Asosiy mavzular
9 june 2017

9 iyun – Xalqaro arxivlar kuni

1948 yilning 9 iyunida YuNYeSKO qarori bilan Xalqaro arxivlar kengashi (XAK, International Council on Archives, ICA) tashkil etildi.

Ayni shu tashkilot tuzilgan sana Xalqaro arxivlar kuni deya belgilandi.

Xalqaro Arxiv Kengashi – dunyo arxivini saqlash, rivojlantirish va foydalanilishini ta'minlashga yo‘naltiradigan arxivchilarining professional hamjamiyatidir.

U butun dunyo bo‘ylab o‘zining a'zolari tomonidan moliyalantiriladigan neytral nohukumat tashkiloti hisoblanadi.

Bugungi kunda XAK tashkilotiga dunyoning 190 dan ortiq mamlakatidan 1,5 ming a'zo to‘plangan, uning faoliyati arxivchilar, tadbirkorlar, siyosatchilar va oddiy arxiv egalari o‘rtasidagi munosabatlar tarzida shakllantiriladi.

Har bir tarixiy va oddiy hujjat uning o‘zgartirib talqin qilinishidan, falsifikatsiyadan saqlanishi lozimligi, kelajak avlodlarga asl holicha yetkazilishi dunyo arxivchilaridan jiddiy yondoshuv va mas'uliyat talab qiladi.

Shu o‘rinda bugungi kunda, statistika va axborotlar ustidan total tsenzura o‘rnatib hujjatlarning yo‘q qilinishi, qo‘shib yozilishi, o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston singari avtoritar davlatlarda saqlanayotgan arxivlarning taqdiri haqida ham o‘ylash joiz.

Bugungi O‘zbekiston amaldorlarining sovet davridagi qilmishlarini o‘z ichiga olgan KGB arxivlarining taqdiri hanuz noma'lum va jamiyat uchun yopiq qolayotgani bunga misol.

Shu o‘rinda Germaniyada har bir shaxs «shtazi» va KGB tomonidan o‘zlariga qarshi to‘plangan arxivlarni ochib ko‘rish huquqiga egaligi, O‘zbekiston kabi ayrim postsovet hududlarida esa bunga hanuz taqiq borligi haqida eslash joiz.

Mazkur sana munosabati bilan yana bir bor O‘zbekistondagi Arxiv xizmatchilarini qutlarkan, Eltuz.som tahririyati o‘zining «Vaqt mashinasi» ruknida jamiyat hayotidagi har qanday e'tiborga loyiq tarixiy hujjatni e'lon qilishga jazm qilganini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 march 2016
Navro‘z mavzusini davom ettirgan «Adolat» gazetasi bu bayram eskilik sarqiti, diniy marosim sifatida taqiqlangan, hatto kommunist amaldorlar qishloqma-qishloq yurib, ...
23 october 2018
Xalqaro boks uyushmasi (AIBA) prezidentligi uchun 2-3 noyabrda o‘tadigan saylovda o‘z nomzodini qo‘ygan o‘zbekistonlik 66 yashar G‘afur Rahimov jinoyat ...
2 january 2019
O‘zbekistonda 2019 yilning 1 aprelidan  Vazirlar Mahkamasining 847-sonli qarori bilan mobil go‘shaklarini ro‘yxatga olish boshlanadi. Qarorga ko‘ra, ro‘yxatga kiritilmagan telefonlarni ...
30 november 2020
Nigeriyadan ikki qora tanlini olib kelib, uyi oldidagi konteynerga qamab qul qilganlik ayblovlari bilan yuzma-yuz qolgan 26 yoshli qo‘shiqchi, Siroj Boom taxallusi tanilgan Siroj ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...