo‘lib, duxtir chog‘irdi. Kogon shahar Tibbiyot birlashmasidagi qarako‘llik duxtirlar bu bachani qornini tikib, qutqarib qolishdi.

Hippokrat ontini ichgan duxtirlar sekin milisaga ham telefon qilishdi: «nojevoy raneniya yesli shto‘», deb. Milisalar kelib, mojaroga bu xotinning eri ham aralashgani, er narigi xonaga chig‘ib ketganida bu yashshamugur meymon xotinning emchagini ezg‘ilamoqchi bo‘lgani haqidagi iddaolar ham o‘rtaga chiqdi. Xullas namanganlik bog‘cha opa aytganiday: «Bayramdiyam ko‘tiga tig‘ishdi»

Mazkur holat yuzasidan Kogon shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Eng muhimi hech kim go‘rda emas.

O‘siroq kampir paraddagi marshalmi?

MS: Koshki go‘rda bo‘lsa adi? Ishitdingizmi? Namongon va umuman Parxona qishlag‘larida yangi mo‘da. Umradan qaytganlar uchun ko‘chaga bir kilometrlik ko‘rpacha, gilam va shoyi- atlasdan poyandoz solinadi. Bu o‘siroq kampir Gilterni o‘ldirib galgan marshaldin bo‘lib yuribdi.

(Video)

Tasavvur qiling, bir o‘siroq kampir umradan qaytyapti. Uni xuddi Falastinni yahudlardan ozod qilgan mujohid-fotih kabi kutib olishyapti. “Bu kampir bosib o‘tsin” deb xotinlar ustidagi kiyimlarini yechib, oëg‘i tagiga tashlashdi. Bitta xotin ustidagi kiyimni yechib, bir qat ichki kiyimda emchaklarini dirillatib turibdi. Illo, shu ekskursiyadan kelgan kampir bosib o‘tib, ashi kiyimda tavarik qilsin. Juvonlar o‘z bachalarini ham kampirning ayag‘i ostiga tashashadi. Ustidan tepkilab o‘tsa tavarik, deb. Yana bir detal. Umradan qaytgan xotinlar trusi, emchak xalta va sassiq jo‘roplarini yuvmay, o‘z qarindoshlariga padarka qilar ekan. Muqaddas jaydi hidi kepturibdi deya hidlab, qo‘ynida olib yurisharkan bu sassiq paypoqlarni odamlar.

Bu – nima? Bu – shirkdir! Bu o‘siroq kampirlardan but yasaëtgan avom sovuqda dildirash va is gazidan ëki doridan tappa-tappa o‘lishga majbur. Battar bo‘lish, piypl.

MS: Sho‘rda to‘xtab ënqi gapni oyting!

RT: Assalom O‘zbekiston juma muborak!

@eltuz

Tag‘in o‘qing
10 september 2025
Toshkentda sodir bo‘lgan navbatdagi dahshatli voqea butun jamiyatni larzaga soldi. Uch yil avval qizchasini ayiq oldiga oldiga uloqtirib, o‘zining ...
8 march 2016
O‘zbekistonda chiqayotgan gazetalar sahifasiga «yuksak islohotlar samarasi» sifatida onalar o‘limi kamaygani, kollej bitiruvchilarining uy ishlariga «band» qilinayotgani, o‘zbek hukumatining ...
13 june 2018
Toshkent shahrining bosh imom-xatibi Anvar Tursunov 13 iyun kuni 60 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda «Eltuz»ga imomning yaqinlari xabar ...
5 march 2019
Shu kunlarda ba'zi bir ishlar bilan band bo‘lganim sababidan kanalga yozishga vaqtim bo‘lmayapti. Ammo Navoiy tili haqidagi postlardan so‘ng ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...