Asosiy mavzular
12 november 2025

Jahon bozoridagi beqarorlik O‘zbekiston oltin zahirasini oshirdi

O‘zbekistonning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari so‘nggi yillarda kuzatilmagan, tarixiy rekord darajagacha o‘sdi. Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 noyabr holatiga bo‘yicha, mamlakatning xalqaro oltin zaxiralari 59,3 milliard AQSh dollariga yetgan. Bu ko‘rsatkich, Spot.uz xabariga ko‘ra, mamlakat tarixidagi eng yuqori natija sifatida qayd etildi.

O‘sish sababi nimada?

Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, mamlakatning oltin zaxiralari bir oy ichida 4,3 milliard dollarga ko‘paygan. Bu o‘sishning asosiy omili – jahon bozoridagi oltin narxining yil boshidan buyon deyarli 50 foizga ko‘tarilishidir.

Oktyabr oyida oltin zaxiralarining qiymati 3,6 milliard dollarga oshib, 47,8 milliard dollarga yetdi.

Qazib olingan oltin hajmi ham 11,6 million troya untsiyasidan 11,9 million untsiyagacha oshgan. Valyuta aktivlari esa 731 million dollarga ko‘paygan. Natijada O‘zbekiston Markaziy banki balansidagi qimmatli qog‘ozlar portfelining qiymati ham biroz o‘sib, 1 milliard 23 million dollarni tashkil etgan.

Jahon bozoridagi beqarorlik

Ekspertlar oltin narxining bunday keskin ko‘tarilishini quyidagi uchta omil bilan izohlamoqda:

 1. Jahon moliya bozorlaridagi beqarorlik.

 2. Geosiyosiy qarama-qarshiliklar.

 3. AQSh Federal zaxira tizimi (FRS) siyosatidagi o‘zgarishlar.

Iqtisodchilarning ta'kidlashicha, bunday yuqori zaxiralar O‘zbekistonning moliyaviy barqarorligini mustahkamlaydi va uning tashqi zarbalarga qarshi turish qobiliyatini oshiradi.

Zaxiralarning rekord darajaga yetishi, ayniqsa, oltinning narxi oshishi hisobiga ro‘y berayotgani, mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy signaldir. Ushbu holat O‘zbekistonning geoiqtisodiy notinchliklar davrida o‘zini xavfsiz his qilishiga yordam beradi.

Tag‘in o‘qing
25 september 2017
O‘zbekistonda majburiy mehnatni to‘xtatish qarori to‘liq ishlamayotgani haqida «Eltuz» nashriga xabarlar kelmoqda. Talabalar paxtadan qaytarilishi ortidan, terim yuki qishloq ...
12 december 2019
Gulnora Karimovaning Londonda yashayotgan qizi Imon Karimova Instagram sahifasida onasi ustidan boraëtgan tergovga oid yangi ma'lumotni e'lon qildi. Uning yozishicha, Gulnora ...
21 april 2016
Toshkent rasmiylari ekologik harakat faollarining chiqishlariga pinak ham buzmay ommaviy daraxt kesish kampaniyasini davom ettirishmoqda. 19 aprel kuni o‘zbek ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...