Asosiy mavzular
27 august 2025

Mardikorlik uchun 41000 $ pora

Koreyada mardikorlik qilish uchun 41 ming dollar pora berildi. Yanglish eshitmadingiz. Bu pul o‘zbek fuqarosini Janubiy Koreyaga borib ishlashi uchun berilgan Migratsiya agentligi Namangan filialining ikki mulozimi o‘rtasida bo‘lishilishi kerak bo‘lgan odatdagi summa. 

O‘zbekiston korruptsiyaga botgan davlat ekani haqida gapirish allaqachon hech kimni qiziqtirmay qo‘ydi. Javob aniq, sen ham pora olgan bo‘larding. Xo‘sh nima bo‘pti, 30 yil oldin ham shunday edi, 100 yil oldin ham shunday edi, hozir ham.

Hullas O‘zbekistonda pora olish tug‘uruqxonadan boshlanib, go‘ristonda tamom bo‘ladi. Bog‘cha, maktab, xalq ta'limi, Oliy ta'lim, moliya, ichki ishlar, tashqi ishlar, ekologiya, kambag‘allikni qisqartirish, sog‘liqni saqlash tizimi, masjid hammasi poraxo‘r mulozimlar tomonidan eshshakday egarlangan. U yerda siz qiladigan ish yo‘q.

Mana siz pora berib o‘qishga yoki biror ishga kira olmay savodsiz bilimsiz bir nochor fuqaroga aylandingiz. Xullas kunlik ishchi, mardikorsiz. Siz qiladigan qora mehnat esa mamlakat tashqarisida, deylik Janubiy Koreyada. Har xolda Namanganda emas. Namanganda tilanchining ham joyi aniq belgilangan. Shu bois xomtama bo‘lmay hurjunni yelkaga otib, Namangan shahriga borsam mani yo‘qlar kishim bormu, deya yo‘lga chiqishdan oldin Migratsiya agentligining kattalariga naq 41 ming dollarni sanab berishingiz kerak. Bu narx Namangandan tashqarisidagi ish o‘rniga ehtiyoj sizning shahringizda shu darajada balandligini anglatadi. Bu siz uchun nafaqat mashaqqatli mehnat noni, demak hayot mamot masalasi ham.        

Hullas, Eltuzga yetib kelgan so‘nggi xabarga ko‘ra,  migratsiya agentligining Namangan viloyati filiali mulozimi Janubiy Koreyaga ishga yuboraman deya 41 ming dollari  pora olganida  ushlandi.

Tekshiruv davomida, u poraning bir kismini Migratsiya markaziy apparatining bosh mutaxassisi uchun olgani aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va Agentlikning ushbu mas'ul xodimi ham yuqoridagi pul mablag‘idan 15 ming AQSh dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Shuningdek, Migratsiya agentligining mazkur xodimlari 2024 yilda 80 nafardan ortiq fuqarolarni Koreya davlatiga yuborish uchun 700 ming AQSh dollaridan ortiq pul mablag‘larini olib, hozirga qadar ularni sarson qilib yurganliklari ma'lum bo‘ldi.

Savol: 41 ming dollar puli bor odam Koreyada ishlab maqiladi? Eltuz O‘zbekistonda tobora avj olayotgan korruptsiya muammosiga oid voqealarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Video yuzasidan izohlar qoldiring.

Tag‘in o‘qing
20 july 2022
O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov «Ozodlik»ning «Rossiya bosqini: gapirish fursati» dasturidagi chiqishida Rossiyani yoqlashini bildirdi. “Majbur bo‘ldi Rossiya. Rossiyani ...
7 june 2016
O‘zbekiston telekanallarida mamlakat iqtisodiyotining «qudrati», «imkoniyatlari», dunyoda salkam eng rivojlangan ekani to‘g‘risida eshitsangiz ajablanmang. Chunki 20 yildan oshdiki, faqat ...
18 april 2017
Oxirgi yillarda aksariyat o‘zbekistonlik yurtdoshlarimiz orasida Putin, Ramzan Qodirov va Erdo‘g‘on kabi avtoritar liderlarga hayrixohlik ortib borayotgani kishining diqqatini ...
28 november 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni e'tiboringizga taqdim etamiz. Ular O‘zbekistonning Qashqadaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktub Qashqadaryoning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...