Anons
15 august 2025

DIN IShLARI BO‘YIChA QO‘MITA OGOHLANTIRADI

So‘nggi vaqtlarda ayrim shaxslar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarni diniy ta'lim olish uchun chet elga chaqirish holatlari kuzatilmoqda. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘zbekistonliklarni mazkur holat bilan bog‘liq reklamalardan ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, hozirda Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Rossiya Federatsiyasi kabi mamlakatlardagi diniy ta'lim muassasalariga o‘qishga borishga da'vat etuvchi chaqiriqlar va reklama e'lonlari keng tarqatilayotganini ko‘rish mumkin.

Ushbu e'lonlarda ta'lim maskanlari go‘yoki «qonuniy» yoki «rasmiy» sifatida ko‘rsatilsa-da, amalda ular O‘zbekiston Respublikasining tegishli idoralari tomonidan tan olinmagan hamda o‘sha mamlakatlardagi noqonuniy yoki ruxsatsiz faoliyat yurituvchi o‘quv markazlari hisoblanadi. 

Bu o‘rinda «rasmiy diniy ta'lim» iborasidan, asosan, ko‘proq talabgorlarni jalb etish maqsadida foydalanilmoqda.

Bildirilishicha, bunday chaqiriqlar ko‘pincha diniy aqidaparastlik va mutaassiblik g‘oyalarini singdirish, yoshlarni noto‘g‘ri yo‘lga boshlash va ularning dunyoqarashiga salbiy ta'sir ko‘rsatish xavfini o‘zida mujassam etadi. 

Shu sababli, ota-onalar farzandlarining kimlar bilan muloqot qilayotganiga, internetda qanday ma'lumotlarni o‘qiyotganiga va qanday takliflarga javob berayotganiga e'tiborli bo‘lishlari shart.

Tag‘in o‘qing
11 december 2025
Aynan o‘ttiz yil oldin, 1994 yilning 11 dekabrida, Rossiya tanklari Chechenistonga bostirib kirdi. Davlatning kuchini namoyish etishi kerak bo‘lgan, ...
4 october 2018
O‘zbekistonda non narxining ikki barobar o‘sishi ortidan oktyabr oyida elektr, gaz, suv va benzin narxlari ham oshadigan bo‘ldi. Hukumat ...
29 july 2025
2025 yil 23 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanining 22-sonli bolalar bog‘chasidagi audit tekshiruvi paytida oziq-ovqat mahsulotlari podvalda yashirincha ...
24 march 2017
24 mart kuni taniqli huquq himoyachisi Yelena Urlaeva Toshkent shahar ruhiy shifoxonasidan ozod etildi. U majburiy davolanishda 23 kun ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...