Asosiy mavzular
12 may 2016

O‘zbekistonning kasod bo‘lgan darbadar mashinalari Rossiyadan qaytariladi

Shu kunlarda o‘ndan ortiq “O‘zavtosanoat” xodimlari va ustalar zudlik bilan Rossiyaga hizmat safariga jo‘natilgan.
GM Uzbekistan zavodidagi muhandisning Eltuz.com muxbiriga aytishicha, “safarga ketgan xodimlar Rossiya avtosalonlarida o‘tmay ëttan buzuq o‘zbek mashinalarini ta'mirlab O‘zbekistonga qaytarish” bilan shug‘ullanishadi.

O‘tgan hafta qamoqqa olingan GM Uzbekistan Bosh direktori Tohirjon Jalilovning o‘rniga bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan Rustam Rajabov “Tashqaridagi qarovsiz o‘zbek mashinalarini O‘zbekistonga qaytarib aholiga sotish” vazifasini qo‘ygan.

Bu esa O‘zbek avtomobillarini eksport qilish g‘oyasi o‘lganidan nishona sifatida ko‘rilmoqda.

O‘tgan hafta Eltuz.com GM Uzbekistan rahbariyati Ravon avtomashinalarini Rossiyaga eskport qilish jarayonida kriminal sxema ishlatib katta miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirganlikda gumonlanib qamoqqa olingani haqida maqola e'lon qilgan edi.

Ravon brendi Rossiya vakolatxonasi rasmiysi Yelena Kuznetsovaning Ozodlik radiosiga bildirishicha, O‘zbekistonda GM Uzbekistan rahbariyatiga nisbatan boshlangan tergovga 2008 yildan 2015 yilgacha yuz bergan va birgina Rossiyaning AvtoVAZ shirkatiga 73 milliard rubl ziyon olib kelgan voqealar sabab bo‘lgan.

Rossiya shirkatlarining ziën ko‘rishi ortidan GM Uzbekistandagi kriminal sxemalar ikki davlat rahbarlari munoqashasiga mavzu bo‘lgan.

Eltuz.com muxbirining o‘rganishicha, bu masala 26 aprel kuni O‘zbekiston va Rossiya rahbarlarining uchrashuv paytida ham kun tartibining matbuotga ochiqlanmagan qismidan o‘rin olgan.

Eltuz.com ilgari ëzganidek, bosh vazir o‘rinbosari, ayni paytda «O‘zavtosanoat» AK boshqaruv raisi, Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari majmuasi rahbari “Ulug‘bek Ro‘ziqulov mamlakatdan chiqib ketish paytda MXX xodimlari tarafidan aeroportda to‘xtatilib izolyatsiya qilingan«.

«O‘zavtosanoat» mulozimlaridan birining (Uning aniq ismi sharifi taxririyatda mavjud) Eltuz.comga aytishicha, mashina janjaliga O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov va O‘zbekiston

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpievning ham aloqadorligi tekshirilmoqda.

Manbaning aytishicha, Ro‘ziqulov bilan birgalikda sobiq Bosh prokuror Rashidjon Qodirov ham GM-Uzbekistan bilan bogliq kriminal sxemalarga oid jinoyat ishi bo‘yicha tergovchilarning savolnomalarini o‘qimoqda.

Abdujamil Do‘stmuhammad
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 january 2018
«Eltuz» pochtasiga O‘zbekiston Markaziy banki xodimlari nomidan ekani aytilgan maktub keldi. Maktub mualliflari bank rahbariyatini korruptsiyada ayblagan. Maktubga Markaziy ...
7 february 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 41-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) «G‘afur G‘ulom» nashriyotidagi ...
10 april 2017
Raxmat Akilov telegram tarmog‘idagi ëzuvlari oshkor qilindi. Aqilov doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda IShID tarafdorlari yoki a'zolari bilan aloqada bo‘lgan. ...
26 march 2019
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi joriy qilgan IIV xodimlarining yangi formalari eskisidan tubdan farq qiladi. Aksariyat atributlari kulrangda bo‘lgan militsiyaning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...