Asosiy mavzular
31 march 2018

31 mart – ozarbayjonlar armanilar tarafidan qatliom qilingan kun

Ozarbayjonda 31 mart – «Ozarbayjonlar genotsid qilingan kun» sifatida rasman nishonlanadi. Bu fojea 1918 yili ro‘y bergan edi.

Shu kuni arman jangarilari aeroplanlar ërdamida ozariy turk mahallalari ustiga bomba ëg‘dirishdi. Kaspiy flotiliyasining ikki kemasi dengizdan turib shaharni to‘pga tutdi. Armani jangarilari musulmon mahallalariga kirib, tinch aholini beshikdagi bolasigacha o‘ldirib, mol-mulkini talon-toroj qildi.

Deyarli qurolsiz bo‘lgan musulmonlar oq bayroq ko‘tarib dashnoq jangarilaridan shafqat so‘ragani haqida ma'lumotlar bor.

Dashnoq armani jangarilari tarafidan musulmonlarni ommaviy qatliom qilish Boku gubernyasining boshqa nuqtalarida ham davom etdi.

Bokuga qilingan hujum bilan bir kunda aksar turkiy aholi yashaydigan Shamaxa va Kuba shaharlari ham arman terrorchilari tajovuziga uchradi.

12 mingga yaqin ozari turk qatl etilgan

Amazasp Srvantstyan ismli arman terrorchisi boshqargan otryad Kuba shahrini qirg‘inbarot qilgani va Kuba uezdidagi 122 musulmon yashaydigan qishloqqa o‘t qo‘ygani haqida ma'lumotlar bor.

2007 yili Kuba shahrida stadion qurilaëtgan paytda armanilar qirg‘ini qurbonlarining ommaviy qabristoni topilgan.

400 ta jasad qoldiqlarining 50 tasi bolalar va 100 tasi aëllarga oidligi aniqlangan.

Tureli hisoblarga ko‘ra, Bokudagi arman genotsidi paytida 3 mingdan 12 mingga yaqin ozari turk qatl qilingan.

Amerikalik tarixchi M.Smitga ko‘ra, “arman dashnoqlarini jangari millatchilik mafkurasi harakatlantirgan”.

Britaniyalik tadqiqotchi Piter Xopkirkning ëzishicha, armanlar iloji boricha ko‘proq musulmonlarni o‘ldirish uchun mart hodisalari paytida astoydil tirishgan:

“Armanlar o‘z eski dushmanlarining qochaëtganini ko‘rib, qasos olish payida bo‘ldi. Shu bois, janglar shahardagi barcha musulmonlar qatl qilinguniga qadar davom etdi. Qirg‘inning beshinchi kuni qarshilikni to‘xtatgan shahar hali olov ichida edi. Ko‘chalar yarador musulmonlar va murdalar bilan to‘la edi”.

Shaharda birorta musulmon qolmagandi

Tarixiy hujjatlarga ko‘ra, ozariy turklar ommaviy tarzda shaharlarni tashlab qocha boshlagan va bu qochish 5 aprelgacha davom etgan.

Britaniyaning Bokudagi vitse-konsuli mayor Makdonnelga ko‘ra, shaharda “birorta nufuzli musulmon qolmagan edi”.

Sovet Ittifoqi davrida “mart hodisalari”ni unuttirishga urinilgan. Arman gendotsidi paytida qurbon bo‘lganlar dafn etilgan qabriston sovet hukumati tarafidan buzib tashlanib, o‘rniga Kirov nomidagi park tashkil qilingan.

1998 yilda Ozarbayjon Respublikasida 31 mart “Ozarbayjonlar genotsid qilingan kun” deb rasman e'lon qilindi.

2012 yilning 27 martida AQShning Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo taqdimiga ko‘ra, shtat parlamenti 1918 yil mart oyidagi qirg‘in qurbonlarini xotirlar ekan, “Ozarbayjonlarni eslash kuni” degan rezolyutsiyani qabul qildi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 may 2020
Yo ramazon aytib keldik eshigingizga, Qo‘chqorday o‘g‘il bersin beshigingizga, Qo‘chqorday o‘g‘il bersa beshigingizga, Kim kelib, kim ketmaydi eshigingizga. Aziz ...
11 april 2017
Stokgolm hujumchisi samarqandlik Raxmat Aqilov telefonidan chiqqan so‘nggi SMSlar odamni junbushga soladi. «Yomon, bir nechtasinigina bosdim xolos. Mashina boshqa ...
4 june 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 30-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Qutulishing yagona yo‘li esa ...
8 november 2023
Hamzaning “Boy ila xizmatchi” dramasida boy otaga nechanchidir xotin bo‘lgan aëlning emizikli bolasini kundoshi qaynoq suvga cho‘kdirib o‘ldiradi. Oybekning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...