Asosiy mavzular
4 august 2025

BUXORO DAVLAT PYeDAGOGIKA INSTITUTI KORRUPTsIYa BOTQOG‘IGA BOTMOQDA

2025–2026-o‘quv yili uchun Buxoro davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan kasbiy ijodiy imtihonlar yana bir bor O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari qanday «ishlashini» ochib tashladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu institutda 100 dan ortiq abiturientdan har biri 3000–3500 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritilib, ularga sun'iy ravishda yuqori ballar qo‘yilgan.

Ayni paytda moliyaviy imkoniyati cheklangan, ammo iqtidorli o‘nlab yoshlarning natijalari hech qanday asossiz ravishda pasaytirilgani haqida kamida 10 ta rasmiy shikoyat arizasi mavjud. Bu tizimli korruptsiyaning ochiq-oydin ko‘rinishi emasmi?

Institut rektori Bahodir Bahshiloevich Ma'murov — bu tizimning markaziy figurasi. U avval Buxoro davlat universitetida Jismoniy madaniyat fakulteti dekani lavozimida uzoq yillar ishlab, allaqachon «ustasi farang» bo‘lib ulgurgan. Endi esa yangi lavozimda — institut rektori sifatida — eskicha «sxema»larni yangi muhitda davom ettirmoqda.

Eng achinarlisi, bu korruptsion mashinaning bir bo‘g‘ini bo‘lgan shaxs — Doniyor Nematov hali ham institutning “Ma'naviyat va ma'rifat” yo‘nalishiga rahbarlik qilmoqda, deyiladi Eltuz insayderi yuborgan ma'lumotda. 

Holbuki, Doniyor Nematov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 45-moddasi asosida moddiy javobgarlik va mansabdorlik faoliyatidan 2 yilga chetlatilgan, oylik maoshining 20 foizi davlat foydasiga ushlab qolinadigan axloq tuzatish jazosi tayinlangan shaxsdir.

Ammo korruptsiyadan boshini chiqara olmayotgan institutda bu odam rektorning norasmiy maslahatchisi sifatida bemalol ishlashda davom etayotgani aytilmoqda.

Bahodir Ma'murovning qonunlarni ochiqchasiga mensimasligi shu darajaga yetkanki, u 2025 yil 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifini institutning rasmiy telegram kanalida o‘z fotosurati bilan e'lon qilgan. Ya'ni davlat rahbarining tashrifidan shaxsiy piar uchun foydalanishga uringani iddao qilinadi.

Bu — nafaqat axloqiy, balki siyosiy madaniyatning ham butunlay yo‘qolganini ko‘rsatadi. Davlat institutining rasmiy axborot platformasini shaxsiy piar vositasiga aylantirish bu lavozim egasining o‘zini kim deb o‘ylayotganidan dalolat beradi.

Bunday holatlar O‘zbekistonda oliy ta'lim tizimi borasida berilayotgan va'dalar, e'lon qilinayotgan “shaffoflik”, “adolat”, “korruptsiyaga qarshi kurash” singari shiorlarning qog‘ozda qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Savol ochiq: Adliya, Bosh prokuratura, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi va Oliy ta'lim vazirligi ushbu institutda nima bo‘layotganini ko‘rmayaptimi? Yoki ko‘rib turib, ko‘z yumyaptimi?

Tag‘in o‘qing
1 november 2017
31 oktyabr kuni Nyu Yorkda o‘zbekistonlik 29 yoshli Sayfullo Saipov sodir etgan terror aktida 8 kishi o‘ldi, 11 kishi ...
8 july 2022
Zebra degan hayvon bor. Eshshakning bir turi. Go‘shti halol bo‘lgani uchun so‘yib yesa bo‘ladi. Zebraning usti oq qora yo‘l ...
17 october 2020
15 iyul kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 8 yoshli qizni 29 yoshli M.Z. erkak maktab hojatxonasida zo‘rlamoqchi bo‘lgan. Bu ...
26 february 2020
O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2020 yil 25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida Jinoyat kodeksining 210-moddasi va boshqa moddalarida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...