Asosiy mavzular
15 september 2023

O‘lik haqida faqat haqiqat aytiladi – RTdan va'z

Aziz asrimizning aziz onlari

Aziz odamladan so‘raydi qadrin

Fursat g‘animatdir. Shox satrlarla

Bezamoq chog‘idir umr daftarin

MS. Go‘tarildi shamal. Go‘rindi tom. Bini ëzdi G‘opr G‘ulom. Nichiksizla, xo‘jik brri! mo‘chchi oybikala. 

RT: Matchonboy xorazmcha gaplamasin, degan taklif tushdi.

MS: Navchun oxr og‘o. Nemischa gaplayinmi ë. Das ist, fantastish!

RT: Muhtaram tomoshabin, agar Matchonboy xorazmcha gaplayversin desangiz, yutubning izoxlar qismida 1 raqamini ëzib qoldiring. Agar nemischa gaplashini istasangiz 2 raqamini ëzib qo‘ying. Keyingi juma sanab ko‘rib, qaror qabul qilamiz.

MS: Gitler kaput, xendi xox.

RT: Shoshilma Matchon nemischa gapirishga, o‘z bilganingcha gaplab turaver. Qaror kelasi jumada olinadi. 

OSMON MUSAPPA NEWS

MS: Dig‘idiq dig‘idiq ot galdi, og‘om maktapdan galdi. Shapkasini ayri qo‘yib, hammalara solom bardi. Og‘o indi o‘lgan qotqonloni oyting. Ichimni chakib yurak bog‘rim azilip ishitin.

+++

Namongonda arabparast to‘y o‘tkazgan kuyov 2000 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan fuqaro «I.A» Namangan viloyat IIBga chaqirilgan.

«I.A» o‘z shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqib to‘yda kelinga burqa kiydirib, o‘zi ham arabning taviyasi bo‘lib olgani, hamda diniy kuy-qo‘shiqlardan foydalanib, tadbirga diniy tus bergani o‘zining tashabbusi ekanini ma'lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq, hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuniga asosan:

Sud tomonidan fuqaro «I.A.»ga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-2-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi

+++

Samarqandlik aprs o‘zining «A.M» ismli lo‘x yurtdoshini AQShga cherez Meksika apkrib qo‘yaman deb 14 ming dollar so‘radi. 

Aprs shu puldan uch ming dollarini olayotganida ushaldi. Aprs qamag‘da.

MS: Bu borishda Samarqondni ëri xolqini meksikadagi krokodil yidi.

Yunisef tashkiloti o‘zbek maktablarini bitiraëtganlarning xarf tanimasligi va g‘irt savodsizligidan tashvish bildirdi.

+++

«Kompromatuzb» ishi prokurori jurnalistikani shantaj tujjorlikka aylantirgan Mavjuda Mirzaevani 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish va 3 yilga jurnalistlik faoliyatni taqiqlashni so‘radi. Sud davom etmoqda.

+++

Rusparast kinochi Amir Kusturitsa Toshkent xalqaro kinofestivaliga taklif etildi. Ha, albatta, madaniyat faqat siyosiy maqsadlar uchun silkitilgan O‘zbekistonning elitasi deb ataladiganlar qo‘lida bo‘lganidan keyin bu narsa ajablanarli emas. Bu yerda futbol, balet va qolgan Yakubovich-Fadeevlar shunchaki emas, ularga neytral O‘zbekistonda hech narsa yo‘q, balki har tomonlama rag‘batlantiriladigan tashviqotning «yumshoq kuchi» deb ataladigan kreml propagandasi bor xolos… Bizning betarafligimiz bir oyog‘ida juda o‘ziga xos va cho‘loq.

2022 yilning 22 fevralida Kusturitsa Sergey Shoygu taklifidan so‘ng Rossiya armiyasi teatrining bosh direktori bo‘lishga rozi bo‘ldi. OAV Kusturitsaning Mudofaa vazirligi teatriga tayinlangani haqida yozgandan so‘ng, Chexiya febiofest kinofestivali uni 2017 yilda berilgan mukofotidan mahrum qildi.

2018 yilda u Rossiya Qurolli kuchlari asosiy ma'badining sharmandali qurilishini qo‘llab-quvvatladi. 

2014 yilda Kusturitsa Qrimning anneksiya qilinishini qo‘llab-quvvatlagan edi.

MS: Kusturitsani ota buvosi musulmon bo‘lg‘on. O‘zinam quloqina ozon oytib, chukkini kasganla. Keyin nasroniy dinina girib, oshqinlab getti monglayi qoro.

Toliboncha siyosatga chek qo‘yildi

O‘zbekistonda «toliboncha shariat» o‘rnatilish urinishlariga chek qo‘yildi. 10 sentyabr kuni Bosh vazir Abdulla Aripov va DXX raisi Azizov ishtirokida maxsus majlis o‘tkazilib, diniy radikallashuvning mamlakatni rak o‘simtasi kabi chulg‘ab olgani va bunga chek qo‘yilmasa davlat uchun taxlika kuchayishi muhokama qilindi.

Bola huquqlari haqidagi qonunga zid ravishda Misrdagi radikalizm urchitiladigan xujralarga olib ketilaëtgan bolalar soni keskin ko‘paygani, Qatar va Turkiyadagi ekstremistik tashkilotlar moliyaviy ko‘magida O‘zbekistonda «siësiy islomni parvarishlash» va pirovardida konstitutsion tuzum o‘rniga «toliboncha shariat o‘rnatish» rejasida bo‘lgan guruxlar nazoratga olinishi kerakligi uqtirildi.

Ko‘p millatli, ko‘p konfessiyali mamlakatda aynan bir din mansublarining boshqa guruhlarni takfir qilishi va o‘zlarini ulardan baland deb hisoblashi mamlakat qonunlariga mutlaqo ziddir.

O‘zbekiston qonunlarida aël va erkakning guvohligi, meros va barcha boshqa huquqlari teng deb ëzilishiga qaramasdan diniy voizlar o‘z va'zlarida aëllarni kamsitib «ikkita aël guvohligi bir erkak guvohligi bilan teng» deya aëllarning tamal haq huquqlarini oshkora kamsitishaëtgani va diniy ma'vizalarda poligamiya ya'ni seks kommunalar targ‘ibot qilinaëtgani ham mavjud qonunlarga zid.

O‘zbekiston dunëviy davlat. Din davlatdan, maktab va maorif – masjid, cherkov, sinagog va xokazolardan ajratilgan. 

Davlat xizmatchilari o‘z faoliyatida dinning davlatdan ajratilgani printsipiga rioya qilishlari kerak.

Davlat xizmatchisi «men palon mazhab, palon dinga ustunlik beraman» degan ishorani berib, boshqa konfessiya ëki umuman e'tiqod qilmaydiganlar huquqini kamsitmasligi kerak. 

Davlat dini va etnik mansubligidan qat'iy nazar barcha vatandoshlarga bir xil haq huquqni ta'minlashi mamlakat qomusida belgilangan. 

Majlisda davlat va millat manfaatlaridan kelib chiqib konstitutsion dunëviy tizimga xatar manbalarni cheklash bo‘yicha yo‘nalish mamlakat kelajagi uchun muxim ekanligi ta'kidlandi. 

Og‘o o‘sholo yaxshi go‘radon artis doyi o‘lvadi. Botir degan bolasi qilinnan olib denka atip xoqimni oloman dap yurvadi. Nichik bo‘ldi shu ishla.

 Sherali o‘lib millat ustunsiz qoldimi?

Davrimiz fikr bobolaridan biri, balki eng yaxshisi Ulug‘bek Hamdam yaqinda olamdan o‘tkan qo‘shiqchini “Hech bir shubhasiz millat ustunlaridan biri edi” deb ëzibdi.

Demak, endi millat ustunsiz qolib, ontarilib tomi o‘pirildimi?

Ozgina zapas qo‘yib ëzsa bo‘lardi Ulug‘bek Hamdam. 

Sherali Jo‘raevni O‘zbekistonning 30 yillik siësiy tarixi fonida qarab ko‘raylik. 

1990 yilda Jo‘raev “siësatga kirib” deputat bo‘ldi. O‘sha yili  o‘zbek tilini sevadigan yurt oydinlari Toshkent markazida miting o‘tkazdi. Hukumat odamlar shu mitingga bormasin, deb zudlik bilan Xalqlar do‘stligi saroyiga Sherali Jo‘raevni chaqirib, tekin kontsert ber deyishdi. Sherali Jo‘raev  rozi bo‘lib bu kontsertni tashkil qildi.  Asosiy muxolif bo‘lgan deputat Muhammad Solih ënida yurardi. Ular tushlik yemakni Jo‘raevning uyida yeyishardi. 

Jo‘raev o‘sha davrda boshqa erkin fikrli deputatlar xususan Toiba To‘laganova va Halima Xudoyberdievalar bilan ham yaqin edi. 

Bu uch deputat quvg‘in qilinganida Jo‘raev laoqal bir og‘iz so‘z ayta oldimi? Yo‘q!!! 

Deputat Ro‘zimurodov va ëzuvchi Emin Usmon o‘ldirilganida bir og‘iz e'tiroz bildirdimi? Yo‘q albatta. 

Deputat Mirsaidov kaltaklanganidachi? Mayli bu deputat millatdoshlarga xayrixox bo‘lsa, Karimov uni peshanasidan otib tashlardi deb ishondik. 

Karimov tarafidan oldin sevilib keyin chekkalab qo‘yilgan Erkin Vohidov va Abdulla Oripovlarning ënida “do‘st bo‘lib” tura oldimi? Yo‘q albatta. 

Abdulla Oripov o‘zining so‘nggi intervyularidan birida Sherali Jo‘raevdan ixlosi qaytganini ochiq aytgan.

2005 yili Andijondagi isën bostirilib, odamlar o‘lganida Jo‘raev bir narsa dedimi? Aslo yo‘q! 

Masalan Obid Asomov o‘z tashvishini bildirdi. Buning uchun Asomovni stolbaga osishmadi. Zapret qilingan bo‘lsa Jo‘raevni ham zapret qilishdi. 

“Millat ustuni” zapretda bo‘lishiga qaramasdan, Karimovga hushomad qilishda davom etdi. “Darëlar” degan qo‘shiq aytib Karimovning ëmon qo‘shnichilik siësatini alqadi. 

MS: “Magazinda vazelin arigani erigan, oh voh aragvay” dab qo‘shiq aytsa “millat ustuni” bo‘lib qolaverami indi? 

RT: Jo‘raev yaxshi pop folklor qo‘shiqchisi edi. Aynan Jo‘raev bois mardum Navoiy, Maxtumquli, Erkin Vohidov va Oripov she'rlarini ëd oldi. 

Bir ma'noda adabiët targ‘ibotchisi edi. Ko‘p ham emas, kam ham. 

O‘lganlar haqida ëmon gapirmaslik kerak. Ular haqida haqiqatdan bo‘lak gapni gapirmaylik.

«O‘liklar haqida ë yaxshi gapiring ëki haqiatdan bo‘lak gap aytmang” 

Bu oltin fikrni Spartadagi qadim yunon siësatchisi va shoiri Xilon aytgan. (Eramizdan olti asr oldin. Xilonning bu gapi tarixchi Diogen kitobi bois bizgacha yetib keldi.

Uyat gaplar

MS: Og‘o shu uët gaplani oytavarasiz, odom izo yeb yerlara girib getasi galadi.

RT: Tualetga tushib ketgan telefonni axlat ichiga bo‘g‘zigacha kirib olishga tayër bo‘lganlar «bo‘q» so‘zi ëzilsa uyalar ekan.

Qizlari tanini sotib yuborgan pulga umraga boraëtganlar «jalap» so‘zi ëzilsa avtorni toshbo‘ron qilishga tayër. Har kuni ming marta onangni palon qilay¸ qizingni pismadon qilay deb so‘kadiganlar «eshak go‘shti» haqidagi xabarchini g‘iybatda ayblashadi. Aroqqa kolbasani zakuska qilib o‘tirganlar «eshak» go‘shti sotgan qassobni qoziqqa o‘tirtirish kerak deydi. Hozirgina protsentga bergan pulini razborini qilgan hojaka kalishini sudrab jumaga yug‘uradi va albatta safning birinchi qatorida savlat to‘kib turadi. Norasida qizi o‘qituvchisidan ikkqat bo‘lgan ona bo‘lgan voqeadan emas, gapdan qo‘rqadi. Qo‘shni bilmasin, Rossiyada yurgan akang bilmasin¸ Qozog‘istonda ishlaëtgan otang eshitmasin, deydi va qizidan tug‘ilajak go‘dakni 300 dollarga sotish haqida roddomdagi tanish akusher bilan peregovor boshlavoradi. Tak chto ma'naviyat chirog‘ini yoqvolmangki, odamning ko‘ngli ayniydi. O‘zini tanqid qila bilish har bir millatga xos xususiyat emas. Bizam o‘rganaylik.

MS: Sho‘rda tormoza uring og‘o. Alni ochip potiyani uring.

RT: Assalom O‘zbekiston – Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
18 january 2026
1871 yil 18 yanvar — nafaqat Germaniya, balki butun Yevropa tarixini tubdan o‘zgartirib yuborgan voqea sodir bo‘lgan kundir. Shu ...
12 may 2024
Ko‘rib turganingiz kartina kim oshdi onlayn auktsionda 100 ming so‘mga sotuvga qo‘yilgan edi. Auktsiondan maqsad “Sen kuchlisan” loyihasi doirasida ...
1 june 2020
Ilon Mask xususiy raketasi ko‘kka uchdi. Ilmning cho‘pchakni yengishi bu!!! O‘zbekiston prezidenti «daftarim suvga oqdi», deya aljiragan kallavaram xotinga ...
26 april 2016
Dori darmon muammosi O‘zbekistonda ayniqsa aholiining eng davolanishga ko‘proq muhtoj va ijtimoiy nochor qatlami qariyalar uchun hayot momot masalasi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...