Asosiy mavzular
26 august 2025

«To‘shak shantaji» ortidan Toshkent viloyat hokimining matbuot kotibi ishdan olindi

Sobiq deputat, qizlik ismi Babasheva hozirda Madrahimova bo‘lgan Feruza Jo‘rabekovnaning shaxsiyatiga teguvchi postlar qoldirgani ortidan 26 avgust kuni Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi Behzod Qobulov ishdan olindi. 

Sal avval Eltuz matbuot kotibining bog‘cha mudirasi bo‘lgan opasi Toshkent viloyat bog‘chalarida ko‘rpa-to‘shak ta'minotini vositachi firma orqali qo‘lga olgani haqida xabar bergan edi.

Lekin Behzod Qobulov o‘z telegram kanalida sobiq deputat Feruza Babasheva shaxsiyatiga teguvchi post qoldirgani ortidan lavozimidan ketgani iddao qilinmoqda. 

Eltuz 24 avgust kuni Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi Feruzani yana bir bor obro‘sizlantirishga uringani va ayolning huquqlari poymol etilgani haqida maqola chop qilgan edi.

Feruza Jo‘rabekovnaning tarmoqda yig‘lab bildirishicha Zoyir Mirzaevning matbuot kotibi Behzod Qobulov o‘zining shaxsiy kanalida sobiq deputat ayolga qarshi samosud e'lon qilgan va allaqanday mahsus konvertlarni fosh etish bilan tahdid qilgan.

Matbuot kotibining kanalidagi bu chaqiriq birozdan keyin o‘chirilgan. Behzod Qobulovning o‘zi esa «akkaunti vzlom qilingani»ni bildirgan edi.

Eltuz Babasheva bilan mesenjer orqali bog‘landi. Sobiq deputat Eltuzga efiridan oldin «Men efirimdan oldin viloyat xokimiga telefon qilib gaplashdim, Zoir Mirzaev afsus chora ko‘rolmasligini,  o‘zimiz xohlasak qonuniy hal qilishimiz kerakligini aytdilar. Shundan keyin men majbur bo‘ldim efir qilib Prezidentga murojaat qilishga. Endi kurashishga majburman,  boshqa ilojim yo‘q. Hozir sudga kirayapman» dedi Babasheva.

Eslatib o‘tamiz bundan to‘rt yil burun, 2021 yilning noyabrida kimlargadir yoqmay qolgan sobiq deputat Feruza Babashevani butun mamlakatga sharmisor qilish kampaniyasi bo‘lib o‘tgan. Jamoatchilikning bosimi bilan ayol deputatlik mandatini topshirishga majbur bo‘lgan edi. 

Xalq noibligi unga faqat tahqir va tazyiqdan boshqa narsa bermaganini urg‘ulagan Babasheva o‘shanda deputatlik guvohnomasi va ko‘krak nishonini qaytarib, iste'fo berishini ma'lum qilgan edi.  Oylar, yillar o‘tib bu to‘polon tag‘in davom etmoqda. 

Voqealar qaysi tomonga qarab rivojlanadi, Toshkent viloyat hokimining endilikda sobiq matbuot kotibi Qobulov biror lavozimga tayinlanadimi, yo‘qmi – hozircha bunisi noma'lum.

Eltuz Uzbekistondagi ayollar huquqi va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega voqealarni tahlil qilishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga izohlar qoldiring.

Tag‘in o‘qing
23 april 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 45-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Balki, ingliz tili ...
17 april 2018
Farg‘ona viloyatidan olgan ma'lumotlari asosida 17 aprel kuni «Xabar.uz» sayti tomlarning shiferlarini jigarrangga bo‘yayotgan o‘qituvchilar suratini e'lon qildi. Saytning ...
23 january 2023
2022 yil 28 dekabr kuni Sirdaryo viloyatidagi “Indorama Agro” kompaniyasining 392 nafar ishchisiga ularning kompaniya xodimi sifatidagi mehnat shartnomalari ...
29 october 2015
Eltuz manbasidan olingan xabarga ko‘ra, 28 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida ichki ishlar xodimlari Shuhrat Rustamovni ushlab olib ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...