Asosiy mavzular
24 may 2023

Rossiyaga sodiqlik, provakator hujumi, umra va qimor – 600’46

Kuni kecha Andijonda o‘zlarini «To‘maris izdoshlari» deb atagan guruh parkda o‘z partiyasi uchun imzo yig‘aëtgan Xidirnazar Olloqulovga tashlandi va uni kaltakladi. Bunday xujumchilarni ilgari Toshkent va Urganchda ham ko‘rganmiz. 

 2019 yil ëzida esa artistlar haqida ëzadigan sariq matbuot «Sayëd» shotiri Sardor Komilov hujumchi provakator o‘laroq mehmonxonaga bostirib kirgan? Xyuman Rayts Uotch vakili Stiv Sverdlov yashaydigan joyga bostirib kirib xalqaro tashkilot vakilini haqorat qilgan edi.

+++

Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyat filiali rahbari Aybek Ro‘ziev va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi vrachi Narzillaev Mahmud G‘ijduvoniy ko‘chasida yashaydigan Qilichevadan hamshiralikka ishga qabul qilish uchun 300 dollar olaëtgan paytda ushlandi. Poraxo‘rlar qamoqda. 

+++

Toshkentda 200 kishining 15 milliard so‘mini  o‘margan din tujjori 9 yilga qamaldi 

Toshkent shahar sudining ma'lum qilishicha,  sudlanuvchi jinoiy sheriklari bilan 200 dan ziyod kishini «diniy rivoyat bilan aldab», ishonchiga kirib, avtomashina va turar joylar olib beramiz deb, o‘zlari tuzgan MChJ hisob raqamiga katta miqdordagi pullarni tushirib olgan va o‘z maqsadlari yo‘lida ishlatib yuborgan.  

Jabrlanuvchilarning bildirishicha, bu hojakaning firmasi “penya” yo‘qligi, foiz stavkalari deyarli mavjud emasligi to‘g‘risidagi haqiqatga zid bo‘lgan ma'lumotlarni tarqatib, aholining diniy e'tiqodidan foydalanib, ularni aldagan. Ribo yo‘qligini aytib, islomiy tarafdan ishonchiga kirib olgan.

Xabarga ko‘ra, sudlanuvchi jinoiy sherigi bilan oldindan til biriktirib, 2022 yilning 10 yanvar kuni Chilonzor tumanida MChJ tashkil etgan. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, ushbu jamiyatni  pulga o‘ch taniqli blogerlar yordamida reklama qilib, ijtimoiy tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi firma sifatida ko‘rsatishga erishgan.

Keltirilishicha, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar miqdori 15 milliard so‘mni tashkil etadi. Jinoiy guruhning bir nafari jazo tayinlash uchun sudga olib kelingan. Uning jinoiy sheriklaridan biri qidiruvga berilib, qolganlariga nisbatan ish alohida yuritish uchun ajratilgan.

Sudlanuvchi Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining hukmi bilan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Aprslar qamoqda…

+++

22-may kuni “Putinning g‘amgin  qirchang‘isi” nomini olgan Lavrov Moskvada O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan muzokara o‘tkazdi. 

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, “ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar sanksiya cheklovlariga qaramay, barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanmoqda”. 

O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlik kasofati bois g‘arb sanktsiyalari ostida qolishi kutilayogan Markaziy Osiyo davlatlaridan biridir. 

Ënginagizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan habar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuz kanaliga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
16 september 2016
Bugun Jizzaxga Mirziyoev kelishi munosabati bilan qo‘y so‘yiladi. Bu viloyatda u hokimligi davrida nimalar qilmadi, ayniqsa Karimovning ko‘nglini olish ...
19 november 2025
Ovsar o‘zbek ommasi Gitler faqat yahudiylar va lo‘lilarni qirg‘in qilgan deb biladi. Shu boisdan antisemitizm qulog‘idan oqib yotgan bu ...
7 april 2025
Shvetsiya hukumati Kievga (taxminan 1,6 milliard AQSh dollari) miqdoridagi eng yirik harbiy yordam paketini e'lon qildi. Bu haqda mamlakat ...
31 march 2023
Shu kunlarda eltuzning jumbul jamoati quësh chiqqandan quësh botganga qadar yemak ichmakdan, ëmon gaplardan tiyilib, tangri taborak rizoligi uchun ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...