Asosiy mavzular
17 january 2026

Rossiyada 74 yoshli ayolni o‘ldirib, jasadini tahqirlagan o‘zbek qo‘lga olindi

Bu voqea 2011 yilda Moskvaning Bittsevo bog‘ida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda noma'lum shaxs Chertanovo tumanida yashovchi 74 yoshli ayolga hujum qilib, uni shafqatsizlarcha o‘ldirgan. Jinoyatchi bu bilan to‘xtamay, marhumaning jasadi bilan jinsiy aloqa qilib, uni tahqirlagan.

Mudhish jinoyatni sodir etgandan so‘ng, gumonlanuvchi darhol Rossiyani tark etib, o‘z vatani — O‘zbekistonga qochib ketgan. Uzoq yillar davomida u qilmishi unutilgan va izi yo‘qolgan deb hisoblab kelgan. Biroq, oradan 12 yil o‘tib, yana pul topish maqsadida Rossiya poytaxtiga qaytib kelgan.

Jinoyatchi Moskvada o‘tkazilgan navbatdagi migratsiya reydi vaqtida qo‘lga olindi. Zamonaviy texnologiyalar va kriminalistika rivojlangani sababli, uning shaxsi darrov aniqlangan.

Jinoyat sodir etilgan joydan olingan namunalar qo‘lga olingan shaxsning DNKsi bilan to‘liq mos kelgan.

Hozirda gumonlanuvchi o‘z aybini tan olgan va unga nisbatan tegishli jazo choralari ko‘rilmoqda.

Bu kabi voqealar nafaqat bir shaxsning fojiasi, balki butun millat imijiga tushayotgan qora dog‘dir.

Bugungi kunda yuzlab vatandoshlarimiz xorij qamoqxonalarida aynan seksual zo‘ravonlik va og‘ir jinoyatlar uchun jazo o‘tamoqda. Bu esa har bir muhojir uchun xulosa chiqaradigan achchiq haqiqatdir.

Tag‘in o‘qing
27 march 2019
27 mart kuni o‘zbekistonlik aralash janglar ustasi Murod Xonto‘raev uchinchi bor pichoqlandi. Sportchining jarohati jiddiy emasligi bildirildi. Xonto‘raev dastlab ...
22 february 2022
Xorazmlik fermerlarning klaster bilan shartnoma imzolashdan bosh tortib, o‘zlari kooperatsiya tashkil etib ishlash sa'y-harakatlari mahalliy hokimiyat vakillarining kuchli qarshiligiga ...
10 february 2020
O‘zbekistonning turizmni iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biriga aylantirish siyosati qo‘shni davlatlarda ham sayyohlar soni tobora ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...