Asosiy mavzular
28 june 2023

Egizaklarni kim o‘ldirdi?

Toshkentlik ayol Dilrabo Sherova akusher-ginekolog Dilya Sataevani 26 haftalik egizak farzandlari o‘limiga sabab bo‘lgan ehtiyotsizlikda aybladi.    

25 yashar Dilrabo Sherovaga ko‘ra,  22 iyun kuni belida kuchli og‘riq paydo bo‘lgach,  tez yordam mashinasida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 6-roddomga olib ketishgan.   

Sherovaning iddao qilishicha,  unda kuchli og‘riq bo‘lishiga qaramay,   qabulxonada uzoq vaqt kuttirishgan va co‘ngra osma ukol berib,  qarovsiz qoldirishgan.   

Uning ta'kidlashicha,  vrach Dilya Sataeva unga nisbatan nihoyatda qo‘pol munosabatda bo‘lgan.  

«Nega baqirasan, sendan boshqa kasal yo‘qmi? Bu nechinchi marta kelishing, uyalmasdan to‘rt marta yotib chiqding, endi jim kut, deb, jerkib chiqib ketti,» deydi Dilrabo Sherova.  

U kasalxonaning ginekologiya bo‘limida kechki soat 21:30 gacha yotgan va so‘ngra tug‘ruq stoliga yotqizilgan.  

Sherovaning iddao qilishicha, kasalxona xodimlari uning bolalarini «qutqarishga urinmayotgani aniq edi».  

Ayol soat 21:45da birinchi farzandini dunyoga keltiradi. 

«Biroq, xonada tug‘ish uchun hech narsa tayyorlanmagan, hatto yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘rash uchun mato ham yo‘q edi,» deb eslaydi u.   

Ayolga ikki farzandi dunyoga kelishidan oldin, ehtiyoj bo‘lmasada, narkoz berishadi.  Soat 22:45 da Sherovaning ikkinchi farzandi dunyoga keladi.   

Uning ta'kidlashicha, ikkala farzandi ham tug‘ilgandan so‘ng darhol maxsus jihozlarga qo‘yilmagani uchun vafot etgan.   

“Farzandlarim o‘limi sababi so‘ralganda, bolani infeksiya bosgan,  qorayib ketgan, degan yolg‘on bahonalar aytildi. UZD xulosalaridan bolalar sog‘lomligi ko‘rinib turibdi,” degan Dilrabo Sherova Eltuzga ultratovush videosi va qo‘shimcha hujjatlarni yo‘lladi. 

Sherova endi vrach Dilya Sataevaga nisbatan tegishli choralar ko‘rishni talab qilmoqda.

U shikoyat bilan prokuraturaga ham ariza yozishini bildirdi.

«Maqsadim, farzandlarim qaytib kelmasada, yetarli chora ko‘rilishini so‘rash va boshqa ayollar mendaqa qiynalib vijdonsiz vrachlarga ishonib qolmasliklari uchun ogohlantirish,» dedi ikki farzandidan ayrilgan ayol.     

Tag‘in o‘qing
19 january 2021
O‘zbekiston rasmiylarining bildirishicha, 2017 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda chaqaloqlarni sotish va sotib olish bilan bog‘liq 185 ta holat ...
25 february 2022
Qadrdonlarim bormisiz? Omonmisiz? O‘tgan xafta kasal bo‘lganlar bugun tuzalganidan¸ o‘tkan hafta puli yo‘qlar bugun boyib bitib ketganidan xursandman. Bugun ...
11 march 2020
Bir guruh o‘zbek faollari 11 mart kuni Shveytsariya hukumati va mas'ul idoralariga marhum prezidentning katta qizi Gulnora Karimova o‘g‘irlagan ...
15 august 2019
Komil Allamjonovning blogerlar postlar ostidagi izohlar uchun ham javobgar bo‘lishi haqidagi bayonoti qizg‘in muhokama qilinmoqda. Shu muhokamalarda ko‘zim tushgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...