Asosiy mavzular
5 august 2025

KO‘KDALADAGI PORTLASh ORTIDA KIMLAR TURIBDI

Yaqinda Qashqadaryo viloyati Kukdala tumanida aholi uchun maishiy gaz balonlarini to‘ldiradigan zapravkada sodir bo‘lgan portlash ortidan, rasmiylar chop etgan ma'lumotlarga ko‘ra, fojia bo‘yicha qo‘lga olinganlar orasida viloyatda yangidan tayinlangan, gaz sohasiga endi kelgan mas'ul shaxs — “Xududgaz Qashqadaryo” filiali suyultirilgan gaz bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sohib Jo‘raev ham bor. U bu lavozimda bor-yo‘g‘i bir yil ham ishlamagan, qolaversa, bu vazifaga o‘z xohishi bilan emas, majbur holda o‘tkazilgan.

Sohib Jo‘raev avvalroq viloyatgazga rahbarlik ham qilgan va bir necha oydan so‘ng o‘z xohishi bilan bu lavozimdan ketgan. Eng qizig‘i, portlash sodir bo‘lgan zapravka unga tegishli emas, balki noqonuniy yo‘llar bilan odamlardan tortib olingan, “parallel” gaz tarqatish tizimi orqali yashirincha ishlab kelgan ob'ekt bo‘lgan.

Rasmiy hujjatlarda zapravka rahbari sifatida Shokir Jovliev ko‘rsatilgan. Portlash yuz bergan kuni u halok bo‘lgan. Ammo, insayder ma'lumotlariga qaraganda, zapravkaning haqiqiy egasi — o‘sha paytda Rossiyada kurortda dam olayotgan, “Hududgaz Qashqadaryo”ning bosh muhandisi Anvar Temirov bo‘lgan. Uning hamrohi esa — yaqinda Muborak tuman hokimi etib tayinlangan G‘olib Murodovdir.

Bu ikki shaxs — Temirov va Murodov — Qashqadaryodagi gaz tizimini yillar davomida shaxsiy mulkdek boshqarib kelgan, shu tufayli ularga na viloyat prokuraturasi, na Bosh prokuratura teng kela olgani iddao qilinadi. 

Bir necha ming milliardlik talon-torojliklar ularning ismlari bilan bog‘lanmoqda. Hatto ularning yaqinlari “qog‘ozdagi rahbarlar” orqali ham tizimda nazoratni saqlab qolishmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati Anvar Temirovni qayta rahbar etib tayinlashga to‘sqinlik qilgan bo‘lsa-da, u “yana bir aylanma yo‘l” orqali — ya'ni G‘olib Murodovning xolasini o‘g‘li Ulug‘bek Ernazarovni viloyatgazga rahbar qilib chiqarishga erishgan.

Fojianing yana bir qora soyasi — portlash sodir bo‘lgan zapravkaga na viloyatgaz, na energetika inspektsiyasi texnik xodimlari kirib tekshiruv o‘tkaza olmagan. Nazorat qilinmagan tizim oxirida odamlarning hayotiga zomin bo‘lmoqda.

“Bu tizim faqat tanish-bilishlikka tayanib, vijdonli kadrlar qo‘rqitilib, majburiy ariza va isbotsiz ayblovlar bilan chetga surilayotganini anglatadi. Haqiqiy aybdorlar, esa har galgidek soya ostida qolmoqda,” deydi Eltuzga ma'lumot bergan insayder.

Shuningdek “Xududgaz” boshqaruvi raisi Ma'rufxon Hojaevdan umid katta edi, afsuski u kishiga ham yuqoridan bosim bo‘layotgani haqidagi ma'lumotlar ishchilar orasida tarqalgan.

Respublika rahbariyati, Bosh prokuratura va Oliy Nazorat organlari faqat qog‘ozda emas, asl haqiqat asosida tekshiruv o‘tkazishi lozim.

Eltuz O‘zbekistonda yuz berayotgan korruptsiya xolatlari va energetika tanqisligi bilan bog‘liq voqealarni yoritishda davom etadi.

Tag‘in o‘qing
9 april 2025
Belgiya Ukraina uchun keng ko‘lamli yordam paketini e'lon qildi. Belgiya Bosh vaziri Bart De Vever Ukrainaga 1 milliard yevrolik ...
10 june 2019
Toshkent kurantiga taqab plastik va shishadan kafe-bar uchun terassa-ayvon qurilishi nafaqat yangidan tiklandi, balki kurantning ikkinchi tomonida ham xuddi ...
9 august 2023
Salom qadrli muxlislar. Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Buxoro, Samarqand, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan. ...
6 june 2017
Andijonlik Bahromning mutaxassisligi injener-texnolog edi. Ammo u O‘zbekistonda mutaxassisligi bo‘yicha ish topa olmadi va boshqa qishloqdoshlari qatori Rossiyaga ishlagani ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...