Asosiy mavzular
1 june 2023

Tashkent hokimi Ts-1 dagi do‘kon va kafelarni buzishga jur'atni qaerdan oldi?

O‘tgan hafta oxirida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkent shahrining yangi hokimi Shavkat Umurzoqov bilan birga poytaxt markazi – Ts1 ni kezdi.

Mirzo Ulug‘bek tumani hududiga kiruvchi bu hududda oxirgi yillarda ko‘p qavatli turar joy binolarining birinchi qavatlari kafe va do‘konlarga aylantirilgan. 

Ts-1 O‘zbekistonning eng qimmat hududi hisoblanadi. 

Abdulla Aripov birinchi qavatda ochilgan kafe va do‘konlarga qarata barmog‘ini bigiz qildiyu Shavkat Umurzoqovga qarab, mana bu, mana bu, mana bularni buzasan, dedi.

Bosh vazir amri – vojib. 

Bosh ustiga dedi, hokim.

29 may kuni Shavkat Umurzoqov shahardagi setor rahbarlari bilan bir kun avval borgan joylarini yana kezdi va Bosh vazir buyrug‘ini aynan takrorladi.

Bosh ustiga hokimbuva, deyishdi sektor rahbarlari.

30 may kuni esa Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xodimlari tomonidan qator tekshiruvlar o‘tkazildi, ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatlarida o‘zboshimchalik bilan uzaytirish holatlari aniqlandi. 

Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumani Ts-1 hududidagi bir qator xonadonlar egalariga nisbatan jami 80 million so‘mlik ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirildi.  

Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning o‘zgartirilgan hududlar binolar egalari tomonidan avvalgi holatiga qaytarilishi qayd etildi.

Shu kunning o‘zidayoq do‘konu kafe egalari Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘i va hokim o‘rinbosari nazorati ostida qurilgan inshootlarni buza boshladilar.

Ammo ko‘plab do‘kondorlar berayotgan yagona savol budir: Shu paytgacha gulday turgan joylarni buzishdan kim manfaatdor bo‘lishi mumkin? 

Toshkentliklar berayotgan savol esa: Nega Yunusoboddagi Universam atrofidagi do‘konlar emas, aynan shahar qoq markazidagi qimmat kafe va do‘konlar buzilmoqda?

Mahalliy tadbikorlar berayotgan bergan tag‘in bir savol: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi shu paytgacha “o‘zboshimchalik”dan bexabarmidi?   

Tahlilchilar berayotgan savol esa budir: Prezident saylovi arafasida bunday buzdi-buzdilardan qanday maqsad ko‘zlanmoqda? 

Bu savollarga javobni faqat bir kishi – Toshkent shahar hokimiga buyruqni bergan bosh vazir biladi.

Xullas, 30 yildan buyon shu ahvol. Biri  pulni olib, qur, deydi, u ketgach, ikkinchisi, men bu yerda xo‘jayinman – buz, deydi. 

Bloger Mufasa bu holatni sichqon-mushuk o‘yiniga o‘xshatdi: Xo‘p, eski biznesmen-hokimning «kirdikorlari» fosh qilinib, binolar buzib tashlandi, hozirgi prokuror-hokimning qarorlariga asoslanib tadbirkorlar boshidan qurdi deylik. Keyin, masalan militsiya-hokim kelib, bu prokuror-hokimning qarorlarini otmen qilib tashlamaydimi? A, bu «sichqon-mushuk» o‘yinidan nega tadbirkorlar zarar ko‘rishlari kerak?

Eltuz Toshkent markazidagi buz buz ishlarni kuzatishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni, videolarimizga layk bosishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
17 october 2019
O‘zbekiston siësiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy haëti yangiliklarini ëritib kelaëtgan togri.uz sayti faoliyati 14 oktyabrda to‘xtatildi. Sayt muharriri Xurshid ...
4 march 2022
Bahor kelsa, o‘rtoqlar, uyg‘onadi o‘tloqlar. Mana o‘lmagan qul bahorga ham yetdik. Og‘zimiz ko‘kka tegadigan bo‘ldi. Ko‘k barak, ko‘k somsa. ...
19 august 2022
Bugun 19 avgust tarixiy kun. 1991 yilning aynan 19 avgustida O‘zbekistonning mustaqil bo‘lishi uchun Moskvada zamin xozirlangan kun. O‘sha ...
22 may 2016
Tojikiston konstitutsiyagi o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutgan referendum prezident Imomali Rahmon hokimiyatini amalda yanada mustahkamlashga qaratilgani aytiladi. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...