Asosiy mavzular
2 october 2023

O‘zbekistonda arab tili kurslari nazoratga olindi

Sentyabr oxirida O‘zbekistondagi xususiy maktablarda «arab tili o‘rgatish» bahonasida ekstremizm va demokratik qadriyatlarga chuqur nafrat o‘quvchilar ongiga singdirilaëtgani faktlari jiddiy nazoratga olindi. 

Mutasaddilar Toshkent shahridagi deyarli barcha xususiy o‘quv markazlarida arab tili o‘rgatilaëtgan kurslari»ni monitoring qilish chog‘ida shunday xulosaga kelishdi. 

O‘zbekistondagi bolalar huquqlari va erkak xotin teng huquqliligini kafolatlagan konstitutsiya normalariga zid ravishda ësh go‘daklar miyasiga ehtimoliy kelajakda «shariat quruvchi mujohid jangarilar» bo‘lish vazifalari bilvosita singdirilaëtgani ham mutasaddilarning haqli xavotiriga sabab bo‘ldi. 

Shulardan kelib chiqib, kurslar davlatning jiddiy nazoratiga olinib, o‘g‘il bola – qiz bolalar aralash o‘qitilishi talab qilindi.

Eng asosiysi bunday maktablarda ekstremizm va takfirning har qanday ko‘rinishi cheklanadigan bo‘ldi. 

O‘quv Markazi peshtaxtalaridan teng huquqlilik, demokratiya va liberal qadriyatlarga zid «Alya Tolibon» ko‘rinishidagi suratlar olib tashlanib, markazdagi nomozxonalar qo‘shimcha darsxonalarga aylantirildi. 

Arab tili kursi bo‘lgan xususiy o‘quv markazlari Davlat tomonidan qattiq tekshiruvga olinishi O‘zbekistonning kelajakda Yaqin Sharqdagi Suriya ëki Iroq kabi har kuni o‘nlab mujoxid o‘zini portillatadigan taxlikali hududga aylanmasligi uchun qilinaëtgtani ota onalarga tushuntirildi. 

Shu o‘rinda Postskriptum: Rassom Tuz bu haqda roppa rosa bir yil oldin 2022 yilning 27 sentyabr kuni ogohlantirgan edi. Rassom Tuz tavsiyalarini inobatga olgan mulozimlarga tashakkur. 

Mana bu esa rassom Tuzning bir yil oldingi posti:

«Xususiy maktablar «arab tili» va «tarbiya» degan fortochka darslar orqali radikalizm, toqatsizlik va ekstremizmni parvarishlamoqda. Bularni yetishtirib, keyin urush o‘choqlaridan palon pulga uchoq ëllab  «Mehr» amaliëti bilan qaytarib kelishga hukumatning puli yetadimi? «Bilmay urushga borib odamlarni o‘ldirib, po‘rtillatib qo‘yibdi» degan bulshit ezibechkini yana qaytaramizmi? 

Shundog‘am ësh qizlarni diniy radikalizm markazi bo‘lgan Misrdagi yashirin hujralarga potok potok qilib yuborish kanali yo‘lga qo‘yilgan. 

Buni oxiri voy. Mendan aytish.» deya yozgan edi o‘z sahifasida rassom Tuz roppa rosa bundan bir yil burun.

Tag‘in o‘qing
4 may 2022
Hojimurod o‘z qahramonliklari bilan dong chiqargan, biror yoqqa borganida tug‘ ko‘targan, atrofida ot o‘ynatib, uni kuzatib boruvchi o‘nlab muridsiz ...
16 january 2018
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisining sobiq o‘rinbosari Shuhrat G‘ulomov o‘z qo‘li ostida bo‘lgan ikki zobit – Javdat Sharifxo‘jaev va ...
23 february 2021
O‘tgan hafta oxirida Toshkentdagi jinoyat doiralarida “Qora” va “Graf” laqablari bilan tanilgan yirik tadbirkor G‘afur Rahimovning jiyani Ravshan Muhiddinovning ...
4 february 2022
O‘zbekistondagi kadrlar almashuvi kishini sergaklantiradi. 20 yillik shartli qamoqqa hukm etilgan Kozim To‘laganov hokimiyat tizimiga qaytdi. Korrutsiyaga aloqador Abdulla ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...