Asosiy mavzular
20 january 2023

EP55: Tovuqxonasi tortib olingan fermer, sovuq qish va gaz tanqisligi

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Xorazm viloyatining Shovot tumanidan. Parrandachilikka ixtisoslashgan ferma egasi Muyassar Abdullaeva bir necha yil avval o‘ziga tegishli bo‘lgan bostirma va omborxona binolari noqonuniy tortib olingani, bugungi kunda esa sud va prokuratura idoralari eshigida sarson bo‘layotganini aytmoqda.

Binolarimizni nohaq tortib olishdi
(video murojaat)

Gaz idorasi xodimlari dam olish kunlari ham ishlamoqda

«Qashqadaryo viloyati Dehqonobod Tumangaz tashkiloti ishchi hodimlarini shanba – yakshanba kunlari ham majburiy ishlatib kelmoqda. Ammo ish haqiga kelsak o‘zgarish bo‘lmaydi, ishbay asosida to‘g‘ri taqsimot yo‘q, rahbarlar xohlagan ishini qiladi. Oddiy ishchilar ezilmoqda, bu nohaqlikning yechimi bormi kimdan yordam kutaylik?»

Buxorodagi «masxarabozlik»

«Buxoro viloyati Vobkent tumanida paxta to‘qimachilik klasteri homiylik qildi deb kam ta'minlangan aholiga kundalik oziq ovqat tarqatildi. Harajatlar fermerlardan 160 ming so‘mdan naqd terib olindi, ana masxarabozlik«

Gaz ham chiroq ham o‘chayapti

“Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Saroy Feron ko‘chasidan murojaat yo‘llayapmiz. Gaz o‘chib qoldi. Aholini ogohlantirmasdan chiroqni ham soatlab o‘chirishyapti. Transformatorlar yoz bo‘yi qarovsiz yotdi. Mahalla va elektr korxonasi qishga avvaldan tayyorgarlik ko‘rsa bo‘lar edi-ku!
Gaz o‘chgach, eski quvurni yana yamashdi. Yangi quvur qo‘yishsa yaxshi bo‘lardi. Gaz o‘ynashidan uyimizda pechka yonib ketdi. Uyimiz ham yonib ketishiga bir baxya qoldi. Mutasaddilar holatni nazoratga olishini so‘raymiz”.

Toshkentning muzlagan ko‘chalari

“Toshkentning Labzak dahasi Zulfiyaxonim ko‘chasidan murojaat qilyapman. Katta yo‘l qordan yaxshi tozalanmadi. Piyodalar yo‘lagida ham qor uyulib yotibdi. Ichki hovlilarda yaxmalak hosil bo‘lgan. Aholi, ayniqsa, qariyalar qiynalyapti. Qor og‘irligidan ayrim daraxtlar sinib ketdi. Ko‘p qavatli uy tomlarida katta-katta sumalaklar hosil bo‘lgan. Xudo ko‘rsatmasin, birovning boshiga tushsa fojia ro‘y berishi mumkin. Odamlar hushyor bo‘lib yursin. Kommunal xizmatlar holat bo‘yicha amaliy yordam bersa yaxshi bo‘lardi.

YeXHT idorasi qarshisidagi piyodalar yo‘lagi svetoforida tugma qo‘yilmagan. Bu yerda piyodalar avariyaga uchrashi ham kuzatilmoqda. yo‘l harakati xavfsizligi vaziyatni nazoratga olishini so‘rab qolamiz”.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
28 july 2017
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi marhum prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimova jinoyatiga oid tafsilotlarini ochiqladi. Bunga ko‘ra, u 5 yilga qamalgan, ikkinchi ...
12 may 2023
Toshkent shahar IIBB axborot xizmati rahbari Nilufar Isaxonova  ko‘chada yuzlab odamlarning Stalinni olqishlab, qichqirishini qonuniy deb baholadi.
11 november 2019
«Eltuz» nashri «Yozarning sasi» ruknida taniqli o‘zbek shoirasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, 67 yashar Qutlibeka Rahimboevaning millat va ...
24 february 2021
Islomda ko‘p cheklovlar mavjud bo‘lsa-da, jinsiy mavzu doim e'tiborda. Xotin-qizlarga seksual ob'ekt sifatida qaralishi islom dinining ustunlaridan biri, desak ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...