Asosiy mavzular
12 march 2024

Andijondagi maktab yaqinida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumani   9-maktab yonidagi binoda 12 mart kuni soat ertalabki o‘nga yaqin yong‘in xodisasi sodir bo‘ldi. Rasmiy xabarga ko‘ra bu binoda oshxona joylashgan va uning tomi yonib kul bo‘lgan.

Shu kuni soat 09:56 da yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:00 da hodisa joyiga yetib borgan. Yong‘in besh minut ichida o‘rab olingan va soat 10:14 da batamom o‘chirilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, maktab binosi yonidagi 1 qavatli oshxonaning taxminan  85 kv.m hajmdagi tom qismi yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eltuz O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling.

Salom qadrli muxlislar Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi.

Andijon viloyati Oltinko‘l tumani   9-maktab yonidagi binoda bugun 12 mart kuni soat ertalabki o‘nga yaqin yong‘in xodisasi sodir bo‘ldi. Rasmiy xabarga ko‘ra bu binoda oshxona joylashgan va uning tomi yonib kul bo‘lgan.

Shu kuni soat 09:56 da yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:00 da hodisa joyiga yetib borgan. Yong‘in besh minut ichida o‘rab olingan va soat 10:14 da batamom o‘chirilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, maktab binosi yonidagi 1 qavatli oshxonaning taxminan  85 kv.m hajmdagi tom qismi yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eltuz O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
26 october 2015
Qudrat Bobojon Eltuz.com Ijtimoiy tarmoqda javlon urayotgan do‘stlarimdan biri yozg‘irib qoldi. “Gruppamda rosa “troll” ko‘payibdi, ikkiyuztachasini “blok” qildim!” Bir ...
20 march 2016
Ekipaj a'zolarining barchasi BAA fuqarolari bo‘lgani, shuningdek, yo‘lovchilardan 5 nafari xorijlik ekani aytilmoqda. Xabar qilinishicha, yo‘lovchilarning 2 nafari ukrainalik, ...
22 december 2025
«Muvaffaqiyat — bu yiqilmaslik emas, balki har gal yiqilganda qayta tura olishdir.»
2 august 2018
Yevropada yashay boshlaganim qochqinlikning o‘ninchi yili yakunlanarkan, bugun ilk bor yarim asrlik umrim ortiga qaramoqchi bo‘ldim. Jo‘n ma'noda esa ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...