Asosiy mavzular
13 december 2025

13 dekabr – vijdon mahkumi A'zam Farmonov tug‘ilgan kun

2015 yilning 13 dekabrida, Jasliq turmasi mahkumi, huquq himoyachisi A'zam Farmonov 37 yoshga to‘lgan kunini qamoqda nishonladi. 2006 yilning aprelida uni hibsga olishgan payti 27 yoshda edi. A'zam Farmonov 300 dollarga yaqin miqdorda “ta'magirlik” aybi bilan 9 yil ozodlikdan mahrum etilgandi. 2015 yil aprelida “Jazoni ijro etish muassasasi qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlikda” ayblanib, uning muddati tag‘in besh yilga uzaytirildi.

A'zam Farmonov 11 yarim yil qamoqda qoldi va 2017 yilning 3 oktyabrida qamoqdan ozod etildi.

Xalqaro Amnistiya A'zam Farmonovni vijdon mahkumi deb e'tirof etdi. Quyida Eltuz «Vaqt mashinasi» ruknida maxkumning qamalganidan o‘n yil o‘tib onasi va oila a'zolari yo‘llagan maktubni e'lon qiladi:

rasm602Bugun A'zam Farmonov oilasi o‘z aziz insonini tug‘ilgan kuni bilan qutlaydi

Qadrli A'zam,
Bugun, garchi sen yonimizda bo‘lmasangda, biz sening tug‘ilgan kuningni nishonlaymiz va seni chin dildan kuchli sevishimizni aytib, tezroq uyga qaytishingni istaymiz. 13 dekabr kuni sen 37 yoshga kirding. Bu degani, ozodlikdan mahrum bo‘lganinga 10 yil bo‘ldi. Bizning firog‘imizga ham roppa rosa o‘n yil bo‘ldi. Sen o‘z hayotingning eng yaxshi yillarini turmada, o‘z oilang, qarindoshlaring va do‘stlaringdan yiroqda kechirding.

Biz tezroq ozod bo‘lishing umidi bilan yashayapmiz. Shu yillar davomida sening farzandlaring katta bo‘ldi. Ularni ardoqlashing, tarbiyalashing uchun, o‘g‘ling va qizing yonida bo‘lishing qanchalik qimmatli. Shu kunlarda, duo qilib faqat bir narsani tilaymiz, kelgusi tug‘ilgan kuningni oilang bag‘rida o‘tkazishingni. Allohdan sog‘lig‘ingni saqlashini va normal hayotgan qaytarishini tilaymiz.

Biz sening jazo muddatingni tag‘in besh yilga cho‘zilishini mutlaqo nohaqlik deb hisoblaymiz. Biroq sening tezroq uyga qaytishinga bo‘lgan umidimiz doimo qalbimizda. Biz O‘zbekiston hukumatidan, birinchi navbatda prezident Islom Karimovdan, biz uchun qadrli bo‘lgan insonni bizga qaytarishini so‘raymiz.

Onang Ra'no Farmonova
rafiqang Ozoda Yoqubova,
farzandlaring Madina va Ozodbek Farmonovlar,
aka ukalaring Abdulaziz, Abdulla, Abduhamid, To‘lanboy va Muhiddin Farmonovlar,
opa-singillaring Zamira, Farida va Nargiza Farmonovlar

Tag‘in o‘qing
7 may 2021
Rassom Kirpi
18 january 2021
2020 yil 16 mart kuni Farg‘ona viloyatining Quva tumanida yashovchi 18 yashar Roziyaxon Sodiqova Farg‘ona shahrida o‘g‘irlab ketilganini «Eltuz»ga ...
28 june 2019
Ba'zan xorijda, G‘arb davlatlarida yashayotgan vatandoshlarimizga hayron qolaman. Amerika, Kanada va Yevropada kim bilan gaplashmang, ko‘pchilik shu davlatlarning liberal, ...
15 march 2018
O‘zbekistonda MXX (Milliy xavfsizlik xizmati) DXX (Davlat xavfsizlik xizmati)ga aylandi. Ayni paytda idoraning asosiy vazifalari printsipal tarzda o‘zgargani yo‘q. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...