Asosiy mavzular
21 may 2024

Rassom Tuz «Tehron qassobi» va uning o‘limi haqida

Vertoleti ontarilib o‘lgan Eron prezidenti minglab odamlarni qatl qilgan sharafsiz bir jallod edi. It o‘limida o‘ldi desak haqqimiz ketadi. Zotan it bu qadar ko‘p razillikka qodir emas.

Bir boshdan kelsam. Ibrohim Raisiy 1960 yili Mashhadda mulla oilasida tug‘ildi. Besh ëshida otasi Said Hoji o‘ldi. Ibrohimni madrasaga berishdi. Avvaliga Mashhad¸ keyin esa Qumdagi madrasada o‘qib ashaddiy diniy fanatik bo‘lib yetishdi. Hali 19 ëshligidaëq diniy zombiga tugal aylanib bo‘lgandi. Ibrohim Raisiy 1978 yildan boshlab Eronda shia shariatini o‘rnatish uchun tirishganlar safida bo‘ldi. Pogromlarda ishtirok qildi. Tehrondagi Reks kinoteatrini ichida odamlari bilan ëqib yuborish¸ AQSh elchixonasiga hujum va ishg‘ol ishtirokchisi bo‘ldi.

1985 yili Raisiy Tehron prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 1988 yili maxsus vakolat asosida odamlarni o‘ldirish uchun «litsenziya oldi.»

Aynan Raisiy Erondagi siësiy mahkumlarni ommaviy qatl qilishda asosiy figurant va tashkilotchi hisoblanadi.

Shu bois u 1988 yili «Tehron qassobi» degan tavqi la'nat oldi.

Raisiy shia islomchilari nazarida aybdor bo‘lgan minglab odamlarni o‘limga hukm qilgan va «o‘lim qo‘mitasi» deb atalgan yashirin sudning to‘rt sudyasidan biri va eng marazi edi.

Raisi 1989 yilddan 1994 yilgacha Tehron prokurori bo‘lib ishladi. 2014 yilda esa Eron bosh prokurori lavozimini egallladi. 2016 yildan boshlab Erondagi eng kattta islomiy fond raisi bo‘ldi.

2021 yildan to o‘limiga qadar Eron prezidenti lavozimida edi. 2024 yilning 19 mayida Raisi uchgan eski vertolet ontarildi. Raisiyning tanasi boshqa 8 kishi bilan birga kuyib ketdi.

Raisiyning kuyib ketgan o‘ligi bugun 21 may kuni Tabrizda ko‘miladi.

Ammo bugunning o‘zida yuzlab eronliklar uni qabrini vayron qilish uchun ont ichdi.

Raisiy o‘lgan kuni Texronda eng ko‘p mushak otildi. Odamlar jallodning o‘limini qutlashdi.

Eltuz dunyo voqealarini siz bilan birgalikda kuzatishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
13 september 2018
Andijon viloyatida ommaviy paxta yig‘im terimi hali boshlanmagan bo‘lsa-da, 10 sentyabr kuni byudjet ishchi-xizmatchilarining dastlabki guruhi 10 kunlik yotoqqa ...
2 october 2025
Mana, dengiz tubidagi mayda toshlarni ham ko‘ra oladigan g‘avvoslar paxtaga chiqdi.  Ular ham futbolchi, kinochi, imom va fohishalar ortida ...
24 september 2015
O‘zi mustaqillikdan keyin tug‘ilgan, majburlikdan Rossiyaga ishlash uchun kelgan yosh yurtdoshimiz «SSSR davrida hammasi yaxshi edi» dedi yarim alam ...
9 november 2020
Yaqinda O‘zbek milliy akademik drama teatriga Nazar Eshonqul qalamiga mansub “Jaloliddin Manguberdi” spektaklini tomosha qilgani bordim. Bu yangi mavsumning ochilishi edi.  Karantinchilikdan zerikkan barcha ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...