Asosiy mavzular
30 august 2023

Shuxrat Bobojon o‘z kutubxonasini Urganch muzeyiga sovg‘a qildi

Rassom va jurnalist Shuhrat Bobojonov o‘zining tarix¸ tasviriy san'at va mumtoz adabiëtga oid kitoblar yig‘ilgan kutubxonasini Urganch zamonaviy san'at muzeyiga hadya qildi. Shu bilan birga rassom bundan 30 yil oldin chizgan «Arslon ovi» degan asarini ham muzeyga sovg‘a qildi. Rassomning bu sovg‘asi «Mening milliy merosga hissam» tadbiri doirasida amalga oshdi. Kutubxona va rassom asari taqdimoti xalqaro YUZUK tashkiloti rahbari tarixchi Dilbar G‘afforova ishtirokidagi tadbirda  joriy yilning 5 santyabrida bo‘lib o‘tadi.

5 may kungi tadbirda taniqli chex rassomi Otto Bubenechek va xozir AQShda yashaëtgan rassom Davron Yo‘ldoshev asarlari xalqaro YUZUK tashkiloti hamda O‘zbekiston Chexiya do‘stlik jamiyati tarafidan muzeyga tuxfa qilinadi. Tadbirda  Chexiyanig O‘zbekistondagi favqulloda va muxtor elchisi qatnashadi.

«Urug‘ unib chiqishi uchun unumdor tuproq kerak.  Bolalikda o‘qigan kitoblarim bo‘liq tuproq kabi meni unib o‘stirdi. To‘rtinchi sinfda Mopassanning «Azizim» romanini o‘qib o‘tirganimni ko‘rib o‘qituvchi Norjon opa hayron bo‘luvdi, «bolalar shu kitobni o‘qiydimi» deb. Bolalar ë kattalar uchun kitob yo‘q. Yaxshi kitob va ëmon kitob bor. Men yaxshi kitoblarni o‘qiganimdan minnatdorman. 20 yil oldin bu kitoblar Urganchdagi ustaxonamda turgandi. 20 yil asrab avaylangan kitoblar muzey kutubxonasidan o‘rin oldi. Bu kitoblarni bo‘lajak rassomlar o‘qishini istardim» dedi Shuhrat Bobojon.

Shuhrat Bobojon 1963 yilda Xorazmda dunyoga keldi

1984 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat instituti badiiy grafika fakultetini tamomladi.

Chingiz Axmarov, Malik Nabiev, Yanis Salpinkidi, Isfandiër Haydarov, Ro‘zi Choriev, Abdumo‘min Boymatov va Shavkat Abdusalamov kabi atoqli rassomlar qo‘lida saboq oldi.

Institutni tamomlagach, Urganch shahar suratlar galereyasida bosh muhofiz sifatida ishladi va zamonaviy rangtasvir asarlarini to‘play boshladi.

1986 yilda “Xufiyona bo‘sa” suratini Moskvadagi “Pokazыvayut molodыe” ko‘rgazmasiga qo‘ydi.

Ushbu kartina 1987 yilda Tokiodagi ko‘rgazmada Yaponiya San'at Akademiyasining oltin medaliga sazovor deb topildi.

Ayni yili Shuhrat Bobojon Sovet Ittifoqi rassomlar ittifoqiga qabul qilindi.

Rassom “Ming bir kecha” nomi ostida fantastik sharqona realizm janrida suratlar yaratdi.

1988 yilda sharqiy Olmoniyadagi Reclam nashriyoti tomonidan chop etilgan o‘zbek xalq ertaklari kitobiga suratlar chizdi.

2010 yilda esa Shuhrat Bobojon Bryussel shahrida Andijondagi xunrezliklarning besh yilligi munosabati bilan “Andijon yomg‘iri” qum kompozitsiyasini namoyish etdi.

Shuhrat Bobojon nafaqat rassom, balki muxolifat faoli va jurnalist sifatida ham tanilgan.

Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Videolarimizga layk bosishni, kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
3 october 2025
O‘zbekistonning energiya iste'moli yildan yilga o‘sib bormoqda va bu ehtiyojni qondirish maqsadida mamlakat hukumati Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda yirik ...
4 december 2017
O‘zbek qamoqxonasida 21 yil ëtgan dissident, qashqadaryolik Murod Jo‘raev 65 yoshida 4 dekabr kuni vafot etdi. «Erk» demokratik partiyasi ...
6 april 2020
Ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida “Otarchilar, yo‘taling”, “Ozodbek, day million” degan chellenjlarga javoban “O‘zbekkontsert” davlat muassasasi axborot xizmati bildirgi chiqardi. ...
4 august 2022
Qo‘limizga tushgan bir dasta hujjatlar O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi kimlarning qo‘lida qolgani-yu, nimalar bo‘layotganini ro‘y-rost ko‘rsatib qo‘ydi. Agar Ginnesning firibgarlik, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...