Asosiy mavzular
8 may 2023

Rossiya armiyasiga chaqirilayotgan o‘zbeklar, Ichon qal'adagi zararli qurilish, gaz va ipoteka muammolari – EP74

Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Rossiyaning Moskva shahridan kelgan. Dastlabki maktub Samarqand shahridan.  Samarqandlik fuqaro referendum arafasida yog‘ arzonlagani ammo bankirlar kelib ipoteka kreditlarni to‘lashni talab  qilayotganidan nolimoqda. Ammo kotlet aloxida, pashsha alohida. Xatni o‘qiymiz.

«Samarqand shahridan murojaat qilyapmiz. Shodiyona MFY tozalik va bayram munosabati bilan yig‘ilish chaqirib, har bir xonadon vakili o‘zini hurmat qilgan holda kelishi shartligini yozibdi. Mahalla ma'muriyati shunday ohangda murojaat qilishi to‘g‘rimi? Referendum arafasida 480 minglik un va un mahsulotlari teng yarmiga, yog‘ mahsulotlari esa 20 minggacha arzonlagan. Ammo ipoteka krediti bo‘yicha bankirlar oqshom soat 22:30 da ham aholi xonadoniga kelib kreditni to‘lashi kerakligi, aks holda chiqarib yuborilishi haqida gapirmoqda. 

Kechqurun bank xodimlarining aholi uyiga kredit talab qilib borishini qanday izohlash mumkin? Bilishimcha, Markaziy bankning 3262-sonli qarorida aholi uyiga kredit so‘rab borish mumkin emasligi,  faqat xat jo‘natilishi kerakligi aytilgan. Bank xodimlari va yuristlari aholi mol-mulkini xatlab ketmoqda. Sudyalar aholi sudda  qatnashmasa ham qaror chiqarib yuborayotgani haqida xabarlar bor».

Qonunga ko‘ra, olingan kredit vaqtida to‘lanishi kerak. Konstitutsiyani qabul qilish maqsadida tarqatilgan yog‘ esa alohida mavzu.  Navbatdagi maktub ancha jiddiy. Yunesko ochiq osmon ostidagi noyob obida sifatida ro‘yxatga olgan Ichon qal'a xududida boshlangan qurilish yuzasidan. 

«Ichan-qal'a   Davlat muxofasasiga olingan, Yuneskoning obidalar ro‘yhatida turuvchi Ichan-qal'a shaharchasi devorlarining yonginasida yangi zamonaviy qurilish ishlari boshlangan.  Tarixiy hududda yangi qurilish ishlarini olib borish qanchalik to‘g‘ri? Yuneskodan ruhsat olinganmi? Agar ruhsat bo‘lsa, Yangi ob'ekt Tarixiy makonning husnini buzmaydimi? Axir bino balandligi Ichan-qal'a devorlaridan balandroq bo‘lishi mumkin-ku. Tarixiy muhitga zarar keltirilsa, Yunesko bu joyni o‘zining ro‘yhatidan chiqarib yuborishi hech gap emas. Mas'ullardan bu masalada aniqroq ma'lumot berilishini so‘rab qolamiz».

Keyingi maktub, gaz idorasi xodimlariga va'da qilingan xayitlik pullarining berilmaganiga oid.

“Hududgazta'minot” AJ tarkibidagi filial bo‘limlarida ishlaymiz. 19 aprel kuni Ramazon hayiti munosabati bilan xodimlarni mehnat haq to‘lash miqdorining yarmi hajmida mukofotlash bo‘yicha buyruq chiqqan edi. Mana, aprel oyi xam tugayapti, ammo bayram puli berilmadi, oylikdan darak ham yo‘q. “Hududgazta'minot” AJ moddiy rag‘bat masalasini hal qilib berishini so‘raymiz.

Keyingi maktubni Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbek migranti yo‘llamoqda. U yerda ahvol jiddiy, iqomat huquqi evaziga urushga borish taklif qilinmoqda. Bormaganlarga esa o‘ylab ko‘rish uchun muddat belgilanayapti.

«Moskvadagi Saxarov migratsiya markazida armiyaga borishga targ‘ib qilishyapti. Rossiya armiyasida xizmat qilish evaziga fuqarolik va pul taklif qilinyapti. Avval armiyaga bormaganlarga o‘ylab ko‘rish uchun muddat berilyapti…»

Ha, o‘ylab ko‘ring, birinchidan O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra begona davlatning armiyasi safida jang qilish jinoyatdir. Ikkinchidan bu urush Rossiya g‘alabasi bilan tugamaydi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra rus armiyasining salkam 20 mingga yaqin askari o‘ldirilgan va asir olingan.

Va so‘nggi maktub Qashqadaryoning Kitob tumanidan. Shikoyatgo‘y Tupchoq mahallasiga suyultirilgan gaz to‘liq yetkazib berilmaganidan shikoyat qilmoqda.

«Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Tupchoq MFY aholisiga suyultirilgan gaz to‘liq yetkazib berilmadi, oqibatda gaz shoxobchada 300-350 ta ballon boʻsh holda yotibdi. Aholi gazsiz qiynalmasin, amaliy ko‘mak berilsa bo‘lar edi…»

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
25 february 2022
Chegaradan 40 km uzoqlikdagi Xarkov shahrining ham olinmaganligi rus armiyasining ahvoli ChATOQLIGINING isbotidir. Xabarlarga qaraganda, rus armiyasi Xarkov shahri ...
20 october 2025
Moskvadagi otel bu safar lyuks emasdi. Tavfiq Malikov turklar uchun ikki kunga Akademiya mehmonxonasidan xona ajratgan edi. Anjuman bir ...
2 march 2021
“Qizlarim qaerdaligini bilmayman. Xotinim esa kechalari bilan uxlay olmaydi. Men g‘amga botdim”. O‘n minglab odam qatori Xitoyning “qayta tarbiyalash ...
12 october 2025
Amerika Urushni o‘rganish instituti Ay Es Dablyu Moskva «Nol faza» deb ataluvchi bosqichga — Alyans bilan to‘qnashuv tayyorgarlik bosqichiga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...