Asosiy mavzular
28 march 2025

Putin Ukrainadagi hokimiyatning noqonuniyligini iddao qildi

Putin kecha Murmanskdagi «Arxangelsk» atom suv osti kemasi dengizchilari bilan uchrashib Ukrainadagi hokimiyatning nolegitimligi haqida pisanda qildi. Zelenskiyning prezidentlik muddati tugaganiga ishora qilib,  Ukrainadagi hokimiyatni noqonuniy deb atadi.

«Agar ertaga boshqa raxbar keladigan bo‘lsa» kim bilan kelishuv bitimi imzolanishi tushunarsiz dedi u.

Agar gap Ukrainadagi hokimiyatning doimiy almashinuvi haqida ketayotgan bo‘lsa, chindan ham Putin davlat tepasiga kelgan 2000 yildan buyon o‘tgan 25 yil ichida Ukrainada beshta prezident almashdi. Ko‘rinadiki nolegitim raxbar sifatida bu chorak asr davomida faqat Putin hokimiyatda qolmoqda. Rossiyaning muttasil agressiyasi bois o‘n yillik urush davomida ham bir necha bor Ukrainada demokratik saylovlar amalga oshdi. Biroq urushning aktiv fazasi kechayotgan, Ukraina okkupatsiya qilinayotgan so‘nggi davrda bunday saylov o‘tkazilishi mumkin emas. Ammo aftidan Putin bu haqda emas, Ukrainani yanchib yo‘q qilish haqida ko‘proq o‘ylayapti. 

«Men avval ham ularni ezib tashlashimizni, yo‘q qilishimizni aytgandim» deya aljirashda davom etdi Putin. Biroq u bu ish qo‘lidan kelmasligini ham pisanda qildi.

U o‘zining g‘arb hamkorlari atalmish oshnalariga ishonib xato qilishni istamasligi haqida gapirib, Yevropa hamisha uning «burnidan tortib yetaklashga» urinayotganidan nolindi. Biroq, albatta Yevropa bilan birga ishlashga tayyorligini ta'kidladi. 

Kreml raxbari iddaolariga Rasmiy Kievning javobi ko‘p kuttirmadi.

Hususan Ukraina prezidenti maslahatchisi Dmitriy Litvin Rossiya yetakchisiga avvalo zudlik bilan davolanishi lozimligini tavsiya qildi. 

«Agar Putin ushbu urushni to‘xtatish yo‘lida jiddiy harakat qilib, kim bilan hamkorlik qilishi kerakligini tushunishga intilayotgan bo‘lsa. U holda miya faoliyatini amalga oshirish uchun shunchaki bir nechta tabletka iste'mol qilishi kifoya— faqat agar unga endilikda dori kor qilgan taqdirda» deya pisanda qildi Ukraina prezidenti maslahatchisi Litvin.

Tag‘in o‘qing
9 december 2025
Toshkent viloyati, Qibray tumani aholisi Eltuzga yo‘l muammolari yuzasidan murojaat qilib, tuman hokimidan kutilmagan va g‘alati javob olganini ma'lum ...
7 april 2021
Samarqandlik yozuvchi va jurnalist Karimberdi To‘ramurod faceebook sahifasida uning asarlarini o‘g‘irlab, o‘z nomidan e'lon qilayotganlarga hech qanday chora ko‘rish ...
4 april 2024
Eltuz O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimlarining o‘z raxbariyati ustidan yozgan shikoyatlarini o‘qishda davom etadi. Shu oy ichida bir qancha murojaatlar bo‘ldi, ...
18 may 2020
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mulozimasi Mariya Zaxarova «rasmiy idoralarda o‘zbek tilining majburiy qilinishini kamchilik yoqlayotgani»ni ëzg‘irgani ortidan tarmoqdagi mo‘'tadil ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...