Asosiy mavzular
2 september 2025

Namangan shahar hokimi va devonxona mudiri qamaldi

Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jaevni pora bilan qo‘lga olinganiga oid hokim advokati iddaosi asosidagi Eltuz materiali e'lon qilinganidan ko‘p o‘tmay Davlat Xavfsizlik xizmati bu yuzadan bayonot e'lon qildi.

Davlat Xavfsizlik xizmati bildirishiga ko‘ra Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jaev katta miqdorda pora olishda ayblanmoqda. Hokim shuningdek deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan, unga va devonxona mudiriga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ehtiyot chorasi sifatida qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Bundan avval hokimning advokati Eltuzga murojaat qilib ariza qoldirgan.

Unda, 28 avgust kuni Prokuratura va DXX xodimlari yollanma shaxslar ishtirokida Namangan shahar hokimi Anvar Otaxodjaevni pora olish jinoyatida aybdor qilish maqsadida tadbir tashkillashtirishgani iddao qilingan edi. 

Endilikda DXX tomonidan ochiqlangan ma'lumotlarga ko‘ra Namangan hokimining pora bilan qamoqqa olingani isbotlar bilan tasdiqlanmoqda.

Eltuz voqealar rivojini kuzatishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Video yuzasidan izohlar qoldiring.

Tag‘in o‘qing
20 october 2023
Bu ne kundir, atrofingga boqsang sekin, U ham kerak, sen ham kerak, men ham kerak. Barchamizni davrasiga to‘plab, lekin Bir ...
19 may 2024
AQShning Florida sudi telefonida yosh bolalar pornosi bo‘lgan 39 yashar ozabochenniy o‘zbek Sulton Nurievni 19 yilga qamadi. Pedofil porno ishqibozi ...
22 december 2025
«Muvaffaqiyat — bu yiqilmaslik emas, balki har gal yiqilganda qayta tura olishdir.»
17 may 2023
Bankdagi pulni o‘margan, 9 milliard 208 million 862 ming so‘mni  VonXBet o‘yiniga tikib yuborib yutqazgan Nukusdagi bank xodimi 8 yilga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...